Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2012 12.05.1995 yildagi 167-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.05.1995 yildagi 167-son
Date of entry into force
12.05.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2012
Hujjat 05.06.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT VA JAMIYAT QURILIShI AKADEMIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF-4435-sonli “Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 19-apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining tuzilmasi va Ustavi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Akademiyaga rektor va uch nafar prorektordan iborat rahbariyat boshchilik qilishi, shuningdek, oʻqituvchi-professorlar tarkibining tinglovchilarga 1:4 nisbatan boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibi uchun tarif stavkalari miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa xodimlarga — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlariga muvofiq tarif stavkalari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Akademiya rahbariyati bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar siyosati boʻyicha Davlat maslahatchisi bilan kelishgan holda Akademiyada tayyorlanadigan mansabdor shaxslar roʻyxatini, ularni qabul qilish hamda oʻqishni tamomlagandan keyin taqsimlash (ishga yuborish) tartibini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, Akademiya tinglovchilari uchun oʻqish muddati mobaynida asosiy ish joylaridagi oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. Boshqa shaharlik tinglovchilarga amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻqish davrida asosiy ish joyidan sutkalik xarajatlar hamda oʻqish joyiga kelish va qaytib ketish yoʻl haqi toʻlanadi. Boshqa shaharlik tinglovchilar oʻqish davrida yotoqxona bilan taʼminlanadilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Akademiya rektori maqomiga, mehnatga haq toʻlash, ijtimoiy-maishiy taʼminot, tibbiy xizmat va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisiga, Akademiya prorektorlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining bosh konsultantiga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Akademiyada xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun professor-oʻqituvchilar ish haqi fondining 50 foizi doirasida maxsus jamgʻarma tashkil etilishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya rektoriga professor-oʻqituvchilar tarkibiga koʻrsatib oʻtilgan jamgʻarma hisobidan tarif stavkasining 50 foizigacha oylik ustama belgilash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Akademiya rektoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaning shtat jadvalini tasdiqlash, shuningdek, zarurat boʻlganda Akademiya tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga soatbay haq toʻlash stavkalarini amaldagi eng kam ish haqining 30 foizi doirasida belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon tajribasini nazarda tutgan holda Akademiyada ishlash uchun mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishning turli iqtisodiy shakllaridan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Akademiyada Prezident Apparati, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar rahbarlari va masʼul xodimlarining davlat va jamiyat qurilishi, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy rivojlantirishning dolzarb muammolari boʻyicha maʼruza bilan muntazam chiqishlari amaliyotga joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik mutaxassislarni ishga taklif etish, oʻqituvchilar va eng yaxshi tinglovchilarning xorijiy davlatlarda tajriba orttirishlari, Akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibining xalqaro ilmiy konferensiyalarda qatnashishi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda nashr qilinadigan davriy nashrlarga obuna boʻlish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini xarid qilish uchun 1995-yildan boshlab har yili Akademiya buyurtmanomalari boʻyicha erkin almashtiriladigan valyutada zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya buyurtmanomalariga muvofiq 1995-yilda auditoriyalarni xalqaro standartlarga muvofiq jihozlashga, asbob-uskunalar, ofis mebeli, maxsus kompyuter texnikasi, xalqaro axborot tarmogʻiga integratsiyalashish uchun zamonaviy telekommunikatsiya aloqa vositalarini xarid qilishga mablagʻlar ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyani mablagʻ bilan taʼminlash, shu jumladan, mazkur qaror shartlariga muvofiq ish haqi uchun, uning balansidagi binolar va inshootlarni jihozlash va mukammal tuzatish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar hamda asarlarni nashr qilish uchun taqdim etiladigan hisob-kitoblarga muvofiq zarur mablagʻlar ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaga 4 ta yengil avtomashina xarajatlari uchun limit va 2 ta mikroavtobus sotib olish uchun zarur mablagʻ ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyani kutubxonani toʻldirish uchun maxfiy boʻlmagan bosma asarlar va kitob mahsulotining (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, tarixiy) nazorat nusxalarini (2 nusxada) tekin oluvchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya buyurtmalari boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy mahsulotlar tezkorlik bilan nashr etilishini tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar oʻz tarkibiy boʻlinmalarida Akademiya tinglovchilarining tajriba orttirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar va bunga koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Toshkent shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 45-uydagi binolar majmuiga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi 1995-yil 1-avgustga qadar Akademiya binosi xonalarini oʻqish jarayoni xususiyatlarini hisobga olgan holda qayta oʻzgartirish, rekonstruksiya qilish va mukammal tuzatish ishlarini amalga oshirsin va binoni Akademiya balansiga oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi amalda bajarilgan ishlar boʻyicha mablagʻ ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi va “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga zarur moddiy-texnika resurslari sotsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Akademiyani zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi va boshqa aloqa turlari bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasi oʻqituvchilik va tadqiqot ishlarini olib borish uchun taklif etiladigan chet ellik mutaxassislar uchun Akademiya buyurtmanomalariga koʻra oʻz tasarrufidagi mehmonxona fondidan joy ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Akademiyaga oʻqituvchilik va tadqiqot ishlarini olib borish uchun taklif qilinadigan xorijiy olimlar va mutaxassislarning yashash va transport xarajatlarini Oʻzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha soʻmlarda toʻlashga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 25-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167-son

Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 12-maydagi 167-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi

Rektor

Ilmiy kengash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kafedralar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv va uslubiy ishlar boʻyicha prorektor
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar tayyorlash dekanati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dekanati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlarni shartnoma (kontrakt) asosida oʻqitish dekanati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tajriba orttirish boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaliy va koʻchma mashgʻulotlar boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika muvofiqlashtirish-uslubiyot markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat, ilmiy va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv-kompyuter markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat-tadqiqot ishlari (shartnomalar, grantlar boʻyicha)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnal, nashriyot boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kutubxona
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha prorektor
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rejalashtirish boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro aloqalar boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxgalteriya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy boʻlim
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport majmui
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosmaxona
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxona majmui
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 12-maydagi 167-son qaroriga
1a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 12-maydagi 167-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda “Akademiya” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 19-apreldagi Farmoni asosida tashkil etilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlari rahbar xodimlarini, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, xoʻjalik tuzilmalari rahbarlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, shuningdek kadrlar siyosati sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha bosh taʼlim muassasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya qoʻshimcha taʼlim sohasida Oʻzbekiston Respublikasidagi yetakchi oʻquv-uslubiy va ilmiy markaz hisoblanadi hamda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda taʼlim muassasalariga zarur ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, jamoat va xoʻjalik tuzilmalari xodimlari hamda rahbarlari orasida isteʼdodli, aql-zakovatli tinglovchilarni puxta tanlab olish, ularning siyosiy, maʼnaviy-axloqiy va professional saviyasini oshirish, ularni respublikada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi asosida qurilgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolar jamiyatini barpo etishning eʼtiqodli tarafdorlari qilib tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotli va oliy oʻquv yurtini tamomlagandan keyin kamida ikki yil ishlagan mutaxassislar orasidan yosh istiqbolli menejerlar va boshqaruvchilarni ularning har tomonlama aql-zakovatli boʻlishlari, maʼnaviy va professional oʻsishlari uchun qabul qilish va tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar xodimlar va mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazishning Yangi tizimini ishlab chiqish va joriy qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy usullar yordamida rahbarning professional kartasini tuzish hamda jamiyat va davlat qurilishining barcha boʻgʻinlari uchun rahbarlar zaxirasi umumdavlat bankini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doktorantura va aspirantura orqali ixtisos mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamiyat qurilishini, iqtisodiy taraqqiyotni, psixologiya va sotsiologiyani takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, kadrlar siyosatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ixtisosligi boʻyicha xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalari faoliyatiga oid konsepsiyalar, dasturlar, loyihalar, tavsiyanomalar va boshqa hujjatlarni ilmiy ekspertiza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar xodimlarning malakasini oshirish va ularni tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik qilish, chet mamlakatlar akademiyalari, universitetlari, institutlari va boshqa tashkilotlari bilan ijodiy aloqalar oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Akademiya faoliyati davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga davlat buyurtmasi berish, barcha boʻgʻinlardagi rahbarlarni oʻqitishga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, xoʻjalik tuzilmalari bilan shartnomalar tuzish, ilmiy tadqiqotlar va axborot-tahliliy ishlarga shartnomalar tuzish asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Akademiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Akademiya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, oʻz nomi davlat tilida yozilgan gerbli muhrga, dumaloq muhrlar va shtamplarga hamda uning faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa belgilar va rekvizitlarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻquv jarayonini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Akademiya taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotining