Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2006 02.03.1995 yildagi 75-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.03.1995 yildagi 75-son
Date of entry into force
02.03.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOGʻLIQNI SAQLASh XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh ShARTLARINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1995-yil 1-martdan boshlab mehnat sharoitlari salomatlik uchun xavfli va alohida ogʻir boʻlgan sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari sxemadagi lavozim maoshlari stavkalarining 15 foizidan 30 foizigacha miqdorlarda oshirilsin; shuningdek sogʻliqni saqlash xodimlarining lavozim maoshlariga hozir amalda boʻlgan belgilab qoʻyilgan summalar oʻrniga 1 va 2-ilovalarga muvofiq ish haqiga foiz nisbatida boshqa qoʻshimcha haqlarning yangi miqdorlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mehnat sharoitlari salomatlik uchun xavfli va alohida ogʻir boʻlganligi uchun ularda ishlash lavozim maoshlari oshirilishi huquqini beruvchi muassasalar, boʻlimlar va lavozimlar roʻyxatini qoʻshimcha haqlarning tegishli miqdorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tasarrufida sogʻliqni saqlash muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar oshirilgan ish haqi va qoʻshimcha haqlar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatilib oʻtilgan maqsadlar uchun budjetdan zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 2-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 2-martdagi 75-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari oshiriladigan sogʻliqni saqlash muassasalari (boʻlimlari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tartib raqami‎

Muassasalar (boʻlimlar) nomi‎

Oshirish miqdori

1.‎ Oʻlatga qarshi, psixiatrik (psixonyevrologik), narkologik muassasalar va ularning tarkibiy boʻlinmalari; teri-tanosil kasalliklari dispanserlarining militsiya boʻlinmalari kuchi bilan qoʻriqlanadigan shifoxonalari‎ 25 foiz‎
— kuyganlar uchun;‎
— oʻtkir zaharlangan bemorlar uchun;‎
— barcha ixtisosliklardagi yiringli jarrohlikka oid bemorlar uchun;‎
— chala tugʻilgan bolalar uchun;‎
— miyada qon aylanishi buzilgan bemorlar uchun nyevrologik boʻlimlar uchun nyevrologik boʻlimlar (palatalar).‎
Barooperatsiya xonalari; sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi; ambulatoriya protez qoʻyish boʻlimlari va protez-ortopediya korxonalarining shifoxonalari; patalogoanotomik byurolar (boʻlimlar)‎

2.‎

Sil, yuqumli teri-tanosil kasalliklari muassasalari (boʻlimlar, palatalar, xonalar); bolalar uylari va bolalar bogʻchalari, bolalar yaslilari, yasli-bogʻchalar, umumiy tipdagi bolalar uylari:‎ 15 foiz‎
— sil intoksikatsiyasi, silning kuchsiz va susayib borayotgan shakllaridagi bemor bolalar uchun;‎
— tayanch-harakat qilish apparati funksiyalari buzilgan va psixika buzilmagan holda jismoniy rivojlanishda boshqa nuqsoni boʻlgan bolalar uchun;‎
— markaziy nerv tizimi organik zararlangan bolalar uchun;‎
— eshitish, nutq va koʻrish qobiliyati buzilgan bolalar uchun guruhlar.‎
Markaziy nerv tizimi zararlangan, tayanch-harakat qilish apparati funksiyalari buzilgan bolalar uchun sanatoriylar‎
Anesteziologiya-reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari (guruhlari); barcha ixtisosliklardagi jarrohlik boʻlimlari (paltalari) va shifoxonalarning operatsiya qilinadigan bloklari; yangi tugʻilgan chaqaloqlar boʻlimlari (palatalari); gemodializ boʻlimlari, gemodializ, gemosorbsiya, plazmoforeza, ulrafiltrlash usulllari qoʻllanilgan holda bemorlarni davolash boʻlimlari (palatalar)‎
Teri-tanosil kasalliklari boʻlimlari, palatalar, xonalar; fizioterapevtik boʻlimlar, xonalar; mineral suv va loy-balchiqlar bilan davolaydigan shifoxonalar; barcha ixtisosliklardagi rentgen, radiologik va rentgenologik boʻlimlar, boʻlinmalar, laboratoriyalar, guruhlar va xonalar; onkologik muassasalarning kimyoterapevtik boʻlimlari; ijtimoiy taʼminotning ixtisoslashtirilgan muassasalari va ularning boʻlinmalari‎
Barokameralar va kessonlar; ultratovush diagnostika va endoskopiya boʻlimlari (xonalari); qon va uning komponetlarini tayyorlash boʻlimlari; ambulatoriya — polikninika muassasalarining psixoterapevtik xonalari; faoliyati yuqumli kasalliklar va viruslarning tirik koʻzgʻatuvchilari bilan bogʻliq boʻlgan laboratoriyalar (boʻlimlar, boʻlinmalar)‎
Koʻr va kar-soqovlar hamda eshitishi va nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bolalar uylari‎
Kar va koʻrlar uchun sanatoriylar, internat uylar; kar-soqov bolalarni reabilitatsiya qilish markazlari; jismoniy rivojlanishida nuqsoniy boʻlgan bolalar uchun internat uylar‎
Sanatoriy-profilaktika muassasalari‎
Markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimlari‎

3.‎

Leprozoriya (moxovxona)lar; mohovga qarshi boʻlimlar, palatalar, izolyatorlar, xonalar, punktlar‎

30 foiz‎

Mazkur Roʻyxatning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan ikki va undan ortiq asoslar boʻyicha sxemadagi lavozim maoshlari oshirilishi huquqini beruvchi shart-sharoitlar mavjudligi munosabati bilan ularda ishlash sxemadagi lavozim (oylik) maoshlari (stavkalar) oshirilishi huquqini beruvchi muassasalar, boʻlimlar va lavozimlar‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 2-martdagi 75-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarining sxemasidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
miqdorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sxemadagi lavozim maoshlari oshirilishi quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sogʻliqni saqlash muassasalarining tarkibiy boʻlinmalariga mudirlik qilganligi uchun vrachlarga vrachlarning sonini hisobga olgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vrachlik lavozimi 6 tagacha boʻlganda — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vrachlik lavozimi 6 tadan ortiq boʻlganda — eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kabinet mudiri boʻlgan vrachlarga — eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Feldsherlik-akusherlik punktlari mudirlari boʻlgan feldsherlar, akusherlar va tibbiyot hamshiralariga — eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari boʻlgan vrachlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malaka toifasi boʻlgan vrachlarga — eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi malaka toifasi boʻlgan vrachlarga — eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi malaka toifasi boʻlgan vrachlarga — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sogʻliqni saqlash muassasalarining oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari boʻlgan rahbarlariga hamda bosh hamshiralarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malaka toifasi boʻlganlarga — eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi malaka toifasi boʻlganlarga — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi malaka toifasi boʻlganlargi — eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari boʻlgan vrachlarga, nomlanishidan qatʼiy nazar, vrachlik va provizorlik lavozimlarini egallab turgan hamda ilmiy unvoni boʻlgan vrachlar va provizorlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot va farmatsevtika fanlari doktori ilmiy unvoni boʻlganlarga — eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot va farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy unvoni boʻlganlarga — eng kam oylik ish haqining 45 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sogʻliqni saqlash muassasalarida konsultatsiya oʻtkazgan vrachlar mehnatiga soatbay haq toʻlash quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor, tibbiyot fanlari doktoriga — lavozim maoshining 3 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dotsent va tibbiyot fanlari nomzodiga — lavozim maoshining 2 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy unvoni boʻlmagan vrachlarga — lavozim maoshining 1 foizi miqdorida.