Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.04.2021 30.04.1998 yildagi 605-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarori, 30.04.1998 yildagi 605-I-son
Date of entry into force
01.07.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

“DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 1998-yil 1-iyuldan amalga kiritilsin. Mazkur Qonunning amalga kiritilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi”da nazarda tutilgan muddatlar va tadbirlarga muvofiq ravishda ta’minlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq holga keltirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga aylantirish tartibini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1998-yilning 1-iyulidan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlari butunlay yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 403-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 404-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni IV bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 30-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
605-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 89-modda)