Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 06.03.2018 yildagi 174-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.03.2018 yildagi 174-son
Date of entry into force
06.03.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻka tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PQ-2756-sonli qaroriga asosan 2017-yilda Toshkent viloyati Boʻka tumanida 693 ta paxtachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining 2784 ta konturidagi 14475 gektar maydonlariga chigit ekilib, davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasi 36100 tonna miqdorida belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq, tumanning 4 ta sektor rahbarlari tomonidan nazorat oʻrnatilmaganligi, mutasaddi idoralar rahbarlarining oʻz vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi natijasida shartnomaviy reja 73,2 foizga bajarilgan yoki 9685 tonna paxta xomashyosi kam topshirilishi sababli 8,4 mlrd. soʻm daromad olinmay qolgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning sabablari oʻrganilganda maʼlum boʻldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilikning talab daradasida yoʻlga qoʻyilmaganligi natijasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, gʻoʻzani ball boniteti past (35 — 40), suv bilan yetarli taʼminlanmagan va kam hosilli (18 — 20 ts/ga) erga joylashtirish oqibatida 740 gektar maydonlardan bor yoʻgʻi 15-16 sentner hosil olingan va har gektaridan 1,7 mln.soʻm zarar koʻrilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, joriy yilda tumandagi 186 ta fermer xoʻjaliklarining 1367 gektar gʻoʻza maydonida koʻsak qurti, 213 ta fermer xoʻjaliklarining 4100 gektar maydonlarida oʻrgimchak kana zararkunandalari bilan zararlanishi natijasida jami 2200 tonna paxta hosili yoʻqotilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, fermer xoʻjaliklari balansidagi 37 ta ichki nasoslardan sugʻoriladigan 1648 gektar gʻoʻza maydonlarida yilning iyul va avgust oylarida qarzdorligi hisobiga MIB tomonidan elektr tarmogʻidan uzilganligi sababli 660 tonna hamda bir necha yillar davomida tumandagi ichki ariq-zovurlarning tozalanmaganligi, lotoklarning buzilishi, suv inshootlarining eskirib qolganligi natijasida 1845 tonna rejadagi hosil yetishtirilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, tumandagi mavjud 70 ta haydov traktorlarining 35 foizi eskirganligi sababli 1630 ga maydonni shudgorlash sifatsiz va sayoz oʻtkazilgan, 127 ta fermer xoʻjaliklarida kultivatorlarning yetishmasligi agrotexnik tadbirlarning kechikishiga olib kelgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqoridagi kabi qoʻpol agrotexnik xatoliklardan toʻgʻri xulosa chiqarish va 2018-yilda yerlardan samarali foydalanishda sektor rahbarlari, mutasaddilar, taʼminotchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlarining masʼuliyati va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent viloyati Boʻka tumanida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yetishtirish va uni yigʻib-terib olishdagi jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi, gʻoʻza parvarishida agrotexnik tadbirlarning belgilangan muddatda sifatli oʻtkazilmaganligi uchun Boʻka tuman hokimi X. Xolboyev egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi inobatga olinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida debitor va kreditor qarzdorliklarning oʻsishiga yoʻl qoʻyganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M. Sunnatullayev lavozimidan ozod etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻiga yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish tavstya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mavjud qarzdorliklarning 2018-yilning 1-apreliga qadar undirilishini taʼminlamagan taqdirda 4 ta sektor rahbarlariga nisbatan vazifasidan ozod qilishgacha boʻlgan intizomiy jazo choralari koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻka tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi fermer xoʻjaliklariga yangi qishloq xoʻjaligi texnikalari va mexanizmlarini yetkazib berishning 2018-yilga moʻljallangan prognoz rejalari 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻka tumanida barcha toifadagi paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini undirish jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻka tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam xarajatli dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sogʻin sigir hamda asalari boqishni tashkil etish prognoz rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻka tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta va gʻalla ekinlari ekiladigan yer maydonlari konturlarining dala chetlari hisob-kitobi 5-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻka tumanida 2018-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan va chigit ekiladigan maydonlar atroflaridagi dala chetlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot yetishtirishning prognoz rejasi 6 va 6a-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻka tumanida 2018-yil boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasiga fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 15 kun muddatda Boʻka tumanida 2018-yil uchun ekiladigan ekinlarni tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda samarali joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari rahbarlari uchun 2018-yilda fermer xoʻjaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan joriy yilning mart oyida joylarda seminarlar oʻtkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qaror ijrosi boʻyicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanishi hamda Toshkent viloyati hokimligi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayevga axborot berib borishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Toshkent viloyati hokimi Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2020-y., 09/20/174/0823-son)