24.12.2019 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.12.2019 yildagi 27-son
Date of entry into force
24.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi, shuningdek sud amaliyotida ularni qoʻllashda baʼzi muammoli masalalar kelib chiqayotgani munosabati bilan, moddiy va protsessual huquq normalarini bir xilda qoʻllash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, FKda belgilab qoʻyilgan asoslar boʻyicha oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan garov shartnomasi boʻyicha ham manfaatdor tarafning uni haqiqiy emas deb topish haqida talab bildirgan yoki bildirmaganidan qatʼi nazar kredit shartnomasidagi majburiyatlar boʻyicha undiruvni garov narsasiga qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Shuningdek, agar garov majburiyati bilan bogʻliq nizoni koʻrishda garovga qoʻyuvchi garovda boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga (garovga oluvchiga) boshqa majburiyatlarni taʼminlash uchun berganligi aniqlansa (navbatdagi garov), sudlar ushbu shaxsni ishni yuritish va nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirish huquqi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2007-yil 15-iyundagi 163-sonli qarori 19-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda yoki shartnomada boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandining birinchi xatboshisidagi “sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat ijrochisining arizasi, u kelib tushgan kundan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan oʻn kunlik, iqtisodiy sud tomonidan esa, yigirma kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi, natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. FPKning 454-moddasi, IPKning 342-moddasiga muvofiq, sud davlat ijrochisi, undiruvchi yoki qarzdorning arizasiga koʻra sud hujjatining ijrosini kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib ijro etishga, shuningdek, uning ijro usuli va tartibini oʻzgartirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish boʻyicha qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarish, tushunarsiz boʻlganda hal qiluv qarorini tushuntirish, uning ijrosini kechiktirish va boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishda sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 10, 13, 14-bandlari tushuntirishlariga, Qonun, shuningdek, mazkur Plenum qarori talablariga asoslanishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandi ikkinchi xatboshisining toʻrtinchi kichik xatboshisidagi “sud ijrochisining” degan soʻzlar “davlat ijrochisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi kichik xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“— undiruvchi va qarzdor oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi kichik xatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi kichik xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli qarori 9-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi ariza faqatgina birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati qabul qilingunga qadar berilishi mumkin. Agar bunday ariza ishni apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlarida koʻrish jarayonida berilsa, u qanoatlantirilmaydi va bu haqida sud hujjatining asoslantiruvchi qismida koʻrsatiladi, bundan ishning sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan javobgar yoʻqligida koʻrilganligi sababli birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (sud hujjati) bekor qilinib, nizo yuzasidan yangi qaror qabul qilingan hollar mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi 13-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tilidagi matni 22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “tegishli” degan soʻz “taalluqli” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26. IPKning talablariga rioya etilgan holda berilgan daʼvo arizasi uni ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, ish qoʻzgʻatilgunga qadar sud ekspertiza tayinlashga (IPKning 80-moddasi), dalillarni taʼminlash choralarini koʻrishga (IPKning 90-moddasi), sud topshiriqlarini berishga (IPKning 91-moddasi), daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishga (IPKning 94-moddasi), ish yuritishni toʻxtatishga yoki tugatishga (IPKning 101, 110-moddalari), talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga (IPKning 159-moddasi), ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha harakatlarni amalga oshirishga (IPKning 163-moddasi), sudgacha majlis oʻtkazishga (IPKning 1631-moddasi), hal qiluv qarori qabul qilishga (IPKning 176-moddasi) haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 162-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidani qoʻllashda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi koʻrsatma hamda ishda ishtirok etayotgan shaxslar bajarishi lozim boʻlgan harakatlar va ularni bajarish muddatlari daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoxud ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda aks ettirilishi mumkin, biroq bu hujjatlarning ketma-ketligi protsessual harakatlarning haqiqiy rivojlanishiga muvofiq boʻlishi kerak. Agar sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida alohida ajrim chiqarishni lozim topsa, u dastlab daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida, soʻngra IPKning 162-moddasiga muvofiq, ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Bunda sudlar shuni inobatga olishi lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida alohida ajrim chiqarish muddati daʼvo arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan, sudgacha majlis oʻtkazilgan hollarda esa, oʻn besh kundan oshmasligi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, bunday daʼvo arizasining nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar daʼvogar tomonidan oʻziga maʼlum boʻlgan javobgarning oxirgi manziliga buyurtma xat bilan yuborilgan, biroq javobgar buyurtma xatni olishni rad etgan va mazkur rad etish qayd etilgan boʻlsa yoki javobgarning koʻrsatilgan manzilda yoʻqligi sababli buyurtma xat qaytarilgan va unda aloqa xizmatining tegishli qaydi (yozuvi) boʻlsa, ushbu buyurtma xat yetkazib berilgan hisoblanadi. Bunda daʼvo arizasiga ushbu qaytarilgan buyurtma xat (konvert) ilova qilingan boʻlishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 24-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV