05.03.2020 yildagi 128-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.03.2020 yildagi 128-son
Date of entry into force
06.03.2020
Hujjat 06.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini taʼminlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda bu boradagi ilgʻor yutuqlarni ularning faoliyatiga tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini; jazoni ijro etish muassasalari va ularning hududlarini jihozlashga qoʻyiladigan umumiy talablarni, muassasalarda rejim turlarini, ularni qoʻriqlash va xavfsizligini taʼminlashni; mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlashni; mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni, ular oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishni; jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishni va mahkumlarning bandligini taʼminlashni nazarda tutuvchi Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 14 ta jazoni ijro etish koloniyalarining 60 ta yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga oʻzgartirish yoʻli bilan rekonstruksiya qilish va 3 ta yangi bino qurishni nazarda tutuvchi 2020 — 2024-yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga oʻtkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarini 1833 dona videokuzatuv moslamalari va 36 komplekt shaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) oʻrnatilishini hamda Probatsiya xizmati amaliyotiga 3 000 dona elektron brasletlarni tadbiq etishni nazarda tutuvchi 2020-yilda ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarini videokuzatuv moslamalari va shaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) bilan jihozlash hamda Probatsiya xizmati amaliyotiga elektron brasletlarni tatbiq etish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, zamonaviy texnik qoʻriqlash vositalari va videokuzatuv moslamalarini xarid qilish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender (tanlov) asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud va tashkil etiladigan maydonlardan samarali va oqilona foydalanishni hisobga olib, keyinchalik ular asosida koloniyalardagi yashash yotoqxonalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar tayyorlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda sanitariya qoidalari va normalari hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertiza va tender oʻtkazish, shuningdek, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha harajatlar har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv vositalari va videoregistratorlar bilan taʼminlash hamda Probatsiya xizmati amaliyotiga elektron brasletlarni tatbiq etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablagʻlari, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi 2020 — 2024-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida koloniyalardagi yashash yotoqxonalarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun belgilangan tartibda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga tegishli limitlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va ushbu qaror doirasida obyektlarda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati ustidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari kelgusida ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada maʼmuriy, maishiy, xoʻjalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishiga, ular ijaraga berilishiga, shuningdek, balandligi 6 metrdan yuqori boʻlgan bino va inshootlar qurilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 5-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 128-son qaroriga

