Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1994 YIL 28 SENTYABRDAGI 489-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mulkchilikning barcha shaklidagi avtomototransport vositalari bilan transport xizmatlari bozorini kengaytirish va davlat avtomototransport vositalarini jismoniy va davlat tasarrufida boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish chogʻida real bozor narxlarini hisobga olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtomototransport vositalarini sotish tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 28-sentabrdagi 489-son qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Qarorning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi har oyning 10-kunigacha Davlat mulki qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari uchun amalda boʻlgan bozor (shartnoma) narxlari toʻgʻrisida axborot berib tursin”.
2. Qarorga ilovada (Davlat avtomototransport vositalarini jismoniy va davlat tasarrufida boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish tartibi):
a) 3-bandda “kamida 70 foiz amortizatsiya qilingan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalarini jismoniy va davlat tasarrufida boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan kim oshdi savdosi orqali amalga oshiriladi (ijaraga berilgan avtomototransport vositalaridan tashqari).
Kimoshdi savdosiga qoʻyilgan, biroq sotilmagan avtomoto-transport vositalari tanlovga yoki birja savdolariga qoʻyilishi mumkin”;
v) 6-bandda “Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan” soʻzlari oʻrniga “Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan” soʻzlari yozilsin;
g) 7, 8, 9-bandlarda “Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi” soʻzlari oʻrniga “Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi” soʻzlari yozilsin;
d) 10-bandda “Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmasining” soʻzlari oʻrniga “Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasining” soʻzlari yozilsin;
e) 11-bandda:
“Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi” soʻzlari oʻrniga “Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi” soʻzlari yozilsin;
“kimoshdi savdosini” soʻzlaridan keyin “tanlovlar va birja savdolarini” soʻzlari qoʻshilsin, soʻngra matn boʻyicha;
j) 12-bandda:
“kimoshdi savdosi orqali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi” soʻzlari oʻrniga “Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi” soʻzlari yozilsin;
z) 13-bandda “Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi” soʻzlari oʻrniga “Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi” soʻzlari yozilsin;
i) 14-bandda:
“kimoshdi savdosi” soʻzlaridan keyin “tanlov yoki birja savdolari” soʻzlari qoʻshilsin;
“Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi” soʻzlari oʻrniga “Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi” soʻzlari yozilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Respublika koʻchmas mulk birjasi va uning filiallarining kimoshdi savdolari, tanlovlari va birja savdolarida sotilgan davlat avtomototransport vositalari oldi-sotdi bitishuvlari notarial idorada rasmiylashtirilmaydi”;
k) 15-bandda:
“bozor (shartnomaviy) narxining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda va qishloq joylar uchun bozor (shartnomaviy) narxining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda (amortizatsiya ajratmasini hisobga olgan holda)” soʻzlari oʻrniga “bozor (shartnomaviy) narxining kamida 5 foizidan kam boʻlmagan miqdorda” soʻzlari yozilsin;
“Oʻzulgurjibirjasavdo” va “Oʻzavtosanoat” tomonidan taqdim etilgan” soʻzlari oʻrniga “Oʻzavtotrans” tomonidan taqdim etiladigan” soʻzlari yozilsin, soʻngra matn boʻyicha;
l) 19-band “kimoshdi savdosi” soʻzlaridan keyin “tanlov yoki birja savdolari” soʻzlari bilan toʻldirilsin, soʻngra matn boʻyicha.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-sentabr,
326-son