Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-son qaroriga
1-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish | Ijro uchun |
| 1. | Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining tadqiqot mavzularini qayta koʻrib chiqish. | 1. Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining tadqiqot mavzularini, ularning zamonaviy talablarga, jahon ilmiy yutuqlariga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish. | 2020-yil | — | Fanlar akademiyasi |
| 2. Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining tadqiqot mavzularini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. | 2020-yil mart | ||||
| 2. | “Xalqaro terminelementlarning izohli-koʻrgazmali lugʻati”ni nashrga tayyorlash va chop etish. | 1. Xalqaro terminelementlarning izohli-koʻrgazmali lugʻatini nashrga tayyorlash boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2020-yil mart | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 2. Xalqaro terminelementlar lugʻatini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | 2020-yil aprel | ||||
| 3. Xalqaro terminelementlarning izohli-koʻrgazmali lugʻatini nashrga tayyorlash. | 2020-yil iyul | ||||
| 4. Nashrga tayyorlangan lugʻatni 5 000 nusxada chop etish. | 2020-yil sentyabr | ||||
| 3. | Kirill va lotin yozuvlaridagi takomillashtirilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasini nashrga tayyorlash va chop etish. | 1. Institutning ilmiy xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 2. “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasini takomillashtirgan holda nashrga tayyorlash. | 2020-yil | ||||
| 3. “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasini 15 000 nusxada chop etish. | 2020-yil | ||||
| 4. | “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash va chop etish. | 1. Institut tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil mart | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 2. Keng qoʻllanadigan soʻzlarning oʻzbek tilidagi izohli lugʻatini yaratish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish. | 2020-yil | ||||
| 3. “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash. | 2020-yil oktyabr | ||||
| 4. “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lugʻati”ni 5 000 nusxada chop etish. | 2020-yil dekabr | ||||
| 5. | Turli fan sohalariga oid terminlarning tarjima lugʻatlarini yaratish. | 1. Institut tilshunos olimlari va turdosh oliy taʼlim muassasalarining tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. | 2020-yil aprel | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 2. Fan sohalari boʻyicha terminlarning tarjima lugʻatlarini yaratish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish. | 2020-yil iyun | ||||
| 3. Turli fan sohalariga oid terminlarning tarjima lugʻatlarini nashrga tayyorlash. | 2021-yil oktyabr | ||||
| 4. Nashrga tayyorlangan lugʻatlarning har birini 5 000 nusxada chop etish. | 2022-yil mart | ||||
| 6. | Uch jildli “Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasi”ni yaratish va nashr etish. | 1. Ensiklopediyani yaratish va nashr etish uchun masʼul ishchi guruhni tuzish. | 2020-yil may | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish |
| 2. Ensiklopediyani yaratish qoida va prinsiplarini ishlab chiqish. | 2020-yil iyun | ||||
| 3. Jildlar boʻyicha maqolalar roʻyxatini tuzish. | 2020-yil | ||||
| 4. Ensiklopediyaga kiradigan maqolalarni yozish uchun mualliflar jamoasini shakllantirish. | 2020-yil oktyabr | ||||
| 5. Chet ellardagi navoiyshunoslar maqolalari chop etilishini tashkil qilish. | 2020-yil dekabr | ||||
| 6. Tayyor maqolalarni tahrir qiladigan mualliflar jamoasini shakllantirish. | 2021-yil yanvar | ||||
| 7. Turli sohalar mutaxassislari bilan ensiklopediyaga tegishli maqolalarni yozish boʻyicha aloqa oʻrnatish. | 2021-yil iyun | ||||
| 8. Ensiklopediyani bosqichma-bosqich nashrga tayyorlash va chop etish rejasini ishlab chiqish. | 2021-yil sentyabr | ||||
| 9. Tayyor jildlarni chop etish uchun belgilangan nashriyot bilan shartnoma imzolash. | 2022-yil iyul | ||||
| 10. “Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasi” ning har bir jildini 5 000 nusxada (jami 15 000) chop etish. | 2022-yil dekabr | ||||
| 7. | “Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”ni yaratish | 1. Institutning tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil aprel | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 2. Lugʻatni yaratish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish. | 2021-yil may | ||||
| 3. “Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash. | 2021-yil sentyabr | ||||
| 4. “Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”ni 5 000 nusxada chop etish. | 2021-yil dekabr | ||||
| 8. | “Oʻzbek tili frazeologizmlarining katta izohli lugʻati”ni yaratish va nashr etish. | 1. Institut tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2021-yil yanvar | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 2. Lugʻatni yaratish qoida va prinsiplarini ishlab chiqish. | 2021-yil dekabr | ||||
| 3. “Oʻzbek tili frazeologizmlarining katta izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash. | 2022-yil | ||||
| 4. “Oʻzbek tili frazeologizmlarining katta izohli lugʻati”ni 5 000 nusxada chop etish. | 2022-yil dekabr | ||||
| 9. | Besh jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning toʻldirilgan, kengaytirilgan yangi nashrini tuzish, lugʻatning lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvidagi nashrini tayyorlash va chop etish. | 1. Institut tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil aprel | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 2. Besh jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning toʻldirilgan, kengaytirilgan yangi nashrini tuzish va lugʻatning lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvidagi nashrini tayyorlash. | 2021-yil yanvar | ||||
| 3. Besh jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning toʻldirilgan, kengaytirilgan yangi nashrini lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida har bir jildini 5 000 nusxa (jami 25 000 nusxa)da chop etish. | 2022-yil dekabr | ||||
| 10. | Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining eng sara namunalaridan iborat boʻlgan “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan kitoblar turkumini nashrga tayyorlash va chop etish. | 1. Turkum uchun masʼul ishchi guruh tuzish. | 2020-yil iyun | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 2. Turkumni tayyorlash va nashr etish prinsiplarini ishlab chiqish. | 2021-yil yanvar | ||||
| 3. Turkumga kiruvchi asarlar roʻyxatini tuzish. | 2021-yil mart | ||||
| 4. Turkumni nashrga tayyorlaydigan mualliflar jamoasini shakllantirish. | 2021-yil may | ||||
| 5. Turkumni bosqichma-bosqich nashrga tayyorlash va chop etish rejasini ishlab chiqish. | 2021-yil iyun | ||||
| 6. Tayor jildlarni chop etish uchun belgilangan nashryot bilan shartnoma imzolash | 2022-yil yanvar | ||||
| 7. Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining eng sara namunalaridan iborat boʻlgan “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan kitoblar turkumini chop etish. | 2022-yil dekabr | ||||
| 11. | Oʻzbek tili boyligi hisoblangan xalq shevalari va folklori materiallarini toʻplash maqsadida respublika hududi boʻylab ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish. Ekspeditsiya davomida toʻplangan xalq shevalari asosida “Oʻzbek xalq shevalari” nomli toʻplamini nashrga tayyorlash. | 1. Folklor va dialektologiya ekspeditsiyalarining ilmiy konsepsiyasi, rejasi va mashrutini ishlab chiqish. | 2021-yil | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 2. Ekspeditsiya ishida ishtirok etuvchi tajribali mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tarkibini shakllantirish. | 2021-yil may | ||||
| 3. Ekspeditsiya davomida xalq ogʻzaki ijodi va shevalarga oid materiallarni yozib olish. | 2021-yil dekabr | ||||
| 4. Dialektologik ekspeditsiya natijasida toʻplangan lingvistik manbalar asosida “Oʻzbek xalq shevalari” nomli toʻplamni nashrga tayyorlab, chop etish. | 2022-yil may | ||||
| 5. Folklor ekspeditsiyasi davomida yozib olingan xalq ogʻzaki badiiy ijodiga oid materiallarni “Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligiga kiritish. | 2021-yil dekabr |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-son qaroriga
2-ILOVA