1-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ozodlikdan mahrum etish turidagi jazoni ijro etish muassasalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ozodlikdan mahrum etish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining (keyingi oʻrinlarda jazoni ijro etish muassasalari deb ataladi) maqomi, vazifalari, huquq va majburiyatlarini, jihozlanishini va faoliyatini tashkil etishga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jazoni ijro etish muassasalari ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq jazolarni ijro etish sohasidagi davlat muassasasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jazoni ijro etish muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jazoni ijro etish muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda JIEBB deb ataladi) tizimi tarkibiga kiradi va quyi turuvchi boshliqlarning yuqori turuvchi boshliqlarga va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga boʻysinishi asosida faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jazoni ijro etish muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, faoliyatini amalga oshirish uchun oʻz mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga va bank hisobvaragʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrlarga, shuningdek, oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun muassasaning nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan blankalarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasalari huzurida yuridik shaxs hisoblangan, faoliyatini amalga oshirish uchun oʻz mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga va bank hisobvaragʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrlarga, shuningdek, oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun korxonaning nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan blankalarga ega boʻlgan davlat unitar korxonalari tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda davlat unitar korxonalari deb ataladi) qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat unitar korxonalari boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan xususiy sheriklik shartlarida hamkorlikda faoliyat yuritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jazoni ijro etish muassasalari, shuningdek, davlat unitar korxonalarining binolari va hududlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejimli obyektlar toifasiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jazoni ijro etish muassasalariga rasmiy nom Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jazoni ijro etish muassasalarining turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan, davolash huquqi asosidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiya koloniyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan (keyingi oʻrinlarda mahkumlar deb ataladi) va xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari funksiyalarini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus rejimli koloniyalarga boʻlinadi va voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mahkuma ayollar, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub mahkumlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan mahkum shaxslar ushbu toifa mahkumlar uchun moʻljallangan, jazoni ijro etish muassasalarining sud tomonidan tayinlangan rejimi turiga muvofiq ajratilgan uchastkalarida jazoni oʻtaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jazoni ijro etish muassasalarining rejimi turi va toʻldirilish limiti Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jazoni ijro etish muassasalarining sigʻimi mahkumlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yashash maydonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitta jazoni ijro etish muassasasida mahkumlar soni 3000 nafardan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jazoni ijro etish muassasalarini jihozlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jazoni ijro etish muassasalarining hududi yashash va ishlab chiqarish hududidan, shuningdek, tutash va yordamchi hududlardan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mahkumlar yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, ajratilgan hudud yashash hududi deb ataladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yashash hududida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlar uchun yashash joylari — umumiy yashash yotoqxonalari, xonalar, kameralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy-maishiy binolar — oshxonalar, klub, kutubxona, maktab, hammom va kir yuvish majmuasi, mahkumlar tovar xarid qilishi uchun savdo shaxobchasi (doʻkon), mahkumlar saflanishi va sport bilan shugʻullanishi uchun maydonchalar, omborlar va boshqa kommunal-maishiy bino va inshootlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus binolar — tibbiyot qismi, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar uchun xonalar, intizomiy boʻlinma, mahkumlarni qabul qilish boʻlinmasi, muassasa maʼmuriyati uchun bino joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayol mahkumalarni saqlashga moʻljallangan koloniyalar huzurida bolalarning normal yashashi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilgan bolalar uyi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mahkumlar ishlaydigan ajratilgan hudud ishlab chiqarish hududi deb ataladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish hududi doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish sanoat va ishlab chiqarish qurilish obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
