12.02.2018 yildagi PQ-3526-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.02.2018 yildagi PQ-3526-son
Date of entry into force
12.02.2018
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy avtomobilsozlik korxonalari-eksportchilari uchun qulay shart-sharoit yaratish, sohada xalqaro standartlarni joriy etish hamda milliy mahsulotlarimizning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish muhimligini inobatga olgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻildirakli transport vositalari, ularga oʻrnatilishi va/yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan jihozlar va qismlar uchun global texnik qoidalarni joriy etish toʻgʻrisidagi Bitimga (Jeneva shahri, 1998-yil 25-iyun) (keyingi oʻrinlarda — 1998-yilgi Bitim);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BMTning gʻildirakli transport vositalari, ularga oʻrnatilishi va/yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan jihozlar va qismlar uchun muvofiqlashtirilgan texnik qoidalarni qabul qilish va ushbu qoidalar asosida beriladigan rasmiy tasdiqlarni oʻzaro tan olish shartlari toʻgʻrisidagi Bitimga (Jeneva shahri, 1958-yil 20-mart) (keyingi oʻrinlarda — 1958-yilgi Bitim) quyidagi eslatma bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi 1958-yilgi Bitimning 11-moddasi 1-bandiga muvofiq, ushbu Bitimning 10-moddasi 1 — 3-bandlari qoidalari bilan oʻzini bogʻliq deb hisoblamaydi va Dogovor tomonlari oʻrtasida Bitimning talqini yoki qoʻllanilishi boʻyicha yuzaga kelgan nizoni arbitrajga topshirish uchun har bir holda nizoda ishtirok etuvchi barcha davlatlarning roziligi zarurligini, shuningdek, arbitrlar faqat nizoda ishtirok etuvchi tomonlarining oʻzaro kelishuvi bilan tayinlanishi mumkinligini bayon etadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yuqorida qayd etilgan xalqaro shartnomalarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik tartibga solish agentligiga 1998-yilgi Bitimning 9-moddasi 9.3.1-bandi va 1958-yilgi Bitimning 1-moddasi 5-bandiga muvofiq, yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qoʻllaniladigan qoidalar haqidagi bayonotlarni (xabarnomalarni) diplomatik kanallar orqali BMT Bosh kotibi nomiga yuborish topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuqoridagi shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilgani toʻgʻrisida BMT Bosh kotibi nomiga tegishli xabarnoma yuborilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan soʻng belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 12-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3526-son