Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2016 23.03.1995 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 23.03.1995 yildagi 93-son
Date of entry into force
23.03.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi ichki Ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash boshqarmasi davlat yong‘inda saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlashning nazorat qilinishi tartibi to‘g‘risidagi qoidalarni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 386-sonli “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash boshqarmasi Davlat yong‘indan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlash nazorat qilinishi tartibi to‘g‘risidagi Qoidalarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 23-martdagi 93-son qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlashning nazorat qilinishi tartibi to‘g‘risidagi Qoidalar tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 23-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 23-martdagi 93-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash boshqarmasi Davlat yong‘indan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlashning nazorat qilinishi tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida vazirliklar, idoralar, mulkchilikning turli shakllaridagi tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib bajariladigan obyektlarni loyihalash va qurish O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari bilan xorijiy firmalar o‘rtasida tuziladigan kontraktlar, shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kontraktlarda har bir tomonning loyihalash, qurish va boshqa ishlarni, shu jumladan, yong‘inga qarshi himoya chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha javobgarliklari va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yiladi, ularni bajarishning aniq muddatlari qayd etiladi. Kontrakt majburiyatlari bajarilmaganligi uchun har bir tomon qat’iy moddiy javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘indan saqlash nazorati vakillarining mazkur obyektlarni loyihalash va qurishni nazorat qilish ishida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kontraktlarning yong‘in xavfsizligi masalalarini belgilash qismiga oid mazmuni bilan tanishib chiqish, buyurtmachiga takliflar va qo‘shimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qurilish uchun maydonchalar, trassalar tanlovchi komissiyalar ishida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) loyiha-smeta hujjatlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash qismini ekspertiza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qurilish jarayonida loyiha yechimlarining yong‘in xavfsizligi qismi bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qurilish maydonchalari hududida yong‘inga qarshi tartibga rioya qilinishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishda qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ekshududiy hisoblanadigan obyektlar qurilishida, ya’ni obyekt hududi o‘zlari vakili bo‘lgan xorijiy davlatga (elchixonaga, konsullikka) tegishli bo‘lgan hollarda, davlat yong‘indan saqlash nazoratining ishi mazkur Qoidalarda bayon qilingan maxsus tartibda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan mavjud qurilish normalari va qoidalari bilan xorijiy firmalar vakillari taklif etgan yong‘inga qarshi himoya yechimlari o‘rtasida farqlar bo‘lsa, masala har bir alohida holda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, buyurtmachi va xorijiy firma vakillari bilan birgalikda joyning o‘ziga borib hal qilinadi. Natijalar protokollar bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Davlat yong‘indan saqlash nazorati xodimlarining yangi qurilayotgan obyektlarni loyihalash va qurishni nazorat qilish ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat yong‘indan saqlash nazorati xodimlari xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan holda obyektlarni loyihalash va qurishni nazorat qilish ishlarini O‘zbekiston Respublikasida Davlat yong‘indan saqlashni nazorat qilish organlari ishlarni tashkil etish bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Obyektlar qurilishi uchun yer maydonlarini tanlash komissiyalari ishida ishtirok etishda, yangi obyektlarni qurish loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqishda qabul qilingan yong‘inga qarshi chora-tadbirlarga O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan qurilish normalari va qoidalari, davlat standartlari va boshqa hujjatlar bo‘yicha talablar qo‘yiladi, ularning to‘liqligi va muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tekshirishlar natijalari bo‘yicha amaldagi respublika normalari va qoidalarida nazarda tutilgan tavsiya etilayotgan barcha chora-tadbirlar asoslangan holda yong‘in xavfsizligi choralarini ta’minlashga oid yozma ko‘rsatma rasmiylashtiriladi. Yong‘inga qarshi xizmatning tashkil etilishiga, obyektlar yong‘inga qarshi talab etiladigan zarur asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlanganligiga alohida e’tibor beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Obyekt qurilishi jarayonida yong‘indan muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan loyiha yechimlarining bajarilishi sifati tekshiriladi, bunda loyihaga zarur o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish maqsadida loyiha tashkilotlari bilan yaqin aloqada bo‘linadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qurilish jarayonida chet elda ishlab chiqariladigan yong‘inga qarshi asbob-uskunalardan foydalanilganda uning talab etiladigan taktik-texnik asoslarga muvofiqligini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash boshqarmasi bilan kelishib olish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yangi qurilishlarni yong‘inga qarshi texnik tekshirishlar qurilish sur’atlarini hisobga olib bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Bunda Davlat yong‘indan saqlash nazoratining yozma ko‘rsatmalari albatta rasmiylashtirilib, ular buyurtmachi vakiliga va bosh pudratchi qurilish tashkiloti rahbariga taqdim etiladi, ular yong‘inga qarshi talab etilayotgan barcha tadbirlarni xorijiy firmalar vakillari bilan kelishib olishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlarining kontrakt shartnomalarini ko‘rib chiqishda qatnashishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kontrakt shartnomalarini tuzishda ularga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha masalalar albatta kiritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kontraktlarda belgilanishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) loyiha va qurilish ishlarini qurilish normalari, qoidalari va boshqa normativ hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan yong‘inga qarshi talablariga muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) binolar va inshootlarning o‘tga chidamliligi bo‘yicha barcha talablarga rioya qilinishi, talab etiladigan barcha sertifikatlari bor bo‘lgan qurilish konstruksiyalarini qo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) loyihaning har bir bo‘limini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida yong‘in xavfsizligi tadbirlarini ta’minlash yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qo‘llanilayotgan qurilish konstruksiyalarining “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi kataloglariga, respublika davlat standartlariga, qurilish normalariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yong‘in xavfsizligi tadbirlarini ta’minlash qismida hajm-rejalashtirish yechimlari bo‘yicha talablarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yong‘indan avtomatik tarzda muhofaza qilish bo‘yicha normalarda nazarda tutilgan talablarning to‘liq bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tashqi va ichki o‘t o‘chirish tizimlarining qurilish normalari va qoidalariga, davlat standartlariga muvofiq ta’minlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) qurilayotgan obyektni yong‘indan saqlash bo‘yicha bosh pudratchi qurilish tashkilotining javobgarligini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) obyekt foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab obyektni yong‘indan saqlash xizmatining tashkil etilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yong‘indan muhofaza qilishning zarur talablari buyurtmachi tomonidan kontraktga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat yong‘indan saqlash nazoratining vakillari kontraktlar va shartnomalarda ko‘rsatib o‘tilgan yong‘inga qarshi talablarning amalga oshirilishini nazorat qiladilar. Ular mavjud bo‘lmagan taqdirda kontraktlarga zarur tadbirlar kiritilishi to‘g‘risida yozma xulosalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qurilish uchun maydon (trassa) larni tanlovchi komissiyalar ishida qatnashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlarining vakillari Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash haqidagi yo‘riqnomaning 1.02.01-85 qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilish uchun maydon (trassa) larni tanlashda loyiha tashkilotlari mo‘ljallaydigan yong‘inga qarshi tadbirlarda ishtirok etadilar va xulosalar beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qurilish uchun maydon (trassa) larni tanlovchi komissiyalar ishida qatnashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qurilish uchun maydoncha (trassa) ni tanlashda mo‘ljallanayotgan yong‘inga qarshi tadbirlarni ko‘rib chiqishdagi asosiy masalalar quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obyektni zonalashtirishning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) obyektni qo‘shni obyektlar va aholi yashash joylariga nisbatan joylashtirishda doimo esib turuvchi shamollarning, joy relyefining va yong‘inga qarshi oraliqlarning hisobga olinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) obyektlar, binolar va inshootlarning asosiy va shoxobcha yo‘llar bilan ta’minlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) o‘t uchiruvchilar deposining yong‘in chiqqanda obyektga o‘t o‘chiruvchilar qismining o‘z vaqtida yetib kelishi imkoniyatini ta’minlashni nazarda tutib joylashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yong‘inga qarshi suv ta’minoti, elektr ta’minoti, aloqa va signalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishlab turgan korxonalar, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash loyihalashtirilayotganda, shuningdek, ishlab turgan korxonaga yangi ishlab chiqarish joylashtirilayotganda davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari tomonidan yong‘inga qarshi suv ta’minoti, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, aloqa vositalari, yong‘inga qarshi oraliqlar, shoxobcha yo‘lga oid loyiha yechimlari bo‘yicha xulosa beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat yong‘indan saqlash nazorati organining yer maydonini tanlash bo‘yicha xulosasi qurilayotgan obyektning kuzatuv hujjatlari majmuida saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Loyiha hujjatlarida qurilish normalari va qoidalarining yong‘inga qarshi talablariga rioya etilishi nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari O‘zbekiston Respublikasida davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari ishini tashkil etish bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq loyihalashda yong‘inga qarshi talablarning bajarilishini nazorat qiladilar, bunda obyektni loyihalash va qurishning o‘ziga xosligi ham hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Loyiha-smeta hujjatlarini nazorat qilish bevosita loyihani bajarayotgan