omborxona binolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xodimlari uchun bino va inshootlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa yordamchi bino va inshootlar joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tarbiya koloniyalari va manzil-koloniyalarning yashash va ishlab chiqarish hududlari ajratilgan uchastkalarga boʻlinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tutash va yordamchi hududlar ularda jazoni ijro etish muassasasining normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida jihozlangan bino va inshootlarni joylashtirish uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tutash va yordamchi hududlarda nazorat oʻtkazish joyi, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati xodimlari, omborlar, xizmat avtotransport vositalari uchun garaj, yongʻin xavfsizligi brigadasi, kommunal-maishiy inshootlar joylashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jazoni ijro etish muassasalari hududi muxandislik-texnik qoʻriqlash vositalari, qurilmalari va kommunikatsiya tarmoqlari bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jazoni ijro etish muassasalari hududida muassasalar faoliyatini tashkil etish va mahkumlar qonunchilikda belgilangan sharoitlarda saqlanishini taʼminlash uchun boshqa bino va inshootlar ham joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlari qonunchilik tomonidan tasdiqlangan mahkumlar uchun yashash maydoni normalariga va sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jazoni ijro etish muassasalarining perimetri asosiy toʻsiq bilan jixozlanadi (manzil-koloniyalar bundan mustasno). Asosiy toʻsiq transport va odamlarning nazorat oʻtish joylaridan tashqari, boshqa joylardan kirishining oldini olish, shuningdek, qoʻriqlash chizigʻini belgilash va obyektni tashqi tomondan kuzatishni qiyinlashtirish uchun moʻljallanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada maʼmuriy, maishiy, xoʻjalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratish, ularni ijaraga berish, shuningdek, balandligi 6 metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlar qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jazoni ijro etish muassasalariga kirib-chiqish va ichki rejimlar, qoʻriqlash bilan bogʻliq tadbirlar, shuningdek, jixozlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jazoni ijro etish muassasalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Quyidagilar Jazoni ijro etish muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarga nisbatan jinoiy jazolarni ijro etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarida qoʻriqlash va xavfsizlikni taʼminlash, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash, ishga joylashishga va maishiy hayotidagi extiyojlarini aniqlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingandan keyin ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, shuningdek, ularning huquqbuzarliklarni sodir etishining oldini olish maqsadida tarbiyaviy ishlar olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalari va davlat unitar korxonalarining moliya-xoʻjalik va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish, mahkumlarning bandligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkib va kadrlar bilan ishlash, xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, huquqiy va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda jazoni ijro etish muassasalari quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mahkumlarga nisbatan jinoiy jazolarni ijro etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlari aniq va soʻzsiz ijro etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlar qonunchilik talablariga muvofiq joylashtirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarni afv etish toʻgʻrisidagi materiallarni oʻz vaqtida rasmiylashtiradi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etish uchun JIEBBga yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amnistiya va afv etish toʻgʻrisidagi hujjatlarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarning ajratib qoʻyilishi, qoʻriqlanishi va nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlarining jinoyat ish yurituvi sohasidagi xalqaro hamkorlik bilan bogʻliq, shu jumladan, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan mahkumlarni topshirish (ekstraditsiya qilish) bilan bogʻliq qarorlarini ijro etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jazoni ijro etish muassasalarida qoʻriqlash va xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarida huquq-tartibot va qonuniylikka rioya etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalari hududlarida boʻlgan mahkumlar, shuningdek, xodimlar (ishchilar va xizmatchilar) va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarida, mahkumlarni mehnatga jalb etadigan tashkilotlarning ishlab chiqarish obyektlarida nazorat qilishning zamonaviy muhandislik-texnik qoʻriqlash vositalaridan foydalangan holda zarur darajada kuzatuv va nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif, ariza va shikoyatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlar tomonidan jazoni ijro etishning belgilangan tartibiga rioya etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarida tegishli belgilangan normalarga mos keladigan saqlash shart-sharoitlarini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarning moddiy-maishiy taʼminotini va ularga tibbiy xizmat koʻrsatilishini tashkil etadi, shuningdek, mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash va ularning majburiy davolanishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash, ishga joylashishga va maishiy hayotidagi extiyojlarini aniqlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingandan keyin ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, shuningdek, ularning huquqbuzarliklarni sodir etishining oldini olish maqsadida tarbiyaviy ishlar olib borish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlar oʻrtasida qonunlarga itoatkorlik, shaxsga, jamiyatga, mehnatga, insoniy qadriyatlar va anʼanalarga nisbatan hurmatni shakllantirish, bilim va madaniy darajasini oshirishga qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik va tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi lozim boʻlgan mahkumlar toifasini aniqlab, tegishli taqdimnomalarni sudga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalariga taqiqlangan predmetlarning (narkotik vositalar, psixotrop, portlovchi va zaharli moddalar, diniy-ekstremistik tusdagi adabiyotlar va boshqalar) kirib kelishi yoʻllarini aniqlanishi va bartaraf etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlar oʻrtasida huquqiy targʻibot ishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarni ozod etilganidan soʻng keyinchalik ishga joylashtirish maqsadida ularni mehnat bozorida talab boʻlgan kasbni egallashlari uchun kasbga tayyorlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan qochgan mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar, shuningdek, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan va ushbu muassasalar hududini oʻzboshimchalik bilan