Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023 12.05.2020 yildagi PQ-4710-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.05.2020 yildagi PQ-4710-son
Date of entry into force
13.05.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaqin istiqbolga moʻljallangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirishda, ijtimoiy sohalarni, jumladan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohalarini izchil rivojlantirish, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, maʼnaviy barkamol yosh avlodni tarbiyalash masalalarida mutasaddi idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, IT-texnologiyalar va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish, sanoatning bazaviy tarmoqlarini, birinchi navbatda, geologiya, togʻ-kon, metallurgiya sohalarini, neft-gaz va yoqilgʻi-energetika sanoatini rivojlantirishdagi rolini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati tugatilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi lavozimlari kiritilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti etib qayta tashkil etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti etib qayta tashkil etilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga yuklansin hamda ushbu boʻlim Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati tarkibiga kiritilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligi va natijadorligini hisobga olgan holda, zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasida belgilangan asosiy ustuvor vazifalar bilan birga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Vazirlar Mahkamasining quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IT-texnologiyalar, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatning bazaviy tarmoqlarini, shu jumladan geologiya, togʻ-kon va metallurgiya sohalarini, shuningdek, neft-gaz, yoqilgʻi va atom energetikasi sanoatini jadal va barqaror rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik, zargarlik, kimyo, koʻmir, mudofaa sanoati va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi yoʻnalishlarini kompleks rivojlantirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatda kooperatsiya aloqalarini, sanoat xavfsizligi, mahsulotlarni standartlashtirish sohalarini rivojlantirish, shuningdek, tegishli davlat inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda davlat moddiy zaxiralarini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mazkur yoʻnalishlarda jadal rivojlanish va natijalarga erishish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi “oʻsish nuqta”larini aniqlash va shu asosda qoʻshimcha resurs va zaxiralarni ishga solish hamda mavjudlarini oʻzlashtirish, iqtisodiyot va aholining energiya manbalari va xomashyo resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini yetarlicha taʼminlashga moʻljallangan rivojlantirishning strategiya va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularning har tomonlama baholanishi va ekspertiza qilinishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan loyihalarni amalga oshirishning maqbul shartlarini topish maqsadida xorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish, shuningdek, ular boʻyicha tegishli takliflar kiritish va qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, vazirliklar, idoralar va ularning rahbarlari faoliyati natijalarini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlarni belgilash vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining tuzilmalarini va yangilangan shtat jadvalini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn besh kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilarining funksional vazifalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida Hukumat qarorlarini qabul qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi apparatining yangidan tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmalarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, qoʻyilgan vazifalar samarali bajarilishini yuksak professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4612-son qarorining 4-bandi, shuningdek, qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 12-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4710-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 07/20/4710/0582-son, 30.07.2020-y., 07/20/4794/1121-son, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)