Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Hukumatning ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga muvofiq hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada takomillashtirish, axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish hamda ularni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 7-son, 163-modda) 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
672-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Direksiya):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida malakali mutaxassislarni, shu jumladan, chet ellik mutaxassislarni maslahatchi sifatida shartnoma asosida tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan jalb qilishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash huquqi berilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (ilova)da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Ushbu Nizom Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish, yuridik shaxslarni rezident sifatida roʻyxatdan oʻtkazish va maqomdan mahrum etish, rezidentlar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan soliq imtiyozlarining qoʻllanilishini, shuningdek, istiqbolli startap-loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) — Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishning maksimal darajada qulay sharoitlarini yaratish uchun respublikaning butun hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan holda ishlaydigan tashkilot”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“veb-portal — Texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan hujjatlar qabul qilish, Direksiya va uning rezidentlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan, ulardan hisobotlar, xulosalar, biznes-rejalar va boshqalarni qabul qilish uchun moʻljallangan Direksiyaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytidagi boʻlimi. Veb-portalning ishlash tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi — Direksiya huzurida rezident maqomini olish uchun ariza bergan yuridik shaxslar va rezidentlarning biznes-rejalarini tahlil qilish maqsadida vazirliklar va idoralar, ilmiy muassasalar, oliy taʼlim muassasalari malakali mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan tashkil etiladigan organ. Ekspert kengashining ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Direksiya faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnopark rezidentlarining Direksiyaga har oylik jami daromadning bir foizi miqdorida oʻtkaziladigan ajratmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek, Direksiyaga biriktirilgan koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
startap-loyihalarni venchur moliyalashtirish natijasida olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarkibiy boʻlinmalari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishlari kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq faoliyat turini (turlarini) (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) roʻyxatda belgilangan faoliyat turlari boʻyicha iqtisodiy asoslangan biznes-rejalarga ega boʻlish. Biznes-rejada roʻyxatda koʻrsatib oʻtilgan bir yoki bir nechta faoliyat turlarini amalga oshirish boʻyicha aniq tadbirlar, xizmatlarni sotish uchun moʻljallangan xizmat turlari va ularning hajmi, ularni amalga oshirish zarurligi asoslanishi, taklif etilayotgan loyihaning monetizatsiya modeli, rejalashtirilayotgan moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalari koʻrsatiladi. Biznes-rejaning shakli va unga boʻlgan talablar Direksiya tomonidan tasdiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza beruvchi veb-portal orqali Texnoparkning rezidenti sifatida amalga oshirish taklif etilayotgan biznes-rejani ilova qilgan holda ariza beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik ariza beruvchiga yuklatiladi. Ariza beruvchining taqdim etgan hujjatlarida ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda ariza beruvchi besh ish kunida undagi kamchiliklarni bartaraf etib, qayta taqdim qilishi mumkin. Mazkur muddatda ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa, Direksiya arizani qabul qilishni rad etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning barcha zarur shakllarni veb-portalda toʻldirganidan soʻng ariza berishi, Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tuzilishiga rozilik berishi hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 11-banddagi “5” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Biznes-rejalarning roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi, loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda Texnopark rezidenti sifatida yuridik shaxs tomonidan joriy qilinishi taklif etilayotgan loyihaning innovatsion va ommabopligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish maqsadida topshirilgan ariza va hujjatlar 3 ish kuni mobaynida Direksiya tomonidan Ekspert kengashiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi biznes-reja taqdimotini oʻtkazish uchun ariza beruvchini taklif qilish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi biznes-reja ekspertizasini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi ekspertiza natijalariga koʻra taqdim etilgan biznes-rejaning roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklarning berilgan muddat ichida bartaraf etilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi xulosasiga koʻra ariza beruvchi faoliyati maʼnaviy eskirgan, istiqboli yoʻq yoki ahamiyati katta boʻlmagan deb topilishi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“amalga oshirilishi taklif etilgan biznes-rejaning roʻyxatda koʻrsatilgan faoliyat yoʻnalishlariga mos kelmasligi yoki uni joriy qilish belgilangan faoliyat yoʻnalishlari tashqarisiga chiqib ketishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs yoki u bilan bogʻliq shaxslarning Texnopark oldida Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha bajarilmagan majburiyatlarining mavjudligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi yuridik shaxsning Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga roziligini anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, Direksiyaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda ommaviy oferta shakliga muvofiq boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“18. Texnopark rezidenti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat roʻyxatdagi faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turlarini amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga amal qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisida Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan muddatlarda va shaklga koʻra axborot, jumladan, statistik va soliq hisoboti nusxalarini veb-portal orqali taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Direksiyaning talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga jami daromadning bir foizi miqdorida ajratma oʻtkazishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyuligacha moliya-xoʻjalik faoliyati majburiy auditini oʻtkazishi va maxsus savolni tekshirish natijalari boʻyicha auditor hisobotining hamda auditorlik xulosasining nusxasini veb-portal orqali Direksiyaga yuborishi, bunda maxsus savolni tekshirish natijalari boʻyicha auditor hisobotida yuridik shaxsning haqiqatda amalga oshirgan faoliyati, roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi masalalari hamda moliyaviy yil davomida amalga oshirilgan faoliyat turlari va ularni amalga oshirish natijasida olingan umumiy tushumdagi ulush hisobga olinishi, auditorlik xulosasida esa, olingan tushum va yuridik shaxsning haqiqatda amalga oshirgan faoliyati roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi koʻrsatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnopark rezidenti taqdim etilgan biznes-rejada koʻrsatib oʻtilmagan yangi faoliyat turlarini Direksiya tomonidan yangi (qoʻshimcha) biznes-reja tasdiqlangandan keyin amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslari tashkil etilgan taqdirda har yili Direksiyaga axborot texnologiyalari boʻyicha oʻtkazilgan oʻquv kurslari haqida maʼlumot berishi hamda ushbu kurslar doirasida oʻquv dasturini kelishishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnopark rezidenti Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20. Yuridik shaxs oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilganda Texnopark rezidenti maqomi davlat roʻyxatiga olingan sanadan boshlab barcha huquqlar va oldin qabul qilingan majburiyatlar saqlangan holda oʻzgartirilgan yuridik shaxsga oʻtadi. Bunda davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kun muddatda yuridik shaxs rezidentlarning yagona reyestriga va boshqa hujjatlarga oʻzgartirish kiritish uchun yozma ravishda Direksiyaga murojaat qiladi. Bunday tartib yuridik shaxsning nomi oʻzgarganda ham qoʻllaniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “ushbu Nizomning 9-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan” soʻzlari “roʻyxatda belgilangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oʻz faoliyati, soliq va statistika hisobotlari, biznes-reja, shuningdek, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi yoki ularda ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 18-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan ajratmalarning toʻlanmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Direksiya bilan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilingandan keyin” soʻzlari chiqarib tashlansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish yuridik shaxsning Nizomda belgilangan majburiyatlari tugashiga olib kelmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“27. Texnopark rezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 297-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan faoliyatlardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni umumiy tartibda toʻlash sharti bilan daromad olish huquqiga ega, shu bilan birga roʻyxatga muvofiq faoliyat turini amalga oshirganda, ushbu moddaning uchinchi qismidagi 1, 9, 16 va 18-bandlari boʻyicha barcha soliqlarni toʻlashdan ozod qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“28. Texnopark rezidentlari ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda Texnopark rezidenti maqomidan mahrum etiladi va Direksiyaning xabarnomasiga binoan davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarning ularga qoʻllanilishini bekor qilish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlash boʻyicha majburiyatlarni tiklash choralarini koʻradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidan “(shu jumladan, oʻz xohishiga koʻra)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuridik shaxsning Texnopark rezidenti maqomidan oʻz xohishi bilan voz kechishi sanasi yuridik shaxsning arizasi Direksiyaga kelib tushgan sana hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ch) 50-banddagi “Jamgʻarma mablagʻlari” soʻzlari “Jamgʻarma mablagʻlari, Direksiyaning oʻz mablagʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“51. Startap-loyihalarni moliyalashtirish Jamgʻarma tomonidan pul mablagʻlarini begʻaraz ajratish yoʻli bilan, shuningdek, ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq Direksiya tomonidan hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 53-bandning birinchi xatboshisidagi “Jamgʻarma” soʻzi “Jamgʻarma (Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirish amalga oshirilgan hollarda)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yu) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining rezidentlarni roʻyxatga olish ishini tashkil etish SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olish uchun tasdiqlangan shakl boʻyicha zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda (biznes-reja va b.) Direksiyaga ariza beradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Direksiya
Ariza va hujjatlarni qabul qiladi hamda Ekspert kengashiga taqdim etadi.
3 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ekspert kengashi
1. Biznes-rejani ekspertizadan oʻtkazadi, ekspertiza natijalariga koʻra Direksiyaga tegishli xulosa beradi.
2. Zarur boʻlganda yakuniy qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini biznes-loyiha taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qiladi.
10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda
4-bosqich
Direksiya
1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va rezident sifatida roʻyxatga olish (yoki �oʻyxatga olishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Roʻyxatga olish rad etilganda Direksiyaning qarorida rad etishning asosini koʻrsatadi va ariza beruvchiga ushbu qarordan koʻchirma taqdim etadi.
Ariza tushgan kundan keyin 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda
5-bosqich
Ariza beruvchi
Roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda, Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablarni bartaraf etadi hamda arizaga boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda koʻrib chiqish uchun hujjatlarni qaytadan kiritadi.
