Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2026 13.04.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3015-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 13.04.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3015-2
Date of entry into force
13.04.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2026
Hujjat 13.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3015-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 22-yanvardagi 323-sonli ““Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-3, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-son “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi karoriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 186-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015, 2018-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 21-son, 444-modda) bilan tasdiqlangan Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 24-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-son

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirishni va unga kirishni, davlat xaridlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni qayta ishlash, davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) klassifikatoridan foydalanishni, elektron davlat xaridlarini oʻtkazish, elektron xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra shartnomalar tuzishni va HKKP orqali majburiyatlarni bajarish kafolatlarini taʼminlaydigan axborot tizimining mavjudligi;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat xaridlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni shakllantiradi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 13-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“buyurtmachilar va ishtirokchilarga elektron davlat xaridlarida qatnashish uchun portaldan bepul foydalanishlarini taʼminlash;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“36. Budjet buyurtmachisi tomonidan shaxsiy kabinet orqali elektron auksion, elektron tanlov va elektron tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon (bundan buyon matnda eʼlon deb yuritiladi) joylashtirilganidan yoki elektron doʻkonda ishtirokchining ofertasi tanlangandan (bundan buyon matnda oferta deb yuritiladi) soʻng, portal elektron davlat xaridlari yakunlariga koʻra tuziladigan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun, moliyalashtirish manbalarini inobatga olgan holda, kerakli summaga band qoʻyish toʻgʻrisidagi axborotni Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan (bundan buyon matnda DMBAT deb yuritiladi) olgandan soʻng ushbu eʼlonni yoki tanlangan oferta boʻyicha narxlar soʻrovi mexanizmini aktivlashtiradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Auksion va elektron doʻkon oʻtkazishda korporativ buyurtmachisi va ijrochining kiritgan zakalatlari shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Budjet buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender oʻtkazishda ishtirokchilarning zakalati gʻolib aniqlangunga qadar xatlab qoʻyiladi. Elektron tanlov yoki elektron tender gʻolibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar band qilib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporativ buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender oʻtkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati va miqdori korporativ buyurtmachi tomonidan belgilanadi hamda kiritilgan zakalat elektron tanlov yoki elektron tender gʻolibi bilan shartnoma tuzilguniga qadar xatlanadi. Bunda zakalat miqdori tovar (ish, xizmat) qiymatining 3 foizidan oshmasligi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagi mazmundagi 381-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“381. Moliya vazirligi maʼlumotlar bazalarining elektron hamkorligi orqali Operator bilan elektron hujjatlar aylanmasini hamda davlat xaridlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan axborot almashinuvini taʼminlaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “hisobga oladi va shartnoma summasini HKKPga oʻtkazib beradi” degan soʻzlar “hisobga oladi, shuningdek elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma summasini HKKPga oʻtkazib beradi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Budjet buyurtmachisi elektron tanlov yoki elektron tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlardan foydalanmagan holda amalga oshiradi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“42. Korporativ buyurtmachilar elektron doʻkon yoki auksion natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻliq hajmda amalga oshirish uchun ushbu shartnoma portalda roʻyxatga olingan paytdan boshlab, besh ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi hisob raqamlariga pul mablagʻlarini oʻtkazadilar. Bunda zakalat, shartnoma boʻyicha toʻlash summasiga qoʻshib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporativ buyurtmachilar elektron tanlov yoki elektron tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlardan foydalanmagan holda amalga oshiradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 44 va 45-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“44. Agarda, korporativ buyurtmachi elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirmagan taqdirda, uning zakalati uch ish kunida, mazkur muddat tugaganidan soʻng, keyinchalik unga xizmat koʻrsatuvchi bank hisobiga oʻtkazish uchun, ijrochining HKKPdagi tegishli hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. HKKP buyurtmachidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha kelib tushgan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va pul mablagʻlari kelib tushgan kunning ertasidan bir ish kunidan kechikmagan muddatda elektron shaklda toʻlovni amalga oshirish boʻyicha ijrochiga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur xabarnoma ijrochiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“47. Korporativ buyurtmachi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan keyin uch ish kuni mobaynida Operatorga oʻzining shaxsiy kabinetidan foydalangan holda elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni yuborishga majbur.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“50. Operator, tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻliq hajmda yetkazilganligi haqida maʼlumotni olgandan soʻng, bir ish kuni davomida:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “shartnomaviy” degan soʻz “elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagi mazmundagi 501-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“501. Operator elektron tanlov yoki elektron tender natijasida shartnoma tuzilganidan soʻng, bir ish kuni davomida zakalatni banddan yechadi va uni ijrochining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporativ buyurtmachi tomonidan oʻtkazilgan elektron tanlov yoki elektron tenderda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritilgan taqdirda, u Operator tomonidan shartnoma tuzilganidan soʻng, bir ish kuni davomida banddan yechiladi va ijrochining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytariladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 51-banddagi “Shartnoma” degan soʻz “elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 52-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“52. Buyurtmachi tomonidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi maʼlumot taqdim qilinmaganda, HKKP ushbu shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish muddati tugagach uch ish kunidan soʻng:”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)