25.06.2020 yildagi PQ-4757-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.06.2020 yildagi PQ-4757-son
Date of entry into force
26.06.2020
Hujjat 26.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida “Folksvagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jahonning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan integratsiyalashuvi asosida yanada barqaror rivojlantirish, yengil va yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni tashkil etish hisobidan ishlab chiqarilayotgan avtomobil mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda ularning savdo hajmi oʻsishini taʼminlash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4145-son hamda 2019-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4397-son qarorlariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grupp Rus” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — “Folksvagen” kompaniyasi) oʻrtasida 2020-yil 2-mart kuni “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ negizida “Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasida (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) “Folksvagen” kompaniyasining bosqichma-bosqich ishtirok etishini nazarda tutuvchi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzavtosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining investitsiya loyihasini amalga oshirishni davom ettirish boʻyicha “Folksvagen” kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan va quyidagilarni nazarda tutuvchi konsepsiyani maʼqullash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birinchi bosqichda 2020-2021-yillarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorni oʻrganish hamda marketing tahlilini oʻtkazish maqsadida “Folksvagen” va “Shkoda” markalaridagi tayyor avtomobillarni yetkazib berishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Folksvagen” kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ xodimlarini yirik uzelli avtomobillarni yigʻish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Folksvagen Keddi” modelini yirik uzelli yigʻishni tashkil etish maqsadida butlovchi qismlarni yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning barcha hududlarida dilerlik tarmogʻi va servis xizmatlarini koʻrsatish stansiyalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikkinchi bosqichda 2022-yildan boshlab yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning toʻliq siklini oʻzlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar davlat xaridlarining maxsus axborot portalida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga tegishlicha kiritilgan holda yagona yetkazib beruvchilar sifatida belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchisi (aksiyadori) “Oʻzavtosanoat” AJ boʻlgan ishlab chiqaruvchi korxonalar — ular tomonidan avtomobil sanoati uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil mahsulotlarining asl ishlab chiqaruvchisi (OEM) yoki litsenziari tomonidan belgilangan yoki maʼqullangan yoxud tavsiya etilgan yetkazib beruvchi tashkilotlar — ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan korxonalar uchun tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha hadli, litsenziyaviy, investitsiyaviy yoki boshqa bitimlar, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini amalga oshirishda texnik koʻmak berish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi tashkilotlar — ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan korxonalar uchun tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorni noqulay oʻzgarishlardan kafolatlash amal qilishini boshlash maqsadida mazkur qarorning kuchga kirishi investor Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirishining tasdigʻi sifatida belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish, xom ashyo, materiallar, muhandislik, texnologik va boshqa uskunalarni yetkazib berish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish investitsiya loyihasining dastlabki tasdiqlangan texnik-iktisodiy asoslari doirasida, lekin shu asosda ishlab chiqilgan va oldin tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini hisobga olmagan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlaridan kelib chiqib, oʻrnatilgan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va “Folksvagen” kompaniyasi oʻrtasida “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan “Folksvagen” kompaniyasi bilan hamkorlikda qoʻshma korxona tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi, xorijiy investor majburiyatlarini hamda tashkil etilayotgan korxonaga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan davlatning qoʻllab-quvvatlash choralarini aniq aks ettiruvchi investitsiya bitimini tuzish boʻyicha tegishli takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi 2020-yil iyul oyidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yevro-5” standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli dizel yoqilgʻisi va avtobenzinga ega kamida bitta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi boʻlishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Oʻ. Umurzoqov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 25-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4757-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4757/0952-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)