10.06.2020 yildagi 368-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.06.2020 yildagi 368-son
Date of entry into force
10.06.2020
Hujjat 10.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvini rejalashtirish, tashkil qilish va oʻtkazish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarning buzilishi aniqlanganda, tekshiruvlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish va tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyektlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari, vazifalari va javobgarligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirishi jarayonida ushbu qaror talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 10-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
368-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 368-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom atom energiyasidan xavfsiz foydalanishni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ va atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlarining (keyingi oʻrinlarda — xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar) tomonidan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar — atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizlik talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyekti — atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritish huquqini beradigan litsenziya talablari va shartlari hamda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsatnoma talablari va shartlari bajarilishini taʼminlaydigan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat subyekti — davlat tomonidan xavfsizlikni tartibga solish organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot tomonidan xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan majburiy talablar va litsenziyaning amal qilish shartlariga rioya qilinishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining ushbu sohada belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligini taʼminlaydigan mansabdor shaxslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiatsiya manbalari — tarkibida radioaktiv moddalar mavjud boʻlgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan, yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan majmualar, qurilmalar, apparatlar, uskunalar va buyumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash punktlari — yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan hamda yadroviy materiallarni va radioaktiv moddalarni saqlash, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash uchun moʻljallangan statsionar obyektlar hamda inshootlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruv (inspeksiya) — yuridik shaxslar tomonidan xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan majburiy talablar, litsenziyaning amal qilish shartlari bajarilishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining atom energiyasidan foydalanish sohasida belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligi boʻyicha xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar amalga oshiradigan bir martalik nazorat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar — tarkibida boʻlinadigan (parchalanadigan) yadroviy moddalar boʻlgan yoki ularni hosil qilishga qodir boʻlgan materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari boʻlgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilgʻidan va materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun moʻljallangan qurilmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar (keyingi oʻrinlarda — majburiy talablar) buzilishining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga qaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yongʻinga oid, sanitariya-epidemiologik, ekologik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradigan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning bevosita yadroviy qurilmalardagi va (yoki) saqlash punktlaridagi doimiy vakilligini nazarda tutuvchi davlat nazorati va tekshiruvi rejimi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat nazorati va tekshiruvini tashkil qilish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyektlari tomonidan majburiy talablarning bajarilishini, ularning atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya talablari va shartlari hamda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma talablari va shartlariga (keyingi oʻrinlarida — litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlari) rioya qilishni, shuningdek, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar koʻrsatmalarining ijrosini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishni (inspeksiyani) tashkil qilish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy talablar, shuningdek, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlari buzilishi aniqlangan holatlarda, ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyektlari tomonidan majburiy talablar ijrosi, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya etilishini tizimli kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish sohasida majburiy talablar ijrosi holatini tahlil va prognoz qilish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi oʻrinlarida — maxsus vakolatli organ) — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi — atom energiyasidan foydalanish obyektlarida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligining taʼminlanishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishi, yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning hisobiga rioya etilishi boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — ifloslantirish manbalari monitoringi, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, atrof tabiiy muhit — ishlab chiqarish monitoringi hamda tabiatdan barqaror oqilona foydalanish boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — tegishli davlat boshqaruvi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi vositasida avariyaga oid tashqi va ichki rejalarning bajarilishi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi va atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yongʻin xavfsizligi talablarini taʼminlash boʻyicha davlat nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — yuridik xodimlar va aholining radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligi, shuningdek fuqarolar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi qoida va normalarga rioya etilishi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va foydalanishdan chiqarish yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi — yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini joylashtirish uchun yer qaʼrini geologik oʻrganishda, togʻ ishlarini geologik-marksheyderlik taʼminlashda, shuningdek, obyektlar joylashgan zonadagi yer osti suvlari ishlab chiqarish monitoringida yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼrini muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablarining bajarilishi boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi — yadroviy materiallarni, radioaktiv moddalarni, radiatsiya manbalarini, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun uskuna va texnologiyalarni olib kirish hamda olib chiqishda bojxona nazorati;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi — atmosfera havosi, yuza suvlar (tabiiy oqimlar) ifloslanishi monitoringi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — atom energiyasidan foydalanish obyektlariga tutash hududda jamoatchilik tartibini muhofaza qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizligiga tahdid soluvchi qoʻporuchilik va terrorchilik harakatlarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishga yoʻnaltirilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining jisman himoyasini taʼminlash, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasida tartibga solish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari hududiga ruxsatsiz kirish, radioaktiv moddalardan, yadroviy materiallardan va radioaktiv chiqindilardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olishga, shuningdek, ularning oʻgʻirlanishi va zararlanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining jisman himoyasini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi — radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilarning yaxlitligi va saqlanishiga har qanday tajovuzni oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berishga yoʻnaltirilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining jisman himoyasini taʼminlash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tekshiruv (inspeksiya) rejalari “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan har yili 15-dekabrga qadar ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish muddati oʻn kalendar kunidan oshmasligi kerak. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish muddatlarini tegishli asoslar (nazorat obyekti rahbarlarining, masʼul shaxslarining yoʻqligi, boshqa asosli sabablar) mavjud boʻlganda oʻzgartirish, yoki tekshiruv oʻtkazish imkoniyati yoʻqligi tufayli uning muddatini kechroqqa koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari tekshiruv (inspeksiya) muddati oʻzgargani va oʻzgarish sabablari toʻgʻrisida maxsus vakolatli organni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Nazorat obyektlari tomonidan majburiy talablar ijrosi, litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilinishini tizimli kuzatish, majburiy talablar, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlari ijrosining holatini tahlil va prognoz qilish xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan ular oʻtkazgan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq tekshiruvlar (inspeksiyalar) va boshqa tadbirlar natijalari asosida, shuningdek, nazorat obyektlari tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda taqdim etiladigan:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanganda xavfsizlikni taʼminlashga taʼsir koʻrsatadigan hodisalar va ularning oqibatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyekti xodimlarining hamda kuzatuv zonasida yashaydigan aholining salomatligini yomonlashtirgan hodisalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitga koʻrsatiladigan taʼsir, ishlab chiqarish ekologik nazorat natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning mavjudligi va harakatlanishi, shuningdek ularning eksporti va importi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida uskunalar tayyorlanishi va qoʻllanishining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida sodir boʻlgan noxush hodisa va avariyalar sabablarini texnik jihatdan oʻrganish natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarining xavfsizlik holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziya va ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish bosqichida taqdim etilgan hamda tegishincha litsenziyalashtirilayotgan faoliyat turlari va ish turlari xavfsizligiga aloqador boʻlgan maʼlumotlarning yangilanishi yoki ularga oʻzgartirishlar kiritilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xavfsizlikni davlat tomondan tartibga soluvchi organlar nazorat obyektidan olingan maʼlumotlarni tahlil qilish natijalari boʻyicha quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan tekshiruvlarning natijalarini tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun mobaynida tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligi holatini, shuningdek, majburiy talablarning bajarilishi hamda litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilish holatini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini baholash, majburiy, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlarining buzilishiga, shuningdek, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va ridioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalarga va ularga nisbatan ruxsat etilmagan harakatlarga olib kelgan sabablar va sharoitlarni oʻrganish, “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida kelgusidagi tekshiruvlarni (inspeksiyalarni) rejalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq tadqiqotlar, sinovlar, ekspertizalar, tekshirishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazish (oʻtkazilishini tayinlash), zarurat boʻlganda, ekspertlar va ekspert tashkilotlarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarni navbatdan tashqari jismoniy xatlovdan oʻtkazish yoki ularning parametrlarini tasdiqlovchi qoʻshimcha oʻlchovlarni amalga oshirish radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni ularning yoʻqolishi mumkinligi yoki ruxsatsiz toʻplanishini tasdiqlovchi dalillar aniqlanganda, xatlovdan oʻtkazish uchun rasmiy talab yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilish tizimi samaradorligini, uning pasayishi mumkinligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda, navbatdan tashqari baholash oʻtkazish uchun rasmiy talab yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Rejalashtirilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari tashkil etadigan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining tekshiruvlar (inspeksiyalar) belgilangan tartibda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olingan reja asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tekshiruvning (inspeksiyaning) maqsadlari, vazifalari va predmetini batafsil bayon qilish uchun uning ajralmas qismi boʻlgan rejalashtirilgan tekshiruv (inspeksiya) dasturi tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organ tekshiruv (inspeksiya) tayinlagani toʻgʻrisida tekshiruv boshlanishidan 30 kalendar kunidan kam boʻlmagan muddatda tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazilishi haqida bildirishnoma (xat) yuborish orqali yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari rahbarlarini xabardor qiladi, bildirishnomada (xatda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruv (inspeksiya) turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish uchun asos;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyektining nomlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi (tekshiruvchilar guruhining tarkibi, tekshiruv (inspeksiya rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruv (inspeksiya) dasturida nazarda tutilgan tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazilishi kerak boʻlgan masalalar (savollar) roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish muddati (tekshirish boshlanish va tugallanish sanasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa maʼlumotlar (zarurat boʻlganda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektining rahbari bildirishnoma hujjatini olishdan bosh tortishi tekshiruvni (inspeksiya)ni bekor qilish uchun asos hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazishda quyidagi masalalar (savollar) oʻrganiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan majburiy talablar, litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida avval berilgan koʻrsatmalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablarining bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablarining ijrosi, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi, shuningdek, atrof tabiiy muhit — ishlab chiqarish monitoringining oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining uskunalar va tizimlar resursini boshqarish