25.12.2019 yildagi 1032-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.12.2019 yildagi 1032-son
Date of entry into force
26.12.2019
Hujjat 26.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qarori)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayev va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1032-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1032-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilovaning 12 va 121-bandlaridagi “20/120” raqamlari “15/115” raqamlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Paxta tolasi majburiy tartibda sertifikatlashtiriladi, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klastyerlari doirasida oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi bundan mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish xarajatlariga kredit ajratish va topshirilgan paxta xomashyosi hamda boshoqli don uchun yakuniy oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlarining paxta xomashyosini yetishtirish boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun 2019-yilda Jamgʻarmaning krediti hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar faqat 11 oy oʻtgandan soʻng qaytariladi, har bir transh uchun qaytarish muddatini hisoblash esa paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlariga mablagʻlar kelib tushgan paytdan boshlanadi. Xuddi shunday tartib tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma kreditlarini qaytarishda ham qoʻllaniladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1032/4260-son; 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)