tark etgan mahkumlarni qidirish va ushlashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) jazoni ijro etish muassasalari va davlat unitar korxonalarining moliya-xoʻjalik va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish, mahkumlarning bandligini taʼminlash sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va buxgalteriya hamda statistika hisobotlarini zarur darajada yuritish, olib borilayotgan moliyaviy va xoʻjalik faoliyatining maqsadga muvofiqligi hamda qonunchilikka mosligi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalari va ularning korxonalarida ishlab chiqarish hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini tashkil etadi va rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash, mol-mulkdan maqsadga muvofiq foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻriqlash, shuningdek, ularning saqlanishi va oqilona ishlatilishi boʻyicha zarur choralarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish (qishloq xoʻjaligi) uchastkalarida, alohida hollarda esa boshqa korxonalarda mahkumlarning axloqiy va moddiy manfaatdorligi uchun shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan ularning ish bilan bandligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-tahlil ishlarini amalga oshiradi, jazoni ijro etish muassasasi faoliyatini rejalashtiradi va prognoz qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tanlash va joy joyiga qoʻyish, ularni qayta tayyorlash va jangovor, jismoniy hamda ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, professional darajasini oshirish boʻyicha tadbirlarni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalari shaxsiy tarkibining jangovar va safarbarlik tayyorgarligini oshiradi, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarning harakatlanishga shayligini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar (ishchilar va xizmatchilar) va ularning oila aʼzolarini huquqiy, ijtimoiy himoyasini va shaxsiy xavfsizligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar orasida oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi, odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jazoni ijro etish muassasalarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jazoni ijro etish muassasalari yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari va boshqa muassasalarning maʼlumotlar bazalaridan (shu jumladan, elektron bazalaridan) axborot, statistik va boshqa materiallarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, jazoni ijro etish muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha takliflarni JIEBBga kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qilish, davlat organlari, jamoat tashkilotlari vakillarini tarbiyaviy profilaktik tadbirlarga, mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga va moslashtirishga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JIEBB bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarning axloqiy saviyasini rivojlantirish, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilayotgan shaxslarga ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatishga fuqarolik jamiyati institutlari, jamoatchilik vakillari va fuqarolarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarni boshqa joyga koʻchirishda belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha ichki ishlar organlarining tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarni oʻqitish (umumiy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim) jarayoni masalalari boʻyicha taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ozod etilayotgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish, ularni ishga joylashtirish va ularning maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklarining ijtimoiy moslashuv markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarga pensiya tayinlash va ularga pensiya toʻlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JIEBB bilan birgalikda saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari bilan hamkorlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda mahkumlarga malakali davolash-diagnostika va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, ularni turli ekspertizadan oʻtkazish, tekshirish, shu jumladan, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarni dori-darmonlar bilan taʼminlash masalalari yuzasidan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiy-ijtimoiy ekspertiza respublika inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari bilan mahkumlarning nogironligini tasdiqlash va belgilash, ularning kasbiy mehnatga qobiliyatini yoʻqotganligi darajasini aniqlash masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning moddiy-texnik va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha takliflarni JIEBBga kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JIEBB bilan kelishgan holda ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi jazoni ijro etish muassasalari va davlat unitar korxonalarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish uchun investitsiyalar (shu jumladan, xorijiy investitsiyalar) jalb qilish choralarini koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jazoni ijro etish muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassasa faoliyati boʻyicha zarur maʼlumotlarni tayyorlash va JIEBB rahbariyatiga taqdim etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishini taʼminlashga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jazoni ijro etish muassasalari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jazoni ijro etish muassasalariga jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari rahbarlik qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIEBB boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni taʼminlash va harbiy tuzilmalar boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIEBB boshligʻi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIEBB boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ish yuritish va maxfiylik tartibotini tashkil etish va taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Jazoni ijro etish muassasalarini moddiy-texnik vositalar va boshqa mol-mulk bilan taʼminlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Jazoni ijro etish muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 128-son qaroriga

