Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 03.09.1996 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.09.1996 yildagi 304-son
Date of entry into force
03.09.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻZDEUAVTO” QOʻShMA KORXONASIDA AVTOMOBILLAR IShLAB ChIQARISh, SOTISh VA ULARGA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarni samarali sotish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzavtosanoat”, “Oʻzbeksavdo” uyushmalari, Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mersedes-Bens”, “DEU” kompaniyalarining va boshqa yirik avtomobil firmalarining mutaxassislarini jalb etgan holda “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi avtomobillarini ham respublika ichida, ham Oʻzbekiston tashqarisida sotish boʻyicha marketing tadqiqotlari markazini tashkil etish, uning tuzilmasi va funksiyalari toʻgʻrisidagi taklifni oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida bir oy muddatda 1996-1997-yillarda respublika mintaqalarida avtomobillarni sotish boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishga va 2000-yil oxirigacha boʻlgan davrda avtomobillarni ham respublika ichida, ham eksportga sotishga doir takliflarni ishlab chiqsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil oxirigacha marketing tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda avtomobil modellarini yangilashga doir “DEU” korporatsiyasi bilan kelishilgan tadbirlarni taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1997-yilda “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi avtomobillarini 1-ilovaga* muvofiq sotish dasturiga asosan rozilik bildirilsin, bunda avtomobillarni eksportga ustuvor sotishga, shuningdek respublika ichida erkin almashtiriladigan valyutaga sotishga, valyuta tushumi oʻz vaqtida tushishini taʼminlashga alohida eʼtibor berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzavtosanoat” uyushmasi “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi bilan birgalikda respublikada xaridorlar talabini oʻrganish va marketing tadqiqotlari oʻtkazish, shuningdek buyurtmalar portfelini shakllantirish natijalari boʻyicha 1997-yilda avtomobillarni sotish dasturiga zarur tuzatishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi bilan shartnoma asosida “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv va boshqa savdo tashkilotlarini jalb etish yoʻli bilan avtomobillarni sotish tarmogʻini kengaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi avtomobillarini sotish, shu jumladan “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv tizimlarida sotish boʻyicha statistika hisobotini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Asaka” banki “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik jamiyati bilan birgalikda “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi avtomobillarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq navbatda turuvchilarning alohida roʻyxati boʻyicha kredit asosida sotishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil oxirigacha 2-ilovaga* muvofiq avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari qurishni va ularni foydalanishga topshirishni taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik xizmat koʻrsatish viloyat stansiyalari huzurida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha uch-beshtadan koʻchma punktlar tashkil etishning hududiy sxemasini oʻn kun muddatda koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. I.H. Joʻrabekov, Q.J. Haqqulov, K.R. Parpiyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobillarga yonilgʻi quyish punktlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtoservis va texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini oʻz ichiga oluvchi 2000-yilgacha avtomobil yoʻllari boʻylab xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy servis xizmati koʻrsatish kompleks punktlari barpo etish dasturi loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilagan holda 1997-yilda amalga oshiriladigan tadbirlarni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik jamiyati bilan birgalikda avtomobillarni zavodlardan ularni sotish punktlarigacha tashish yoʻnalishlarini va tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda 1997-yilning birinchi yarim yilligida avtomobillarni tashish uchun 200 ta ixtisoslashtirilgan yopiq vagonlar xarid qilish masalasini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashiladigan avtomobillarni saqlashni taʼminlash maqsadida “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik jamiyati va “Texnolog” aksionerlik jamiyati bilan birgalikda ikki oy muddatda mavjud 110 ta ikki qavatli ixtisoslashtirilgan ochiq platformani puxta jihozlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun kredit resurslari ajratish masalalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi boshqaruvining raisi N. Ermetovga avtomobillar tashilishi va saqlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda temir yoʻl transportida tashiladigan yuklarning saqlanishini taʼminlash uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari loyihalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzdavstandart” markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzavtosanoat” uyushmasi bilan birgalikda “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi avtomobillariga berilgan, ularning toʻsiqsiz eksport qilinishini taʼminlaydigan sertifikatlarning chet mamlakatlarda eʼtirof etilishiga doir ishlarni bir oy muddatda amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzavtosanoat” uyushmasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksionerlik konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent avtomobil yoʻllari instituti bilan birgalikda 1997-yilning birinchi choragida avtotransport vositalarini sertifikatlash tizimini ishlab chiqishni tugallasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi sertifikatlash tizimini ishlab chiqish uchun hisob-kitoblarga muvofiq zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavstandart” markazi bir oy muddatda xalqaro talablarni hisobga olgan holda davlat sertifikatsiya sinovlarini oʻtkazish uchun Janubiy avtomotopoligon qurilishini tugallash boʻyicha kelishilgan takliflarni kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bosh vazirning oʻrinbosari S.S. Saidqosimov respublikada ishlab chiqariladigan avtomobillarni sotish, ulardan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish masalalariga bagʻishlangan har haftada namoyish qilinadigan telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Asaka” bankiga koʻrsatib oʻtilgan telekoʻrsatuvlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun “Oʻzavtosanoat” uyushmasiga kredit resurslari ajratish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Oʻzavtoyoʻl” konserni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini jalb etgan holda ikki oy muddatda respublikada avtomobil ishi rivojlanishiga bagʻishlangan oylik jurnal belgilangan tartibda nashr etilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yil budjeti loyihasini ishlab chiqishda “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan 1200 ta “Damas” tez yordam avtomashinasini sotib olish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligiga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-son qarori bilan yengil avtomobillarga belgilangan import boj poshlinalari stavkalari 1996-yil 1-oktabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 3-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
304-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF—1871-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)