Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 18.09.2018 yildagi PQ-3944-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.09.2018 yildagi PQ-3944-son
Date of entry into force
18.09.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
““O‘zbekximmash zavodi” AJ negizida yangi quyuv sexi qurish bilan quyuv ishlab chiqarishini modernizatsiyalash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon standartlariga mos quyuv mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish, neftgazkimyo uskunalari eksporti hajmlarini oshirish hamda respublikaning neft va gazni qayta ishlash sanoati infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ““O‘zbekximmash zavodi” AJ negizida yangi quyuv sexi qurish bilan quyuv ishlab chiqarishini modernizatsiyalash” investitsiya loyihasi (keyingi o‘rinlarda — loyiha)ni amalga oshirish hisobiga neftgazkimyo uskunalari uchun yiliga 4 000 tonna quyma chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan quyuv mahsulotlarini o‘zlashtirish masalasi puxta ishlab chiqildi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekximmash zavodi” AJning o‘z mablag‘lari va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kreditlari loyihani moliyalashtirish manbalari bo‘lib, ularning summasi “tayyor holda topshirish” sharti bilan yangi quyuv sexi qurilishiga pudratchini tayinlash hamda investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning krediti bo‘yicha “O‘zbekximmash zavodi” AJ qarz oluvchi, “O‘zbekneftgaz” AJ esa birgalikda qarz oluvchi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan kreditni so‘ndirish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar “O‘zbekximmash zavodi” AJ va “O‘zbekneftgaz” AJning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Loyihani amalga oshirish doirasida “O‘zbekximmash zavodi” AJga, istisno tariqasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tayyor holda topshirish” shartlarida yangi quyuv sexi qurilishi pudratchisi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tanlov asosida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiquvchisi bilan shartnomalar tuzishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilning 1-iyuliga qadar muddatda ish hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” DUKda ekspertizani o‘tkazmasdan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “O‘zbekneftgaz” AJ 2018-yilning 30-noyabriga qadar muddatda yangi quyuv sexining 2019-yil 1-dekabrgacha qurib bitkazilishini va foydalanishga topshirilishini nazarda tutgan holda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” DUK “tayyor holda topshirish” sharti bilan yangi quyuv sexi qurilishiga pudratchini belgilash bo‘yicha tanlov o‘tkazishning texnik topshirig‘ini ekspertizadan o‘tkazishni, shuningdek, tuzilgan shartnoma ekspertizadan o‘tkazilishi va qayd etilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlari kelishish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab ikki hafta muddatda uning davlat ekspertizasini, shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Loyihani amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “O‘zbekximmash zavodi” AJ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari, uskunalar, texnologik jihozlar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek, butlovchi buyumlar 2019-yilning 1-dekabriga qadar muddatda bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari — O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali ham, to‘lov manbaidan ham olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i to‘lashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xorijiy jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari — loyihani amalga oshirish doirasida olingan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qora metallar chiqindilari, temir-tersaklarni tayyorlash va foydalanish balansini ishlab chiqishda “O‘zneftgazmash” AJ korxonalarining ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati jarayonida hosil bo‘ladigan qora metall chiqindilari va temir-tersaklardan “O‘zbekximmash zavodi” AJning o‘z ehtiyojlari uchun to‘la hajmda foydalanishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik yashash joyida vaqtincha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda davlat boji undirmasdan ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, mazkur xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultonov va “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi B.B. Ashrafxonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 18-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3944-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2018-y., 07/20/3944/0900-son)