2-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2024-yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga oʻtkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Jazoni ijro etish muassasasi nomi

Joylashgan

joyi

Binolar

nomi

Bajariladigan ishlar

soni

Bajarish muddatlari

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

Umumiy tartibli jazoni ijro etish muassasalari

1.

1-son JIEK

Buxoro viloyati

Kogon tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

6

2

2

2

2.

2-son JIEK

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

4

2

2

qurish

1

1

3.

3-son JIEK

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

4

2

2

4.

4-son JIEK

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

2

2

5.

5-son JIEK

Navoiy viloyati

Qiziltepa shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

2

2

qurish

1

1

6.

6-son JIEK

Namangan viloyati

tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

6

2

2

2

7.

7-son JIEK

Toshkent viloyati

Boʻstonliq tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

9

2

3

4

Aralash tartibli jazoni ijro etish muassasalari

8.

21-son JIEK

Toshkent viloyati
Zangiota tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

4

2

2

9.

22-son JIEK

Toshkent viloyati
Zangiota tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

2

2

Qattiq tartibli jazoni ijro etish muassasalari

10.

10-son JIEK

Qashqadaryo viloyati
Koson tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

6

4

2

11.

11-son JIEK

Navoiy viloyati
Karmana tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

3

1

2

12.

12-son JIEK

Navoiy viloyati
Zarafshon shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

1

1

qurish

1

1

13.

13-son JIEK

Toshkent viloyati
Chirchiq shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

5

2

3

14.

14-son JIEK

Toshkent viloyati
Olmaliq shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

6

2

4

JAMI:

rekonstruksiya qilish

60

6

8

14

16

16

qurish

3

1

1

1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 128-son qaroriga

3- ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilda ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarini videokuzatuv moslamalari va shaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) bilan jihozlash hamda Probatsiya xizmati amaliyotiga elektron brasletlarni tatbiq etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Jazoni ijro etish muassasasi nomi

Joylashgan

joyi

Video kuzatuv moslamalari bilan

taʼminlash (dona)

Videoregistratorlar (bodi-kameralar) bilan taʼminlash, komplekt*

Elektron brasletlar bilan taʼminlash **

Intellektual tashqi IP kamera

Tashqi IP kamera

Aylanuvchan antivandal
IP kamera

Ichki
IP kamera

Analitik funksiyali ichki IP kamera

Jami:

1.

1-son JIEK

Buxoro viloyati Kogon tumani

2

2.

2-son JIEK

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri

30

93

4

135

6

268

2

3.

3-son JIEK

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri

44

147

3

250

6

450

2

4.

4-son JIEK

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri

11

7

3

9

3

33

2

5.

5-son JIEK

Navoiy viloyati Navoiy shahri

20

80

6

36

3

145

2

6.

6-son JIEK

Navoiy viloyati Qiziltepa shahri

2

7.

7-son JIEK

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani

30

105

4

107

6

252

2

8.

10-son JIEK

Qashqadaryo viloyati Koson tumani

6

19

4

34

5

68

2

9.

11-son JIEK

Navoiy viloyati Karmana tumani

12

23

3

27

4

69

2

10.

12-son JIEK

Navoiy viloyati Zarafshon shahri

30

75

4

69

5

183

2

11.

13-son JIEK

Toshkent viloyati Chirchiq shahri

11

20

2

9

3

45

2

12.

14-son JIEK

Toshkent viloyati Chirchiq shahri

9

8

2

10

3

32

2

13.

17-son JIEK

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani

2

4

1

3

1

11

2

14.

20-son JIEK

Buxoro viloyati Kogon tumani

10

15

2

26

3

56

2

15.

21-son JIEK

Toshkent viloyati Zangiota tumani

10

53

3

33

4

103

2

16.

22-son JIEK

Toshkent viloyati Zangiota tumani

12

38

3

45

4

102

2

17.

23-son MMIK

Toshkent shahri

2

18.

24-son TK

Toshkent viloyati Zangiota tumani

5

4

1

4

2

16

2

19.

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati

3000

Jami:

242

638

45

797

58

1833

36

3000

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. * Bir komplekt tarkibiga maʼlumotlarni saqlash terminali va videoregistratorlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** 2020-yilda 3000 dona, kelgusi yillarda ehtiyojdan kelib chiqqan holda Probatsiya xizmati faoliyatiga elektron brasletlar tadbiq etib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/128/0261-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son; 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)