15.02.2002 yildagi 52-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.02.2002 yildagi 52-son
Date of entry into force
15.02.2002
Hujjat 15.02.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR AMALIY CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yil muddatga 36,14 mln. AQSH dollari miqdorida qarz berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz bitimini imzolashga va Qarz berish toʻgʻrisidagi bitimga va loyihani amalga oshirish jadvaliga muvofiq qayta kreditlash toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy kreditga hisob-kitob-bank xizmati koʻrsatishga vakil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimiga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qarzni qaytarish jadvali 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha boʻyicha xarajatlar 2-ilovaga* muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining mablagʻlari, loyihada ishtirok etuvchi xoʻjaliklar va xususiy korxonalar mablagʻlari, shuningdek markazlashtirilgan kapital mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzning asosiy qismi, qarz boʻyicha foizlar va vositachilik haqi 3-ilovaga* muvofiq loyihada qatnashuvchi xoʻjaliklarning mablagʻlari va loyiha doirasida tashkil etiladigan moliyaviy tuzilmalar, xoʻjalik hisobidagi korxonalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta qurish agentligiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tartibotlariga muvofiq loyihaning samarali amalga oshirilishini, loyiha mablagʻlari oʻzlashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishini, shuningdek loyihani amalga oshirish boʻyicha zarur hujjatlar, shu jumladan qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi shartnomalar loyihalari oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va tegishli idoralarga kiritilishini taʼminlash yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uni amalga oshirish davrida loyiha doirasida import boʻyicha respublikaga olib kelinadigan asbob-uskunalar, tovarlar (xizmatlar)dan olinadigan bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirganlik yigʻimlaridan tashqari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning samarali amalga oshirilishini va qarzning belgilangan qismi loyiha qatnashchilari tomonidan oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini muntazam nazorat qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda investitsiya dasturlarini shakllantirishda 2002-yildan boshlab “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga* muvofiq ulushini mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi chet ellik mutaxassislar davlat boji toʻlashdan ozod etilgan holda ularga koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 15-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-son