zamonaviy talablari, uni rivojlantirish, oʻzgartirish va yangilash, shuningdek, jahon fani va madaniyati, milliy fan va madaniyat yutuqlari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan va davlat taʼlim standartlari talablariga javob beradigan oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqitish bir necha dasturlar boʻyicha olib boriladi, ularning xususiyati tinglovchilar tarkibiga va taʼlim maqsadiga bogʻliq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqitish muddatlari va darajasi turlicha boʻlgan aniq yoʻnalishlari boʻyicha maxsus kurslar (kadrlar bilan ishlash, buxgalteriya hisobi, moliya va shu kabilar boʻyicha foydalanuvchining kompyuter dasturlari) tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim va professional dasturlar buyurtmachining ehtiyojlarini, shuningdek, tegishli mutaxassislik boʻyicha tayyorlash darajasiga davlat talablari oʻzgarishini hisobga olgan holda Akademiya tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va amalga oshiriladi. Dasturning boʻlishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Rahbar xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kunduzgi oʻqish shaklida olib boriladi. Oʻqitish muddati va shakli Akademiya tomonidan oʻqitish maqsadlariga bogʻliq ravishda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻrta boʻgʻin va kichik korxonalar boshqaruvchilarini, tadbirkorlarni ikkinchi mutaxassislik boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish manfaatdor korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda alohida shaxslar bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻqituvchilikka respublika ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari, vazirliklari va idoralarining yetakchi mutaxassislari, shuningdek, chet mamlakatlarning olimlari oʻrindoshlik tarzida ishlash tartibida va soatbay haq toʻlash shartlari bilan jalb qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet mamlakatlar olimlari va mutaxassislari Akademiyada ishlashga kontrakt asosida jalb qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ilmiy-tadqiqot ishlari shartnoma asosida olib boriladi va olingan daromad Akademiyaning moddiy bazasini rivojlantirishga, xodimlarni ragʻbatlantirishga va jamoani ijtimoiy rivojlantirish masalalarini hal qilishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Akademiya tinglovchilarni oʻqitish vositalari (oʻquv va boshqa adabiyot, audiovizual va texnika vositalari) bilan taʼminlaydi. Boshqa davlatdan kelgan tinglovchilar shartnoma (kontrakt) boʻyicha oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Akademiyaning tinglovchilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Akademiya tinglovchilari sifatida birinchi navbatda hokimiyat va boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar va hokimliklarning rahbarlari qabul qilinadilar. Akademiyaga boshqaruv oʻrta boʻgʻini, shuningdek, jamoat tashkilotlarining oliy maʼlumotga ega boʻlgan rahbarlari va mutaxassislari va tadbirkorlik tuzilmalari vakillari ham qabul qilinishlari mumkin. Qabul qilish Akademiya rektorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Akademiyaga qabul qilinadigan tinglovchilar soni har yili Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar siyosati boʻyicha Davlat maslahatchisi bilan kelishib Akademiya rektori tomonidan tasdiqlangan qabul qilish qoidalariga muvofiq belgilanadi. Doktorantura, aspiranturaga qabul qilish va tadqiqotchilarni biriktirish qoidalari Akademiya Ilmiy kengashi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Akademiyada mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish akademiya ilmiy kengashi belgilaydigan muddatlarda oʻquv rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻqish muddati mobaynida tinglovchilarga asosiy ish joylaridagi oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. Boshqa shaharlardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi boʻyicha oʻqish joyigacha borish va qaytib kelish yoʻl haqlari, oʻqish muddati mobaynidagi sutkalik xarajatlar toʻlanadi. Boshqa shaharlardan kelgan tinglovchilar oʻqish davrida yotoqxona bilan taʼminlanadilar, bu bilan bogʻliq xarajatlarni oʻqitishga yoʻllagan tomon toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Akademiya tinglovchilarning oʻqishga kirish va uni tamomlash vaqtidagi bilimlarini tekshirishni, oʻqish natijalarini kompleks baholashni eng avvalo test sinovlari asosida, shuningdek, diplom ishlari, referatlarni himoya qilish, maxsus tashkil etilgan komissiyalar orqali suhbatlar oʻtkazish asosida amalga oshiradi. Akademiyada taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish majburiy davlat yakuniy attestatsiya oʻtkazish va diplom loyihalarini tayyorlash bilan nihoyasiga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻquv kursini yakunlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi hujjatlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Akademiyaning professor-oʻqituvchilar tarkibi va boshqa xodimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Akademiyada professor-oʻqituvchilar va ilmiy tarkib, muhandis-texnik, maʼmuriy, ishlab chiqarish, yordamchi va boshqa xodimlar lavozimlari nazarda tutiladi. Barcha lavozimlar “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha egallanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibi soni bir oʻqituvchiga toʻrt nafar tinglovchi nisbatidan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Professor-oʻqituvchilar