tartibiga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining uskunalari va tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining uskunalari va tizimlarini sinovdan va koʻrikdan oʻtkazish ishlari davriyligi va hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyektining unga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari bilan berilgan atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlash qismidagi vakolatlarining toʻliq amalga oshirilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarining xavfsizlik holati toʻgʻrisida taqdim etilayotgan maʼlumotning ishonchliligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyektlari tomonidan yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarini barpo etish, ulardan foydalanish va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ushbu dasturlar bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini jisman himoya qilishning holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilish holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning fakt boʻyicha mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi tizimlar va ularning elementlarining zarur tavsiflarini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tanlash va tayyorlash, ishchilar (xodimlar) bilimini tekshirish va ishlashga ruxsat berish tizimini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish va texnologik hujjatlar talablariga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xodimlariga beriladigan atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariyalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishg uchun nazorat obyektlarining shayligi boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik jarayonlarni amalga oshirishda atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlar tartibiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy talablar ijrosi bilan bogʻliq boshqa masalalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tekshiruvlar (inspeksiyalar) oʻtkazilishini muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish doirasida alohida vakolatlarga ega davlat organlari tomonidan tekshiruvlar (inspeksiyalar) oʻtkazilishini maxsus vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻtkazilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar) toʻgʻrisidagi maʼlumot har chorakda keyingi oyning 10 kunigacha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari tomonidan maxsus vakolatli organga kelgusida umumlashtirish va yakuniy maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Tekshiruvlar (inspeksiyalar) natijalarini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarning buzilishi aniqlangan tekshiruv natijalari boʻyicha tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasi tuziladi. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarning buzilishi aniqlanmagan tekshiruv natijalari maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi. Tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasi (maʼlumotnomasi) uch ish kuni davomida ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda imzo qoʻyilgan sanani koʻrsatgan holda, nazorat subyektining tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish uchun vakolatli shaxsi yoki tekshiruvga jalb qilingan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma (maʼlumotnoma) imzo qoʻyilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida nazorat obyekti yoki uning vakiliga imzo qoʻydirib topshiriladi (topshirish toʻgʻrisida bildirishnoma buyurtma xat bilan yuboriladi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirilayotgan nazorat obyekti tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan bosh tortsa, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli qayd kiritadi va shu vaqtdan boshlab tekshiruv (inspeksiya) tugallangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nazorat obyekti tekshiruv dalolatnomasi (maʼlumotnomasi) asosida tekshiruv dalolatnomasida (maʼlumotnomasida) koʻrsatilgan muddatda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Nazorat obyekti xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organga tadbirlar rejasining har bir bandi ijrosi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib yozma ravishda maʼlumot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidabuzarliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun nazorat obyekti rahbari masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Aholi hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga haqiqiy zarar yetkazish xavfini yuzaga keltiruvchi normalar va qoidalar talablarining buzilish holatlari aniqlanganda, qoidabuzarlik aniqlangan kunda nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻliq yoki qisman toʻxtatish toʻgʻrisida koʻrsatma chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani nazorat obyekti tekshiruvini (inspeksiyasini) oʻtkazgan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning mansabdor shaxsi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi imzolangan koʻrsatma qoidabuzarlik aniqlangan kundan keyin bir ish kunidan kech boʻlmagan muddatda nazorat obyektiga topshiriladi yoki topshirish toʻgʻrisidagi bildirishnoma buyurtma xat orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat obyektini tekshiruvdan (inspeksiyadan) oʻtkazgan alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organning mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatma nusxasi xabarnoma sifatida maxsus vakolatli organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Nazorat obyekti xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni toʻxtatishga olib kelgan qoidabuzarliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi va bildirishnoma olgan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirmasdan, nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalariga rozi boʻlmagan nazorat obyektlari xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi yuqori organlarga nizoli masalalarni aniqlashtirish uchun yozma ravishda murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi har bir organ koʻrsatma shaklini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatma blankasi belgilangan tartibda hisobga olinadi va saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazayotgan nazorat subyektlari tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish davomida atom energiyasidan foydalanish obyektlariga xizmat guvohnomasini va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar rahbarining (rahbarlar oʻrinbosarlarining) tekshirish (inspeksiya) tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxasini taqdim etgach, qarshiliksiz kirish huquqiga egalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazishda nazorat subyektlari texnik vositalardan va foydalanishni nazorat qilish vositalaridan (shu jumladan, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar tarkibini tekshirish va nazorat qilish vositalari, audio, foto va video qayd etish vositalari, plombalovchi qurilmalardan) foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Davlat nazoratini amalga oshirishda nazorat subyektlari qonun hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanadi, taqiq va cheklovlarga rioya qiladi hamda oʻz majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki yetarlicha bajarmaganliklari uchun javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Nazorat subyektining harakatlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari qarorlari va harakatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va Tekshiruv (inspeksiya)ini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va Tekshiruv (inspeksiya)ini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar

(Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi,FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi )

1. Kelgusi yil uchun “Xavfni tahlil etish” tekshiruv (inspeksiya) rejasini tuzadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va maxsus vakolatli organ bilan kelishadi va tasdiqlaydi.

2. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazilishi toʻgʻrisida bildirishnoma (xat) yuboradi va tekshiruv (inspeksiya)ni oʻtkazadi.

3. Tekshiruv (inspeksiya) natijalari boʻyicha dalolatnoma yoki maʼlumotnoma tuzadi va Tekshiruv (inspeksiya)larni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritadi.

4. Nazorat obyekti yoki uning vakiliga tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasini imzo qoʻydirib topshiradi.

Har yili 15-dekabrgacha



10 kalendar kunidan oshmasligi kerak

3 ish kuni mobaynida.


1 ish kuni mobaynida


Nazorat obyekti

1. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va maxsus vakolatli organ va (yoki) boshqa vakolatli organlarga taqdim etadi.

2. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga tadbirlar rejasining har bir bandi ijrosi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib yozma ravishda maʼlumot beradi.

Dalolatnomasida koʻrsatilgan muddatda


Tadbirlar rejasida koʻrsatilgan muddatda


Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar

1. Aholi hayoti va salomatligi, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfini yuzaga keltirgan norma va qoidalar talablari buzilishi aniqlanganda, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining toʻliq yoki qisman toʻxtatilishi toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.

2. Nazorat obyekti faoliyatining toʻxtatilishi toʻgʻrisida imzolangan koʻrsatmani nazorat obyektiga topshiradi yoki topshirish toʻgʻrisida bildirishnomani buyurtma xat orqaliyuboradi.

3. Nazorat obyektini tekshiruv (inspeksiya)dan oʻtkazgan nazorat subyekti tomonidan imzolangan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatma nusxasini xabarnoma sifatida maxsus vakolatli organga yuboradi.

Qoidabuzarlik aniqlangan

kunda


1 ish kunidan kechiktirmasdan


1 kun
muddatda


Nazorat obyekti

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi faoliyatni toʻxtatishga olib kelgan qoidabuzarliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.

Qoidabuzarliklar bartaraf etilgandan soʻng


Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar

Taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi hamda nazorat obyektining atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi faoliyatini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Bildirish qogʻozi olgan kundan boshlab
2 ish kunidan kechiktirmasdan


Alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari

Oʻtkazilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar) toʻgʻrisidagi maʼlumot maxsus vakolatli organga kelgusida umumlashtirish va yakuniy maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun taqdim qilinadi.

Har chorakda keyingi oyning
10 sanasigacha

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 09/20/368/0742-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)