24.02.2020 yildagi PQ-4612-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.02.2020 yildagi PQ-4612-son
Date of entry into force
25.02.2020
Hujjat 13.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya-bank sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sanoat va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, respublikani iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini taʼminlash, xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda kambagʻallikni qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish, sanoatni va raqobatni rivojlantirish masalalari kotibiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari kotibiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari kotibiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati tugatilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimlari kiritilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati etib qayta tashkil qilinsin va uning tarkibida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari shuʼbasi tashkil etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati etib qayta tashkil qilinsin va uning tarkibida Kambagʻallikni qisqartirish va aholining daromadlarini oshirish boʻlimi tashkil etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida yangi boʻlinmalarni tashkil etish boshqaruv xodimlarining amaldagi umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri zimmasiga mavjud vazifalar bilan bir qatorda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada kambagʻallikka oid real ahvolni oʻrganish, xalqaro tashkilotlar, jumladan moliya institutlari bilan hamkorlikda kambagʻallikni bartaraf etishning oʻrta va uzoq muddatli strategiyalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholida, ayniqsa, yoshlar va ayollarda biznes yuritish va tadbirkorlikning zamonaviy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 07/20/4710/0582-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining boshqaruv apparatida hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparatida — hokimning sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari) lavozimi hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparatida — hokimning sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari) lavozimiga oʻzgartirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparati boʻlinmalarining tuzilmalarini va yangilangan shtat jadvalini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn besh kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilarining funksional vazifalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida Hukumat qarorlarini qabul qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi apparatining yangidan tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmalarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, qoʻyilgan vazifalar samarali bajarilishini yuksak professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi, shuningdek, qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 24-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4612-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 07/20/4710/0582-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4612/0211-son; 11.03.2020-y., 07/20/4635/0290-son; 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son; 13.05.2020-y., 07/20/4710/0582-son)