Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 03.03.2018 yildagi 167-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.03.2018 yildagi 167-son
Date of entry into force
03.03.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PQ-2756-son qaroriga asosan 2017-yil Jizzax viloyati Paxtakor tumanida paxtachilik yoʻnalishidagi 452 ta fermer xoʻjaligining 820 ta konturidagi 12500 gektar maydonga chigit ekilib, davlatga paxta sotish shartnoma rejasi 32290 tonna miqdorida belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan nazorat oʻrnatilmagani, mutasaddi idoralar rahbarlarining oʻz vazifalarini tegishli darajada bajarmagani natijasida shartnoma rejasi 75,4 foizga bajarilgan yoki 7957 tonna paxta xomashyosi kam topshirilishi sababli 15,1 mlrd. soʻm daromad olinmay qolgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning sabablari oʻrganilganda maʼlum boʻldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilik ishlarining talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagani natijasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, gʻoʻzani ball boniteti past (37 — 40), suv bilan yetarli taʼminlamagan yerlarga (21 — 25 ts/ga) joylashtirilishi oqibatida 2690 gektar maydondan atigi 12 sentnerdan hosil olingan va har gektardan oʻrtacha 850 ming soʻmdan daromad olinmay qolgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, meliorativ holati ogʻir boʻlgan 1213 gektar maydonda chigit ekish tadbirlari kechiktirilgani oqibatida 1700 tonna paxta hosili yoʻqotilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, tumandagi 28,7 km sugʻorish tarmoqlarining (lotok ariqlar) yaroqsiz holatga va 28,4 km ichki kanallarning taʼmirtalab holatga kelganligi sababli 42 ta fermer xoʻjaligining 1305 gektar gʻoʻza maydonlari suv bilan yetarlicha taʼminlanmagani oqibatida 1540 tonna kam hosil olingan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, gʻoʻza zararkunandalari va hashoratlariga qarshi kurashish ishlari toʻgʻri tashkil etilmaganligi oqibatida 68 ta fermer xoʻjaligining 804 gektar maydoni oʻrgimchakkana va koʻsak qurti bilan zararlangani sababli 710 tonna hosil yoʻqotilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, tumanda 46 ta yuqori unumli haydov traktorlaridan 12 tasi taʼmirtalab, shuningdek, 20 ta chopiq traktorlari, 28 ta haydov traktorlari, 22 ta kultivatorlar yetishmasligi oqibatida 1300 gektar maydonda shudgor va 2250 gektar maydonda gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish tadbirlari kechiktirilib, sifatsiz oʻtkazilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida qayd etilgan qoʻpol agrotexnik xatolardan toʻgʻri xulosa chiqarish va 2018-yilda erdan unumli foydalanishda sektor rahbarlari, mutasaddilar, taʼminotchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlarining masʼuliyati va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jizzax viloyati Paxtakor tumanida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yetishtirish va uni yigʻib-terib olishdagi jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani, gʻoʻza parvarishida agrotexnika tadbirlarni belgilangan muddatda sifatli oʻtkazilmagani uchun Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi I. Qarshiboyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgani inobatga olinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida debitor-kreditor qarzdorliklar oʻsishiga yoʻl qoʻyganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sh. Shodmonov ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻiga nisbatan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mavjud qarzdorliklarni 2018-yilning 1-apreliga qadar undirish taʼminlanmagan taqdirda, 4 ta sektor rahbarlari ularga nisbatan vazifasidan ozod qilishgacha boʻlgan intizomiy jazo choralari koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi fermer xoʻjaliklariga yangi haydov va chopiq traktorlari, kultivatorlar hamda chigit ekish seyalkalari yetkazib berishning 2018-yilga moʻljallangan prognoz rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi barcha toifadagi paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oʻrtasidagi debitor va kreditor qarzdorliklarni bartaraf etish jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam harajatli dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sogʻin sigirlar hamda asalari boqishni tashkil etishning prognoz rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta va gʻalla ekiladigan maydonlar konturlarining dala chetlariga, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari boʻylariga ekiladigan qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot yetishtirishning prognoz rejasi 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 2018-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasiga fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda 15 kun muddatda Paxtakor tumanida tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda 2018-yil uchun ekiladigan ekinlarning samarali joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari rahbarlari uchun 2018-yilda fermer xoʻjaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish va agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan joriy yilning mart oyida joylarda seminarlar oʻtkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qaror ijrosi boʻyicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanishi hamda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayevga axborot berib borilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Jizzax viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi E.A. Soliyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 3-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 09/20/167/0822)