va ilmiy tarkib quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya Ilmiy kengashida oʻquv, ilmiy, ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatining muhim masalalarini muhokama qilishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya kabinetlari, auditoriyalari, oʻquv zallari va kutubxonalaridan, shuningdek, hisoblash markazlari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining shaxsiy xususiyatlariga toʻliqroq javob beradigan va oʻquv hamda ilmiy jarayonning yuqori sifatli boʻlishini taʼminlaydigan taʼlim dasturlari mazmunini, oʻqitish usullari va vositalarini tanlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Akademiyaning professor-oʻqituvchilar va ilmiy tarkibi quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik jarayonning yuqori samarali boʻlishini taʼminlash, tinglovchilarda tashabbuskorlikni va ijodiy qobiliyatni, ilmiy izlanishga intilishni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim mazmunining yuqori saviyada boʻlishini taʼminlaydigan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki tartib qoidalariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Akademiyada siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy va diniy harakatlar tashkil etilishiga va ularning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻquv-yordamchi va maʼmuriy-xoʻjalik xodimlarining huquq va majburiyatlari ichki tartib qoidalari hamda lavozim yoʻriqnomalari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Akademiyani boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Akademiyani boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda Akademiyaning Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Akademiya Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni rektor, u boʻlmagan hollarda – oʻquv ishlari boʻyicha prorektor amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Akademiya rektori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Akademiya rektori maqomi, mehnatga haq toʻlash, ijtimoiy-maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisiga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya prorektorlari belgilangan tartibda rektor tomonidan tayinlanadilar va maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining bosh konsultantiga tenglashtiriladilar.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Akademiya faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun rektor boshchilik qiladigan Akademiya Ilmiy kengashi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya Ilmiy kengashi tarkibiga Akademiyaning prorektorlari, ilmiy kotib, kafedra mudirlari, oʻquv-diniy, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy boʻlinmalarning rahbarlari, Akademiyaning yetakchi olimlari va xodimlari, shuningdek, boshqa oʻquv va ilmiy muassasalarning yetakchi olimlari kiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaning Ilmiy kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy ishlar, kadrlar tayyorlash, xalqaro aloqalarni amalga oshirish masalalarini, shuningdek, Akademiyaga qarashli filiallar, institutlar va boshqa tashkilotlarning faoliyati masalalarini hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturlarini, oʻquv rejalarini va manfaatdor tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqilgan alohida kurslar dasturlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya, uning boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchilar tarkibidan boʻlgan Akademiya xodimlariga dotsent va professor ilmiy unvonlari berish masalalarini belgilangan tartibda hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaning faxriy doktori darajasini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy kengash qarori akademiya rektori tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Akademiya rektori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi barcha organlarida, muassasalar va tashkilotlarda Akademiya nomidan vakillik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya Ilmiy kengashi tarkibini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari bilan kelishgan holda), uning toʻgʻrisidagi Nizomni, Akademiyaning boʻlinmalari, filiallari, Akademiyaga qarashli muassasalar va tashkilotlar toʻgʻrisidagi ustavlarni va nizomlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-ilmiy, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy boʻlinmalar va filiallar rahbarlarini, fakultetlarning dekanlarini va kafedra mudirlarini tasdiqlayda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaning kafedralari, oʻquv-ilmiy, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy va boshqa boʻlinmalarini, shuningdek, filiallarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish haqida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilar, aspirantlar, doktorantlarni qabul qilish qoidalarini va tadqiqotchilar bilan ishlash tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaning moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaning mulki va mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha xodimlar va Akademiyada oʻqitayotganlar bajarishlari majburiy boʻlgan buyruqlar, yoʻriqnomalar va farmoyishlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya va uning boʻlinmalari xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, Akademiyada yollanib ishlash boʻyicha kontraktlar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyani mablagʻ bilan