26.05.2020 yildagi O‘RQ-621-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.05.2020 yildagi O‘RQ-621-son
Date of entry into force
27.05.2020
Hujjat 04.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom turmush” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 11-mayda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. “Sogʻlom turmush” medali taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. “Sogʻlom turmush” medali toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. “Sogʻlom turmush” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan OʻRQ-473-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 221-modda; 2019-yil, № 9, 589-modda; 2020-yil, № 3, 200-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom turmush” medali”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 26-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-621-son

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-621-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Sogʻlom turmush” medali toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. “Sogʻlom turmush” medali bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarning oldini olish, sogʻlom ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni keng targʻib qilishga qoʻshgan katta hissasi uchun — sogʻliqni saqlash muassasalari shifokorlari, shu jumladan diyetologlar, jismoniy tarbiya instruktorlari, sogʻliqni saqlash masalalarini va sogʻlom turmush tarzini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanish va uni kundalik turmush tarziga aylantirish, sogʻlom hayot tarziga qatʼiy amal qilish borasida jamoatchilikka shaxsiy namuna boʻlayotgani uchun — fuqarolar, namunali oilalar va sportchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli tashkil qilish orqali uni umummilliy harakatga aylantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun — barcha darajadagi tashkilot va idoralar rahbarlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsib kelayotgan avlod oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish, uni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, ruhiy barkamollikka yetkazish, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun — sport maktablari, umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbarlari, sport trenerlari, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa mutaxassislari;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, matonat, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonch fazilatlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun — mudofaa tizimi vakillari, yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning trenerlari, hakamlar va sport tashkilotlarining vakillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sportni respublikamizda yanada rivojlanlantirish va ommalashtirish, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish, sportchilarning oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlashga qoʻshgan hissasi uchun — barcha darajadagi hokimlar va ularning oʻrinbosarlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari rahbarlari, homiylar, sport federatsiya (uyushma)lariga biriktirilgan korxona va tashkilotlar rahbarlari mukofotlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Sogʻlom turmush” medali bilan boshqa shaxslar ham aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishdagi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Sogʻlom turmush” medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Har bir mukofotlangan shaxsga “Sogʻlom turmush” medalini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-621-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom turmush” medalining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Sogʻlom turmush” medali 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medalning old tomoni quyi qismida Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi aks ettirilgan Yer shari, uning yuqori qismida esa koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida sogʻlom oilaning ramziy tasviri joylashgan. Medalning aylanasi boʻylab yashil emal fonida “SOGʻLOM TURMUSH” yozuvi, quyi qismida esa sakkiz qirrali yulduzga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi va yulduzning diametri — 3,2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medalning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Quyi qismiga 2 millimetrli oʻlchamdagi botiq shrift bilan medal raqami tushirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvir va yozuvlar — boʻrtma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medalning qalinligi — 3 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medalning old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medal oq rangli chiziqlar bilan hoshiyalangan yashil rangdagi shoyi lenta qoplangan besh qirrali qadagʻichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Lentaning eni — 24 millimetr, oq rangli hoshiyalarning eni — 1 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning orqa tomonida medalni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom turmush” medali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 03/20/621/0668-son, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )