16.05.2020 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.05.2020 yildagi 288-son
Date of entry into force
16.05.2020
Hujjat 01.03.2022 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoni)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30 oktyabdagi PF-5564-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq koʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan tashkilotlarga 2018-yil 31-dekabrdan keyin kontragentlari bilan oʻzaro munosabatlarda kechiktirilgan debitorlik qarzlari (keyingi oʻrinlarda toʻlangan moliyaviy sanksiyalar deb ataladi) boʻyicha qoʻllanilgan moliyaviy sanksiyalarni xatlovdan oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xatlov natijalariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qoʻllanilgan moliyaviy sanksiyalar summalarining qaytarilishi taʼminlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan tashkilotlarga kontragentlar bilan munosabatlarda yuzaga kelgan kechiktirilgan debitorlik qarzlar uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi sud qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida tegishli sudlarga arizalar berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 16-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
288-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pulning bankdan tashqari oqimini yanada kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasining QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari dasturi”ning “II. Naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalaga chiqib ketishining oldini olish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan toʻlovlar va hisob-kitoblar boʻyicha majburiyatlar bajarilishi mexanizmlarini ishlab chiqish” boʻlimidan 10-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-banddan “faqat ular tegishli litsenziya olgan taqdirda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 19-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻchma savdo tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan savdoni amalga oshirishning aniq muddatlari va joylari koʻrsatilgan holda tuziladigan shartnomalar asosida, shuningdek tantanalar kunlarida, savdo xizmati koʻrsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida, shartnomada koʻchma savdoga qoʻyiladigan tovarlar turlari va miqdorini koʻrsatgan holda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari bilan ulgurji savdo tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-martdagi 52-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasining QT, 2006-y., 3-son, 24-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilova nomidan “, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-banddagi “beriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish huquqiga litsenziya mavjud boʻlganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV-boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 14-apreldagi 217-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilova 20-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning 45, 67 va 70-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-noyabrdagi 242-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2005-y., 43-44-son, 331-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 57-modda)” ilovaning 31-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)” 1-ilovaning 73-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 13-iyuldagi 233-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)” 1-ilovaning 7-bandi “v” kichik bandi va 21 bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qaroriga ilovaning 19-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi 323-son qaroriga ilovaning 6-bandi va 7-bandning “b” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 9-oktabrdagi 884-son qaroriga ilovaning 13, 16, 18 va 21-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qaroriga ilovaning 150-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)