Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.07.1992 yildagi 344-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 24.07.1992 yildagi 344-son
Date of entry into force
24.07.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI, DORIVOR VOSITALARNI VA AYRIM NOOZIQ-OVQAT XALQ ISTEMOLI TOVARLARINI NOQONUNIY OLIB KETISh HOLLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi vaqtlarda oʻta taqchil oziq-ovqat mahsulotlarini va dorivor vositalarni respublika tashqarisiga noqonuniy olib ketish hollari tez-tez sodir boʻlmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlaridan, nooziq-ovqat tovarlaridan, tibbiyot maqsadlaridagi buyumlar va dori-darmonlardan maqsadli foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Normalangan tovarlarni berish tartibini qoʻpol ravishda buzishga va ularni respublika tashqarisiga noqonuniy olib ketishga yoʻl qoʻyganligi uchun “Oʻzbekbirlashuv” boshqaruvining qarori bilan Toshkent viloyat matlubot jamiyatlari uyushmasining raisi M.A. Zokirov egallab turgan lavozimidan boʻshatilganligi, Andijon viloyat matlubot jamiyatlari uyushmasining raisi S.K. Iminovga qattiq xayfsan eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekbirlashuv” (oʻrtoq G.G. Volkov), “Oʻzbeksavdo” uyushmasi (oʻrtoq M.3. Usmonov) Oʻrta Chirchiq nohiya matlubot jamiyatlari uyushmasining korxonalari tomonidan qand-shakar va unni, Qarshi Markaziy universal magazini tomonidan gazlamalarni katta miqdorda sotish, shuningdek, koʻrsatilgan tovarlarni respublika tashqarisiga noqonuniy olib ketishga urinish hollarini oʻrganib chiqsinlar, bunda aybdor boʻlgan xodimlarga nisbatan egallab turgan lavozimidan boʻshatishgacha eng qattiq jazo choralarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ichki ishlar vazirligi (oʻrtoq 3.A. Almatov) aniqlangan faktlarni toʻliq oʻrganish va aybdor shaxslarni aniqlash uchun zarur choralarni koʻrsin, materiallarni prokuratura organlariga topshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqatlar, xalq isteʼmoli tovarlari va dori-darmonlarni noqonuniy olib ketish yoʻllarini keskin yoʻqotsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoida buzuvchilarga tezda taʼsir koʻrsatish uchun noqonuniy olib ketish hollari toʻgʻrisida tegishli vazirliklar va idoralarni oʻz vaqtida xabardor qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mudofaa vazirligi (oʻrtoq R.U. Ahmedov) vazirlikka qarashli muassasalarda dorivor vositalarning saqlanishini, zaharli-narkotik dorilardan foydalanish ustidan qattiq nazoratni taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻz shaxsiy javobgarliklari ostida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining, dorivor vositalarning saqlanishini hamda ularning respublika tashqarisiga noquniy olib ketilishini nazorat qilishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi (oʻrtoq Sh.I. Karimov), Moliya vazirligi (oʻrtoq E.J. Boqiboyev) bilan birgalikda Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon viloyatlaridagi dorixona muassasalarining xoʻjalik-moliya faoliyatini taftish qilsin. Taftish yakunlari sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼatida koʻrib chiqilsin. Dorivor vositalarning saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni boʻshashtirib yuborgan shaxslarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi (oʻrtoq M.3. Usmonov), Oʻzbekbirlashuv (oʻrtoq G.G. Volkov), “Oʻzkooptayyorlovsavdo” (oʻrtoq E. Qurbonov), savdo shoxobchalariga va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sexlariga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tovarlarni sotish tartibiga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar, ularni bazalar va omborlardan sotishga, shuningdek, ularni normadan ortiqcha berishga yoʻl qoʻymasinlar. Xalq isteʼmoli tovarlarini respublika tashqarisiga noqonuniy olib ketish va joʻnatish hollariga qatʼiy barham bersinlar. Ushbu masalalarda qoida buzishlarga yoʻl qoʻygan xodimlarni qonunda belgilangan tartibda jazolasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo tashkilotlari va korxonalari rahbarlarining tovarlarni belgilangan normalarga qatʼiy muvofiq holda berilishining toʻgʻriligi uchun shaxsan javobgarligini belgilasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzdonmahsulot” (oʻrtoq R.A. Ahmedov), “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” (oʻrtoq A.X. Toshkenboyev), “Oʻzoziqovqatsanoat” (oʻrtoq N.I. Hamidov) konsernlari, Mahalliy sanoat vazirligi (oʻrtoq V.A. Chjen) rahbarlari oziq-ovqat xalq isteʼmoli tovarlarini saqlash va savdo tashkilotlariga oʻz vaqtida yetkazish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrsinlar, xomashyo va oziq-ovqatlardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar. Qoida buzishlar aniqlanganda materiallar tergov organlariga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 24-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
344-son