1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq aholiga oʻzaro bogʻliq davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlari Toshkent va Nukus shaharlarida, 2021-yil 1-fevraldan barcha viloyatlar markazlarida, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab esa — butun respublika hududida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli vazirlik va idoralarda davlat xizmatining oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
704-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 704-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament tugʻilgan bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma olish, tugʻilganlikni qayd etish, poliklinikaga hisobga qoʻyish, bir martalik nafaqa pulini olish, bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan manzili boʻyicha roʻyxatga qoʻyish hamda bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish boʻyicha kompleks davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tibbiyot muassasasi (tugʻruqxona, shifoxona tugʻruq boʻlimi, oilaviy poliklinika) ota-ona va bola haqidagi barcha maʼlumotlarni elektron tibbiy maʼlumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — FXDYo boʻlimi) “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir toʻlov oyi boshida oʻtgan oyda toʻlangan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi oʻrinlarda — Xalq banki) hisobvaragʻiga moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli Xalq banki tomonidan toʻlangandan soʻng, toʻlov amalga oshirilganligi haqida ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tibbiyot muassasalari ona roʻyxatda turgan poliklinikaga (roʻyxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga roʻyxatga qoʻyilgan poliklinika haqida SMS xabar yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan manzili boʻyicha “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi soʻrovnomada koʻrsatilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga bolani navbatga qoʻyadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo) Xalq banki farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa toʻlovini Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchiga SMS xabar yuborish bilan bogʻliq xarajatlar vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilishini qayd etishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlik tugʻilgan bolaning tugʻilganligini, hayotining birinchi haftasida oʻlgan (perinatal oʻlim) bolalarning tugʻilganligini, shuningdek egizaklardan biri oʻlik tugʻilganda yoki hayotining birinchi haftasida (perinatal oʻlim) vafot etganda tirik egizakning tugʻilganligini qayd etishda tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. FXDYo organi, tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari, Pensiya jamgʻarmasi, Xalq banki va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari koʻrsatishda bolani doimiy roʻyxatga qoʻyish hamda tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilganligi uchun mazkur Reglamentning 11-bandida belgilangan tartibda toʻlov undiriladi, boshqa davlat xizmatlari bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bola tugʻilgan joydagi tibbiyot muassasasi xodimi bola tugʻilganidan soʻng 1 kun ichida bola va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bolaning ota-onasiga tegishli maʼlumotlar ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmaganda bolaning tugʻilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bola tugʻilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan koʻchirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan koʻchirma (nusxa) yoki otasining oʻlimi haqidagi guvohnomasi taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlar avtomatik ravishda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuboriladi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan blankada maʼlumotnoma shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. FHDY organi tugʻilgan bola haqidagi maʼlumotlarni “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritadi va tugʻilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. FHDY boʻlimlari tugʻilganlikni qayd etish boʻyicha maʼlumotlarni qabul qilib olganidan soʻng 3 ish soati ichida Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan koʻrib chiqadi va natijasiga koʻra bolaga nisbatan tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugʻilganlikni qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli boʻlmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. FHDY boʻlimlari ariza beruvchining xohishiga koʻra ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomada belgilangan maʼlumotlarni toʻldiradi va kompleks tartibda boshqa xizmatlarni koʻrsatish uchun avtomatik ravishda vakolatli organlarning axborot tizimlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra ushbu kompleks xizmatlarning barchasidan bir vaqtda yoki ayrimlaridan foydalanishi mumkin, bolani doimiy roʻyxatga qoʻyish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot almashinuvi tizimi orqali bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan manzili boʻyicha 1 ish kuni ichida roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi. Bolani otasi yoki onasi doimiy roʻyxatda turmagan taqdirda bolani roʻyxatga qoʻyish Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori hamda “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 320-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimi avtomatik ravishda bolani soʻrovnomada koʻrsatilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimi avtomatik ravishda farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi har oyning boshida oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni Xalq banki filialining hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolaning otasi yoki onasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatgan holda, bola tugʻilgandan boshlab 6 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Xalq banki filiali bir martalik nafaqa toʻlovini olish uchun murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan nafaqa toʻlovini amalga oshiradi. Bunda, toʻlov amalga oshirilganligi haqida maʼlumot ariza beruvchiga SMS xabar orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik nafaqani olish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqi boʻlmasa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, nafaqani olish uchun bola tugʻilgandan boshlab 6 oydan keyin murojaat qilsa, ushbu nafaqa avval ota yoki onasining biriga toʻlab berilgan boʻlsa bir martalik nafaqani toʻlash rad etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Sogʻliqni saqlash vazirligining “Elektron poliklinika” axborot almashinuvi tizimi ona roʻyxatda turgan poliklinikaga (roʻyxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga roʻyxatga qoʻyilganligi haqidagi xabarni SMS orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bir martalik nafaqa miqdoridan quyidagi miqdordagi mablagʻlar chegirib qolinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolani doimiy roʻyxatga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdoridagi davlat boji;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugʻilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirganlik uchun Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 25-apreldagi 119-son qarorida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdoridagi gerb yigʻimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi har oyning 5 sanasiga qadar FHDY boʻlimining elektron maʼlumotlari asosida hududda tugʻilganlik holati qayd etilgan bolalar soniga muvofiq, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari va FXDYo boʻlimlari bilan tuzilgan solishtirma dalolatnomalarga asosan respublika budjeti hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy roʻyxatga qoʻyganlik uchun mablagʻlarni belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobvaragʻiga moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gerb yigʻimi uchun mablagʻlarni tuman (shahar) FHDY boʻlimlarining maxsus hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boji summasi “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 320-son qarorida belgilangan tartibda taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugʻilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun gerb yigʻimi Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 25-apreldagi 119-son qarorida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Tibbiyot muassasa xodimi
Ota-ona va bola haqidagi maʼlumotlarni “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga kiritish hamda ushbu tizim orqali FXDYo boʻlimiga yuborish
Bola tugʻilganidan soʻng 1 ish kuni mobaynida
2-bosqich
FXDYo boʻlimi
Bola haqidagi maʼlumotlarni “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish va tugʻilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish
Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng
3-bosqich
FHDY boʻlimi
Yangi tugʻilgan bolaga oid maʼlumotlarni kompleks tartibda boshqa xizmatlarni koʻrsatish uchun Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimlariga yuborish
Avtomatik ravishda
4-bosqich
Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlim
Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot almashinuvi tizimi orqali bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan manzili boʻyicha roʻyxatga qoʻyish va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuborish
1 ish kuni ichida
5-bosqich
Maktabgacha taʼlim vazirligi
Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimida soʻrovda koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuborish
Avtomatik ravishda
6-bosqich
Sogʻliqni saqlash vazirligi
“Elektron poliklinika” axborot almashinuvi tizimi orqali ona roʻyxatda turgan poliklinikaga (roʻyxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga roʻyxatga qoʻyilganligi haqida SMS xabar yuborish
1 ish kuni ichida
7-bosqich
Pensiya jamgʻarmasi
boʻlimi
1. Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini r�smiylashtirish va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuborish.
2. Har oyning boshida oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni Xalq banki filialining hisobvaragʻiga moliyalashtirish.
3. FHDY boʻlimining elektron maʼlumotlariga asosan hududda tugʻilganlik holati qayd qilingan bolalar soniga muvofiq gerb yigʻimi uchun mablagʻlarni tuman (shahar) FHDY boʻlimlarining maxsus hisobvaragʻiga hamda doimiy roʻyxatga qoʻyganlik uchun mablagʻlarni belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobvaragʻiga moliyalashtirish
Avtomatik ravishda
Har oyning
5 sanasiga qadar
Joriy oydan keyingi oyning
5 sanasiga qadar
8-bosqich
Xalq banki
Bir martalik nafaqa toʻlovini olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining nafaqaga boʻlgan huquqini Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlash hamda nafaqa toʻlovini amalga oshirish, toʻlov amalga oshirilganligi haqida maʼlumotni ariza beruvchiga SMS xabar orqali yuborish.