27.05.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2352-8
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 27.05.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2352-8
Date of entry into force
27.05.2020
Hujjat 27.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2352-8]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2020-yil 14-apreldagi 219-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 27-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi 110-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 82-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuridik xizmat loyihalarning huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etadigan, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlilini amalga oshiradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“loyihaning gender-huquqiy ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha maʼlumot;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 87-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“87. Loyiha qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga, shuningdek havolaki normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadliligiga nomuvofiq boʻlsa, yuridik xizmat loyihani tegishli eʼtirozlar bilan qayta ishlash uchun loyihani ishlab chiqish boʻyicha masʼul boʻlgan ishlab chiquvchining tarkibiy boʻlinmasiga qaytaradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 111-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“loyihalarni ularning mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutuvchi, ularga nisbatan javobgarlikning yangi choralarini belgilovchi qoidalarni, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan tahlil qilishni amalga oshiradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi D. KALANDAROV
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 10/20/2352-8/0674-son)