O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA DEPOZITARIYLAR FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 29-avgust,
673-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 173-modda)