08.02.2020 yildagi 69-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.02.2020 yildagi 69-son
Date of entry into force
08.02.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4464-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4464-son qarori bilan davlat muassasasi shaklidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi, uning asosiy vazifalari va faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markazning tuzilmasi va shtat birliklari uning faoliyat yoʻnalishlari va ish hajmlaridan kelib chiqqan holda, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishda, uning moliyaviy imkoniyatlaridan va xoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlari belgilanishi mumkin (Vazirlik bilan kelishilgan holda).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Markaz direktori qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tomonidan, direktor oʻrinbosarlari esa, Vazirlik bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Belgilansinki, Markazga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 66-ilovaning 5.2-bandi talabi tatbiq etilmaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Toshkent shahar, Abay koʻchasi, 6-uy manzilidagi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning moliyaviy va xoʻjalik operatsiyalari bank hisob-raqamlari orqali amalga oshiriladi (davlat buyurtmachisi funksiyasini bajarishdagi holatlar bundan mustasno).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekistan Respublikasi Qurilish vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni tegishli mutaxassislikka ega malakali mutaxassislar bilan toʻldirish, shuningdek, moddiy-texnik bazasini shakllantirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-hukuqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 8-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69-son
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 24-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2020-y., 09/20/69/0140-son; 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son; 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)