19.03.2020 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.03.2020 yildagi 171-son
Date of entry into force
20.03.2020
Hujjat 20.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodni ilmga keng jalb qilish va intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorazm viloyati, Shovot tumani, Komiljon Otaniyozov koʻchasi, 65-uy manzilida joylashgan ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati negizida Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatini (keyingi oʻrinlarda — xalqaro maktab) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan loyiha-smeta hujjatlari asosida budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga xalqaro maktabni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va qayta jihozlash, shuningdek, maktab uchun 20 oʻrinli turar joy binosini qurish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar xalqaro maktabning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillari chuqur oʻqitilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va xorijiy mamlakatlardan yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan tajribali oʻqituvchilarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidor va isteʼdodni aniqlash hamda kamol toptirish boʻyicha oʻquvchilarni respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab xalqaro maktabning 7-sinfiga 60 nafar oʻquvchi qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga xalqaro maktabning moddiy-texnika bazasidan, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojidan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish parametrlariga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro maktabda xorijiy mamlakatlar fuqarolari hisoblangan, tegishli fanlarni oʻzlashtirishga ishtiyoqi boʻlgan iqtidorli oʻquvchilarning shartnoma asosida taʼlim olishi imkoniyati yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarining chuqur oʻqitilishini taʼminlash maqsadida ilgʻor xorijiy mamlakatlarning oʻquv dasturlarini tatbiq etish va xalqaro maktabda oʻquvchilarga chuqur bilim berish, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi va oʻqitish metodikasini tatbiq etish uchun xorijiy mamlakatlardan oʻqituvchilarni homiylik mablagʻlari hisobiga ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab xalqaro maktabning direktori, direktor oʻrinbosarlari va ixtisoslashgan fanlardan dars beradigan oʻqituvchilariga Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarorida nazarda tutilgan ustamalardan tashqari homiylar tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga 100 foizgacha qoʻshimcha ustama haq toʻlanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro maktab faoliyatini yanada takomillashtirish budjetdan tashqari manbalar va homiylik (begʻaraz yordam) mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro maktabga qoʻshimcha budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish Davlat budjetidan moliyalashtirish pasayishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki oy muddatda xalqaro maktabning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorazm viloyati hokimligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro maktabni oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda xalqaro maktabga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida fizika, matematika va chet tili fanlaridan test sinovini hamda psixologik-pedagogik diagnostikani oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda xalqaro maktabga oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan iqtidorli pedagog kadrlar jalb etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda xalqaro maktabni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali, oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan qayta jihozlash, shuningdek, maktab uchun 20 oʻrinli turar joy binosi qurish ishlarini (keyingi oʻrinlarda — xalqaro maktabning qurilish-tiklash ishlari) 2021-yil 1-sentabrga qadar tugallash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xorazm viloyati hokimligi xalqaro maktabning qurilish-tiklash ishlari tugallangunga qadar maktab oʻquvchilarining uzluksiz taʼlim olishlarini taʼminlash maqsadida oʻqish uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan bino bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga homiylar, shu jumladan, xalqaro maktab sobiq bitiruvchilari tomonidan taqdim etiladigan homiylik xayriyalarini jamlash uchun gʻazna hisobvaragʻini ochishga ruxsat berilsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu gʻazna hisobvaraqda jamlangan mablagʻlarni ushbu qarorda belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bosh loyihachi tashkilot bilan birgalikda xalqaro maktabning qurilish-tiklash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi xalqaro maktabda olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida xalqaro maktabning joriy taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov, Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 19-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 09/20/171/0340-son, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)