tashkilotda o‘tkaziladi, yangi qurilishlarni yong‘in-texnik jihatdan tekshirishda qurilish maydonlaridagi loyiha hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilganligi tekshiriladi. Loyihani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat yong‘indan saqlash nazoratining yozma ko‘rsatmasi rasmiylashtiriladi, unga O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan normalar va qoidalarga muvofiq talab qilinayotgan chora-tadbirlarning to‘liq ro‘yxati kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Normalar va qoidalardan jiddiy chekinishlar bo‘lganda loyihaning bosh muhandislari, loyihalash tashkilotlarining rahbariyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan uzil-kesil choralar ko‘radilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Loyihalash xorijiy firmalar tomonidan amalga oshirilganda davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari bu tadbirlarni xorijiy firmalar bilan birgalikda obyekt buyurtmachisi ishtirokida bajaradilar. Loyiha-smeta hujjatlarini tekshirish buyurtmachi huzurida yoki davlat yong‘indan saqlash nazorati organlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Boshqa mamlakatlarda bajarilgan qurilish konstruksiyalarini loyihalarga kiritishda O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan usul bo‘yicha yondirish sinovlari protokollari taqdim etilishi kerak. Bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari buyurtmachidan davlat yondirish sinovlari o‘tkazilishini talab qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hujjatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan tekshirish natijalari buyurtmachi xorijiy firmalar vakillari bilan birgalikda muhokama qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qurilayotgan korxonalar, binolar, inshootlarda O‘zbekiston Respublikasida shunga o‘xshash bo‘lmagan xorijiy texnologiyalardan foydalanishda buyurtmachi bosh pudratchi firma bilan birgalikda Davlat yong‘indan saqlash nazorati vakillarining yong‘indan muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyanomalarni o‘rganish va ishlab chiqish maqsadida shunga o‘xshash texnologiya, qurilish qismi, avtomatika tizimlari yoki yong‘indan saqlash tizimi bilan ishlab turgan korxonalarga borishlarini tashkil etadi. Ishlanmalar natijalari loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun buyurtmachiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan holda qurilayotgan binolar va inshootlarda yong‘inga qarshi chora-tadbirlarning qanday bajarilayotganligini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Obyektlar, binolar va inshootlarni loyihalash hamda ularni qurish O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan qurilishi tugallangan obyektlarni topshirish va foydalanishga qabul qilib olishga faqat respublikada amalda bo‘lgan qurilish normalari va qoidalariga, davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlarga muvofiq talab qilinadigan barcha yong‘inga qarshi chora-tadbirlar to‘liq bajarilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qurilish jarayonida yong‘inga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari ishini tashkil etish bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Loyihadan va amaldagi normalar va qoidalardan jiddiy chekinishlar aniqlangan taqdirda davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari xodimlari o‘zlariga qonun bilan berilgan huquqlar va majburiyatlarga muvofiq choralar ko‘radilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mavjud kamchiliklar va chekinishlar haqida loyihalovchi institut yozma ravishda xabardor qilinadi, loyihalardan chekinishga yo‘l qo‘ygan qurilishlarning rahbarlariga nisbatan ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralari ko‘riladi, zarur bo‘lgan hollarda obyekt qurilishi qonun bilan belgilangan tartibda butunlay to‘xtatiladi yoki vaqtincha to‘xtatib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Obyektni tekshirish natijalari bo‘yicha buyurtmachi va bosh pudratchi qurilish tashkiloti nomiga yozma ko‘rsatma rasmiylashtiradi. Obyektlarni tekshirish vaqtida ularning yong‘inga qarshi to‘siqlar, suv ta’minoti talablariga muvofiqligiga, o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi, elektr va texnologiya asbob-uskunalari, pardozlash materiallari qo‘llaniladigan qurilish konstruksiyalari loyihalariga muvofiqligiga asosiy e’tibor berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agar obyektni ishga tushirish bir nechta navbatda amalga oshirilsa, birinchi navbatni foydalanishga topshirish chog‘ida obyektning yong‘inga qarshi xizmati talab qilingan miqdorda o‘t o‘chirish avtomobillari jangovar holga keltirilgan, o‘t o‘chiruvchilar deposi qurilishi va pardoz ishlari nihoyasiga yetkazilgan holda ishga tushirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari loyihalaydigan va quradigan xorijiy davlatlarga foydalanish uchun beriladigan obyektlar qurilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Keyinchalik foydalanish uchun ekshududiylikka ega bo‘lgan davlatlarga beriladigan obyektlarni loyihalash va qurishni nazorat qilish Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari ishini tashkil etish qo‘llanmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bu obyektlarni loyihalash va qurish O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan normalar va qoidalarga muvofiq olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Diplomatik immunitetdan foydalanuvchi obyektlar, binolar va inshootlarni qurishni nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Diplomatik immunitetdan foydalanuvchi obyektlar, binolar va inshootlarni qurishni nazorat qilish xorijiy elchixona yoki firmalar rahbar xodimlaridan rasmiy chaqiruv olingan taqdirdagina davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Loyihani tekshirish va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha diplomatik immunitetdan foydalanuvchi obyektlarni yong‘in xavfsizligi va yong‘indan muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirishga oid tavsiya tusidagi takliflar tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Loyihalash normalari mavjud bo‘lmagan loyiha yechimlarini kelishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy firmalar va qo‘shma korxonalar bilan loyihalash normalari mavjud bo‘lmagan obyektlar qurilishi loyiha yechimlarini kelishish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash boshqarmasi tomonidan Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari ishini tashkil etish qo‘llanmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha talab etiladigan yong‘inga qarshi tadbirlarning to‘liq ro‘yxati berilgan rasmiy yozma javob beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Qurilish ishlarini amalga oshirishda yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajarilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari tomonidan qurilayotgan obyektlarda qurilish ishlarini amalga oshirishda yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajarilishi xorijiy firmalar bilan tuzilgan kontrakt (shartnoma) da qabul qilingan shartlarga muvofiq tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agar bu masalalar kontraktda hal etilmagan bo‘lsa, davlat yong‘indan saqlash nazorati organlarining vakillari obyekt buyurtmachisiga tegishli takliflarni tavsiya etishlari va mazkur masalani hal qilish, uni buyurtmachi va xorijiy firmalar o‘rtasidagi shartnomada aks ettirishga oid zarur chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qurilish maydonida yong‘in chiqqan hollarda yong‘in chiqqan har bir holat, kontrakt shartlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlarida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yangi qurilishda o‘tkazilayotgan barcha chora-tadbirlar va yong‘inga qarshi rejimga rioya qilishning tashkil etilishi Binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnika bilan qayta jihozlash va tuzatish chog‘idagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bunday obyektlardagi yong‘inlarni hisobga olish hujjatlari Yong‘inlarni hisobga olish yo‘riqnomasiga muvofiq tuziladi. Davlat yong‘indan saqlash organlari xodimlarining xorijiy firma vakillari bilan yong‘in to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirishga oid ishlari faqat buyurtmachining vakillari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qurilish maydonida yong‘indan saqlash xizmati mavjud bo‘lmagan taqdirda, yong‘in xavfsizligi uchun javobgar tomon (buyurtmachi yoki xorijiy firma) yangi qurilishda chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inni o‘chirish uchun yaqin joydagi o‘t o‘chiruvchilar bo‘linmalarini jalb qilish masalasini hal etishi kerak. Buning uchun xorijiy firma yoki buyurtmachi bilan hududiy yong‘indan saqlash organi o‘rtasida shartnoma tuziladi, bu organ bunday shartnomalar tuzilgandan keyin bo‘linmalarning mazkur obyektdagi yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha xatti-harakatlariga tuzatishlar kiritishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan qurilishi tugallangan obyektlarni davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilib olish davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari tomonidan qurilish normalari va qoidalariga muvofiq hamda qurilish kontraktlari shartlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan qurilish obyektlarini ishga tushirishda davlat yong‘indan saqlash nazorati organlaridan ishchi va davlat qabul komissiyalariga vakil etib O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash boshqarmasining qaroriga ko‘ra eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan xodimlar tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat ishchi komissiyalari ishi jarayonida davlat yong‘indan saqlash nazorati vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qurilish normalari va qoidalarida, qurilish loyihasida nazarda tutilgan yong‘inga qarshi tadbirlarning bajarilishi tekshiriladi, ular quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) o‘t o‘chiruvchilar deposi qurilishining yakunlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘t o‘chirish, texnik jihozlar va tegishli asbob-uskunalari bo‘lgan o‘t o‘chirish avtomobillarining yetarli miqdorda mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) idoralararo komissiya dalolatnomasini tuzish va o‘t o‘chiruvchilar shtatlarining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) barcha qurilish konstruksiyalari, xonalarning joylashtirilishi va bezalishining yong‘inga qarshi normalarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) o‘t o‘chirish va signalizatsiya tizimlarining avtomatik rejimda harakatga keltirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) o‘t o‘chirish va signalizatsiya tizimlarining ishlab ketishi to‘g‘risidagi signallarning ventilatsiya va texnologiya uskunalari bilan bog‘lanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tashqi va ichki o‘t o‘chirish, suv manbalari, yong‘inga qarshi rezervuarlar va tarmoqlarning muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) tutunni tarqatish va olovdan himoya qilish tranzit ventilatsiya tizimlari va boshqa tadbirlar bo‘yicha ishlarning tugallanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qurilishi tugallangan obyektda yong‘inga qarshi bajarilmagan tadbirlar mavjud bo‘lsa Davlat yong‘indan saqlash nazorati vakillari qabul qilish dalolatnomasini imzolaydilar, bajarilmagan tadbirlar ro‘yxati tuziladi hamda buyurtmachiga va bosh pudratchi qurilish tashkilotiga topshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 3-son, 11-modda)