09.06.2020 yildagi O‘RQ-622-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 09.06.2020 yildagi O‘RQ-622-son
Date of entry into force
10.06.2020
Hujjat 10.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faxriy murabbiy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 11-mayda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. “Faxriy murabbiy” ordeni taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. “Faxriy murabbiy” ordeni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. “Faxriy murabbiy” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan OʻRQ-473-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 221-modda; 2019-yil, № 9, 589-modda; 2020-yil, № 3, 200-modda) 8-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faxriy murabbiy” ordeni”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishincha oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 9-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-622-son

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-iyundagi OʻRQ-622-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Faxriy murabbiy” ordeni toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. “Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot gʻoyalardan asrash, adashganlarni toʻgʻri yoʻlga qaytarish, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek oʻzining chuqur bilimi va boy hayotiy tajribasi bilan yordamga muhtoj hamda ogʻir ahvolga tushib qolgan yoshlar va oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ish bilan taʼminlash hamda tadbirkorlikka oʻrgatish, buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida barchaga shaxsiy namuna koʻrsatib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Faxriy murabbiy” ordeni bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli tahdidlar va yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish, adashgan yoshlarni toʻgʻri yoʻlga qaytarish boʻyicha manzilli ishlarga ularni vasiylikka olish orqali bevosita hissa qoʻshganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktik hisobda turgan, huquqbuzarlik sodir qilishga va salbiy illatga moyil boʻlgan yoshlarda sogʻlom dunyoqarashni, Vatanga mehr hamda sadoqat tuygʻularini shakllantirishda murabbiy sifatidagi alohida xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmagan yoshlarni hamda kam taʼminlangan, ehtiyojmand va kambagʻal oilalar farzandlarini kasb-hunarlarga oʻrgatish, tadbirkorlik, hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilikka keng jalb qilib, ularning bandligini taʼminlash borasidagi fidoyiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, notinch va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni tiklash, yolgʻiz ayollarga hayotda mustaqil boʻlishga koʻmak berish hamda “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” degan ezgu gʻoyani ijtimoiy hayotga keng tatbiq etishda koʻrsatgan jonbozligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallasida yoshlar uchun begʻaraz asosda maktab, bogʻcha, madaniyat va sport inshootlarini barpo etganligi hamda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkillashtirishga rahbarlik qilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman va shaharlarni yot gʻoyalardan xoli hududga aylantirishga qaratilgan ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda erishgan yuksak natijalari hamda ibratli faoliyati uchun mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Faxriy murabbiy” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Faxriy murabbiy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofotini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Faxriy murabbiy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Faxriy murabbiy” ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Har bir mukofotlangan shaxsga “Faxriy murabbiy” ordenini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-iyundagi OʻRQ-622-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faxriy murabbiy” ordenining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Faxriy murabbiy” ordeni 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan latundan tayyorlanadi va ikkita qoplamali medalondan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi medalon diametri 45 millimetrli quyosh timsolidagi sakkiz qirrali yulduzni ifodalaydi. Unga uygʻunlikda tutashgan diametri 33 millimetrli sakkiz qirrali yulduz qirralari zarhal hoshiyalangan va binafsha rangdagi emal bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning markazida joylashgan ustki medalon diametri 26 millimetrli doira shaklida boʻladi. Markazda havorang emal fonida koʻtarilayotgan quyoshning zarrin nurlari, yosh avlodni tutib turgan faxriy murabbiyning ochiq kaftlari timsoli oq emal fonda aks ettirilgan. Yuqoriroqda Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi zarhal koʻrinishda tasvirlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻng va chap tomonlarida qizil emalli islimiy naqsh bilan bezatilgan zarhallangan ochiq darvoza joylashgan. Barcha markaziy kompozitsiyalar oq emalli doira bilan oʻralgan boʻlib, pastki qismi beshta zarhallangan sakkiz qirrali yulduz, tepa qismi esa zarhallangan naqsh bilan bezatilgan. Doira chetlari zarhallangan ingichka chiziqlar bilan chegaralangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustki medalonning yuqori aylanasi boʻylab yashil emal fonida — “FAXRIY”, uning pastki qismida — “MURABBIY” yozuvi joylashgan. Oʻng va chap tomonlarida ikkita zaytun novdasi qarama-qarshi koʻrinishda aks ettirilgan. Harflarning balandligi — 2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Quyi qismiga 2 millimetrli oʻlchamdagi botiq shrift bilan orden raqami tushirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuvlar — boʻrtma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning qalinligi — 3,5 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orden chetlari binafsha rang chiziqlar bilan hoshiyalangan hamda oʻrtasidan oq yoʻl oʻtgan toʻq yashil rangdagi shoyi lenta qoplangan besh qirrali qadagʻichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Lentaning eni — 24 millimetr, binafsha rangli chiziqlarning eni — 1 millimetr, oq rangli chiziqning eni — 2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning orqa tomonida ordenni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 03/20/622/0744)