taʼminlash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlinmalar uchun lavozimlar roʻyxatini belgilaydi, lavozim maoshlari sxemalarini, oylik tarif stavkalari va mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini mavjud mablagʻlar doirasida tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv ish normalarini, oʻqitish, ilmiy, dasturiy yoki boshqa ishlar uchun haq toʻlash miqdorini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni mukofotlashni tashkil etish shakllarini hamda tizimlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va mazkur Ustavga muvofiq boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Akademiya rektori oʻzining ayrim vakolatlarini Akademiyaning prorektoriga va boshqa mansabdor shaxslariga berish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Akademiyaning moliya-xoʻjalik faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Budjetdan ajratilgan mablagʻlar va davlat boshqaruvi turli organlari, tijorat tuzilmalari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan xorijiy firmalar bilan tuzilgan shartnomalar Akademiya moliya-xoʻjalik faoliyatining asosi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32.Akademiyaga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, davlat va jamiyat qurilishi muammolariga oid yiliga 4-marta chiqadigan jurnal chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaga ajratilgan mablagʻlar yoki oʻz fondlari hisobiga davlat yoki tijorat korxonalaridan zarur asbob-uskunalarni va boshqa moddiy resurslarni sotib olish, ijaraga olish, ularga buyurtma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga tegishli mol-mulkka, intellektual va boshqa mulkka, xoʻjalik yoki boshqa xil faoliyatdan olingan mahsulotga, daromadlarga, shuningdek, amaldagi qonunchilik yoʻl qoʻyadigan boshqa asoslar boʻyicha sotib olingan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy, ilmiy-texnika mahsulotlari, xalq isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga va tovarlarga, koʻrsatiladigan xizmatlarga tariflar, narxlar va baholarni mustaqil ravishda belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnika bazani rivojlantirish, Akademiya xodimlariga va taklif etilgan mutaxassislarga mehnat haqi toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish, ularning uy-joy-turmush sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, mazkur Ustavda nazarda tutilgan ijtimoiy va boshqa vazifalarni hal qilish uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar bilan bir qatorda ishlab topilgan va boshqa shaxslar hamda tashkilotlardan olingan mablagʻlarni oʻz ixtiyoriga koʻra sarflash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va mazkur Ustavga zid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Akademiya bank kreditidan foydalanadi va kredit shartnomalarining bajarilishi va hisob-kitob intizomiga rioya qilinishi uchun javob beradi. Pul mablagʻlarini saqlash va hisob-kitob, kredit hamda kassa operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish uchun bank va boshqa kredit muassasalarida oʻzining schyotlari (shu jumladan, valyuta schyotlari) ga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida oʻz mablagʻlari va oʻziga qarashli muassasalarning xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar, shuningdek, jalb qilingan boshqa mablagʻlar hisobiga Akademiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Akademiya tomonidan ishlab chiqilgan maxsus nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Xalqaro faoliyat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Akademiya rahbarlar, mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish sohasida xalqaro hamkorlik qilish, kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy tashkilotlar bilan kontraktlar tuzish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya tinglovchilar uchun oʻquv jarayonining zarur qismini va xodimlarning tajriba orttirishini yetakchi xorijiy ilmiy va oʻquv markazlarida, firmalarda, xalqaro tashkilotlarda va shu kabilarda mustaqil ravishda tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Akademiyada xorijiy davlatlar fuqarolari malakasini oshirish va professional qayta tayyorlash, Akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibi va tinglovchilarning chet ellardagi pedagogik, ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba orttirishi davlatlararo bitimlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat davlat organlari bilan xorijiy mamlakatlarning tegishli davlat organlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, Akademiyaning xorijiy sheriklar bilan tuzgan bitimlari va yakka tartibdagi shartnomalari (kontraktlari) asosida amalga oshiriladi. Akademiya alohida hollarda xorijiy davlatlarning kadrlarini oʻqitish, tayyorlash va qayta tayyorlashni shartnoma asosida amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Akademiya faoliyatini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Akademiyani qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 12-maydagi 167-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi oʻqituvchi-professorlar tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stavkalari

Lavozim, unvon‎

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad‎

Kafedra mudiri‎

20‎

Professor‎

19‎

Dotsent‎

18‎

(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 5-son, 17-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 25-son, 259-modda)