30.06.2020 yildagi PQ-4768-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.06.2020 yildagi PQ-4768-son
Date of entry into force
01.07.2020
Hujjat 01.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6017-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75 shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
766 shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hamda tuman (shahar) boʻlimlarining tuzilmalari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktoriga zarurat boʻlganda, Agentlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari, shuningdek, idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining yoshlar hayoti, orzu-intilish va muvaffaqiyatlarini keng yoritish, muammo va kamchiliklari yechimiga qaratilgan koʻrsatuv, maqola va eshittirishlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida ushbu yoʻnalishda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari va nashriyotlardagi ulushlarini Agentlikka berish hamda Agentlik tomonidan ular negizida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Yoshlar media xoldingi”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik uch oy muddatda “Yoshlar media xoldingi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar yoʻnalishida faoliyat koʻrsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyish, amalga oshirish va rivojlantirishda har tomonlama tashkiliy va amaliy yordam koʻrsatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, shuningdek, yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar uchun majburiydir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasasining yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori (filial direktori oʻrinbosari) lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Agentlik bilan majburiy ravishda kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashlari yigʻilishlarida yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi boʻyicha axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari davlat organlari va tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi bilan soʻrov yuborish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik yoshlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlarga har tomonlama koʻmaklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirishga masʼul hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Agentlik direktorining oʻrinbosarlari, shu jumladan birinchi oʻrinbosari Agentlik direktori taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori — vazirga, uning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlari — tegishli ravishda vazir oʻrinbosarlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning markaziy apparati xodimlari — vazirliklar markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari xodimlari esa — vazirliklar hududiy boʻlinmalari xodimlariga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Agentlik markaziy apparati xodimlariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravar miqdorda, Agentlik hududiy boʻlinmalari xodimlariga 1,2 baravar miqdorda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik direktori ikki oy muddatda Agentlikning unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining uning Markaziy va hududiy kengashlari balansidagi va operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlgan bino va inshootlari, shuningdek, mol-mulklarini (faoliyatini taʼminlashga yetarli qismini oʻz balansida saqlab qolgan holda) oʻrnatilgan tartibda davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida tegishlicha Agentlik va uning hududiy boʻlinmalariga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning markaziy apparati Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 11-uy manzildagi binoga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Agentlik, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 7-bandida koʻzda tutilgan bino va inshootlar, shuningdek, mol-mulklarni xatlovdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu mol-mulklarning Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini taʼminlashga yetarli qismini uning balansida saqlab qolgan holda Agentlik va uning hududiy boʻlinmalariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Agentlik, Moliya vazirligi Yoshlar markazlari va yoshlar uchun moʻljallangan boshqa infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari Agentlikka ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishini inobatga olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar “Yoshlar ijod saroyi” qoshidagi Yoshlar simfonik orkestri negizida Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrini tashkil etish va amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlari saqlanib qolgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tuzilmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni 2020-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi uchun davlat budjetida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan ajratsin, 2021-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalaridagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilot yetakchilarini saqlash xarajatlarini qoplash yuzasidan taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik va uning hududiy boʻlinmalarini belgilangan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulashni, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirlik va idoralarning statistika axboroti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini (keyingi oʻrinlarda – Institut) Agentlik tuzilmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi monitoringini olib borish, yoshlar muammolarini tizimli oʻrganish va ularni hal etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati, vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ular faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, yosh boshqaruv xodimlarini professional jihatdan rivojlantirish uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid qonun hujjatlari va davlat dasturlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik, idora va tashkilotlar buyurtmalari asosida yoshlar muammolarini oʻrganishga qaratilgan fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar duch kelayotgan dolzarb muammolar, ularning barqaror rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan tahdidlarni aniqlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar sohasidagi ishlarni samarali yoʻlga qoʻyishga qaratilgan uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, anjumanlar, “davra suhbatlari” va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar masalalarida Oʻzbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro hamkorlik istiqbollari borasida qoʻshma tadqiqotlar olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut asosiy faoliyati yoshlar muammolarini oʻrganish, mazkur yoʻnalishda ilmiy va tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish hamda istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi hisoblanadi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Institut faoliyatiga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga haq toʻlash shartlari, moddiy ragʻbatlantirish hamda tibbiy xizmat koʻrsatish shartlariga koʻra Institut direktori — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektoriga, xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining xodimlariga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut direktoriga xodimlariga moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida oylik ustamalar belgilash, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Institut shartnoma asosida taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy dasturlarida nazarda tutilgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyati hamda shartnoma asosida oʻquv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalari, axborot-tahlil hamda tahririy-nashriyot ishlarini bajarish, taʼlim va boshqa xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Institut Toshkent shahar, Islom Karimov koʻchasi, 45-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2020-yilda Agentlik hamda Institut taʼminoti uchun mablagʻlar ajratsin, 2021-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yil uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik markaziy apparati uchun 8 ta xizmat avtotransport vositasini, shu jumladan 6 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat avtotransport vositasi, 1 ta navbatchi avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus hamda hududiy boshqarmalar uchun 14 ta xizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3206-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori — ushbu qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul vazirlik, idora hamda tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin, belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 30-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4768-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 75 shtat birligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 11 shtat birligi, jami — 154 shtat birligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 3 shtat birligi, jami — 612 shtat birligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 26 shtat birligi (professor-oʻqituvchilar tarkibi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar inobatga olinmagan holda), shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 18 shtat birligi, oʻquv-yordamchi xodim soni — 1 shtat birligi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4768/1020-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)