Zaruratga koʻra
6-bosqich
Direksiya
1. Roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi va yuridik shaxsning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
2. Davlat soliq qoʻmitasiga, Davlat bojxona qoʻmitasiga va yuridik shaxsga xizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga rasmiy bildirishnoma yuboradi.
Qaror qabul qilingan kundan keyin 3 ish kuni mobaynida
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ya) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Har qanday platformalar uchun dasturiy taʼminotni, shu jumladan kompyuter oʻyinlarini ishlab chiqish, loyihalash hamda ularni sotish (shu jumladan, dasturiy taʼminotdan foydalanishga ruxsat berish, dasturiy taʼminotning mutlaq huquqini berish (taqdim etish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Dasturiy taʼminotni joriy etish yoki joriy etishda alohida bosqichlarni amalga oshirish, qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish, shu jumladan, ushbu dasturiy taʼminot bilan ishlash (malaka oshirish)ni oʻrgatish xizmatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Dasturiy mahsulotni takomillashtirish hamda modifikatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Axborot tizimlari va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish jarayonida maʼlumotlar bazalarini yaratish, ushbu maʼlumotlar bazalari uchun yozuvlarni belgilangan formatda tayyorlash hamda ularga kirishni taʼminlash, qoʻllab-quvvatlash va xizmat koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dasturiy taʼminotdan foydalangan holda maʼlumotlarni qayta ishlash faoliyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻz dasturiy taʼminotida reklama uchun joy taqdim etish yoki dasturiy taʼminotning xususiyatlaridan foydalangan holda boshqa qoʻshimcha daromad olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yuridik shaxslarning axborot ehtiyojlarini tahlil qilish (tizimli tahlil, biznes-tahlil) hamda biznes-jarayonlarni innovatsiya (reinjiniring) qilish maqsadida axborot tizimlari va dasturiy taʼminotni joriy qilish uchun texnik talablarni ishlab chiqish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha maslahat berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Axborot tizimlari va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, joriy qilish va ularni foydalanishga topshirish jarayonida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlari va texnik talablariga muvofiqligini audit qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy taʼminotda uchinchi shaxs soʻroviga binoan maʼlumotlarni qidirish, tanlash, qayta ishlash va saralash hamda ularga axborot taqdim etish boʻyicha avtomatlashtirilgan xizmat koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Dasturiy taʼminotdan (dasturiy-apparat vositalaridan) foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga yordamchi ishlab chiqarish, maʼmuriy va biznes jarayonlarni boshqarish (amalga oshirish) boʻyicha xizmat koʻrsatish (biznes-jarayonlarni autsorsing qilish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan materiallar, texnologiyalar, mikro-, opto- va nanoelektronika, mikroelektrotexnika tizimlari hamda ular bilan mos keluvchi dasturiy taʼminotni sotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maʼlumotlarni uzatish tizimlari, texnologiyalar, qurilmalar va radiolokatsiya tizimlari, radionavigatsiya, radioaloqa, radioboshqaruv, radiochastota identifikatsiya uskunalarini ishlab chiqish (tadqiqot oʻtkazish, loyihalash (qurish), test qilish hamda texnik sinovdan oʻtkazish) va bunday ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarish yoki ushbu xizmatlarni koʻrsatmasdan turib oʻzlashtirilgan holda sotish xizmatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yuqori texnologiyali qurilmalar va tizimlar, dasturiy-apparat vositalari va ular bilan mos keluvchi dasturiy taʼminotni (sanoat xarakteriga bogʻliq boʻlmagan holda) ishlab chiqish yoki ishlab chiqarishning alohida bosqichlari (tadqiqot oʻtkazish, loyihalash, prototiplash, sinovdan oʻtkazish) hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va (yoki) ishlab chiqarish natijalarini oʻzlashtirish boʻyicha xizmat koʻrsatish yoki xizmat koʻrsatmasdan sotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Axborotni texnik va (yoki) kriptografik, shu jumladan, elektron raqamli imzodan foydalanish orqali himoya qilish faoliyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bir-biri va tashqi muhit bilan oʻzaro muloqot qilish uchun oʻrnatilgan texnologiyalar bilan jihozlangan jismoniy obyektlarning hisoblash-kommunikatsiya tarmogʻi konsepsiyasini ishlab chiqish, joriy qilish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Texnopark direksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali taʼlim berish faoliyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Internet jahon axborot tarmogʻi orqali axborot xizmatlarini eksport qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Faoliyat turlari boʻyicha tasniflash hamda ularga tushuntirishlar berish Direksiyaning ekspert kengashi tomonidan amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-avgustdagi 631-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 860-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoni)” 2019-yil 30-martdagi 269-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 3-son, 53-modda) ilovaning 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 8-son, 179-modda) ilovaning 49-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 204-f-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)