1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.11.00 Suvdan foydalanuvchilar birlashmalari (uyushmalari, assotsiatsiyalari)]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv isteʼmolchilari uyushmalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash hamda suv xoʻjaligi sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, suv isteʼmolchilari uyushmalari (keyin oʻrinlarda uyushmalar deb ataladi), fermer va dehqon xoʻjaliklari, klaster tashkilotlari hamda boshqa suv istemolchilarining (keyingi oʻrinlarda suv isteʼmolchilari deb ataladi) sugʻorish tarmoqlari, ulardagi gidrotexnik inshootlar va suv olish joylarining texnik holati, shuningdek, oʻzaro suv xoʻjaligi munosabatlari, suvning hisob-kitobi va suvdan samarali foydalanishning holati qoniqarsiz ahvolda hamda quyidagi tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, uyushmalar faoliyati ularga yuklangan vazifalarga mutanosib ravishda tashkil qilinmagan. Uyushmalarning ijro organlari soha boʻyicha malakali rahbar va mutaxassislar bilan taʼminlanmagan. Uyushmalar rahbarlariga qishloq xoʻjaligi va u bilan bogʻliq boshqa vazifalar yuklatilgan boʻlib, suv xoʻjaligi boