06.11.2020 yildagi 693-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.11.2020 yildagi 693-son
Date of entry into force
07.11.2020
Hujjat 07.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganligi va uning asosiy vazifalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) rektoriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Akademiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi buyuk ajdodlarimizdan qolgan yozma manbalar boʻyicha maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, oliy taʼlim muassasalari va muzey fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozma hamda toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan Markazni bepul taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Akademiya, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazini tugatish va uning mavjud moddiy-texnika bazasini belgilangan tartibda Markazga berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga biriktirilgan 1 ta yengil xizmat avtotransport vositasi uchun limit ajratilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda Akademiyaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlari uchun respublika budjetidan grantlar doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan, 2021-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz Akademiyaning Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11-uy manzilidagi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, Markaz ilmiy xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
693-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 693-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining

TUZILMASI

Izoh. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xodimlari (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) soni — 29 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlar qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 693-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan xorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz oʻz faoliyatini Islom hamkorlik tashkiloti, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom olami tashkiloti (ICESCO), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, xorijiy mamlakatlardagi islomshunoslik tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot markazlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markazning toʻliq nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida — Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilida — Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy sentr Imama Maturidi pri Mejdunarodnoy islamskoy akademii Uzbekistana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ingliz tilida — Imam Maturidi International Scientific Research Center under the International Islamic Academy of Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arab tilida — مركز الامام الماتردي الدولي للبحوث العلمية لدى أكاديمية أوزبكستان الإسلامية الدولية .
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy koʻchasi, 11-uy, 100001.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari boʻlgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
islom dinining insonparvarlik mohiyati, maʼrifiy-madaniy roli va rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda oʻrganish va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qoʻshgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan oʻrnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan qoʻlyozma, toshbosma asarlarning acl hamda elektron nusxalarini toʻplash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bagʻishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, koʻrgazma, ilmiy maʼruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
islom tarixi va kalom ilmi yoʻnalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida islom dinining ilm-maʼrifat, maʼnaviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi gʻoyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, gʻoyaviy negizlari, zamonaviy koʻrinishlari va faoliyat uslublarini oʻrganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-maʼrifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllash uchun tavsiya etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
islom dinining mohiyati va ilmlarini tarqatadi, dinlararo va millatlararo bagʻrikenglik, doʻstlik, ahillik, oʻzaro hurmat va hamfikrlilik qadriyatlarini keng ommaga yetkazishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
islom dunyosining buyuk mutafakkiri, kalom ilmi peshvosi Imom Moturidiyning ilmiy-maʼnaviy merosini, ijodiy faoliyati va shaxsiyati bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy merosini yoshlar orasida keng targʻib qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar olimlari ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, xayriya tashkilotlari bilan ilmiy-amaliy aloqalar oʻrnatadi va rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta asrlarda oʻtgan islom ulamolari va mutafakkirlarining kalom ilmi va islom tarixi yoʻnalishlari boʻyicha diniy-maʼnaviy merosini yanada chuqurroq tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moturidiylik taʼlimotiga oid aqidaviy manbalarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlaydi hamda ularning zamonaviy sharhlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
islom dunyosining maʼnaviy tarixi va islom manbalarini tasnif qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarda saqlanayotgan islom diniga oid nodir yodgorliklarni ommalashtirishga bagʻishlangan loyihalarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida islom dinining bunyodkorlik, ilm-maʼrifat va odob-axloqqa yoʻgʻrilgan taʼlimotini targʻib etishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boy madaniy va maʼnaviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlar uygʻun ravishda tadqiq etilishini tashkil qilish orqali uning natijalarini taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaz oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatish va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy, diniy-maʼnaviy qadriyatlarni tadqiq etish yoʻnalishidagi tajribasini oʻrganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish va ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish asosida seminar-treninglar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha maʼlumotlarni soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imom Moturidiy va boshqa mutafakkirlarning faoliyatini oʻrganish boʻyicha ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan, chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning budjetdan tashqari mablagʻlarini Markaz tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy tashabbuslar bilan chiqish va ushbu masalada tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot tarqatish va belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga matbaa va noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda multimedia mahsulotlarini chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatiga aloqador boʻlgan konferensiyalar, simpoziumlar, seminar-treninglar, sayyor majlislar tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida oʻz faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradigan ilmiy hayʼat tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markaz quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot bilan tanishish erkinligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi hamda Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boy madaniy va maʼnaviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlarni uygʻun ravishda tadqiq etish orqali uning natijalarini taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy, diniy-maʼnaviy qadriyatlarni tadqiq etish yoʻnalishidagi tajribasini oʻrganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish va ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konseptual tadqiqotlar dasturlari hamda ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlash hamda homiylar mablagʻlarini va tadqiqotlar jarayoniga chet ellardan soha mutaxassis olimlarini jalb etishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini takomillashtirish, soha uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan kadrlarning mahalliy va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilmiy tadqiqot muassasalarida tajriba orttirishini va malaka oshirishini tashkil etish, yuqori natijaga erishgan va faol tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majlis bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Markaz Vasiylik kengashi majlisining chaqirilishi hamda uning kun tartibi haqidagi maʼlumotlar majlis chaqiriladigan sanadan bir oy oldin eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vasiylik kengashining majlisi oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning faoliyat dasturi va yillik rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashining majlisi kengashning kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majlis qarori ishtirokchilarning yarmidan koʻpining ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markazning kundalik faoliyatiga Markaz direktori rahbarlik qiladi. Markaz direktori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markaz direktorining ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha bir nafar oʻrinbosari boʻladi. Markaz direktori boʻlmagan taqdirda uning funksiyasini direktor oʻrinbosari bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktorining oʻrinbosari Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Direktor oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz nomidan buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning toʻliqligi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlimlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, boʻlimlar xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, yuklangan topshiriqlar bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Markaz xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarining lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Vasiylik kengashi majlisi muhokamasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaz oʻzining koʻchmas va koʻchar mulkiga, pul mablagʻlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga, qimmatli qogʻozlari va boshqa mol-mulkiga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 693-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI*

* Akademiya (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Akademiyaning budjetdan tashqari (toʻlov-kontraktlar hisobidan tashqari) mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi”.