Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2026 16.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3187-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining buyrugʻi, 16.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3187-1
Date of entry into force
16.01.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2026
Hujjat 16.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi DIREKTORIning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 16-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3187-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktorining 2026-yil 13-yanvardagi 70-sonli “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3760, 22.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2019-yil 26-avgustdagi 324-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3187, 2019-yil 3-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/3187/3846-son) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat organlari va tashkilotlari — davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa va tashkilotlar.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor v.b. K. ALLAMJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
445-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 10/20/3187-1/0057-son)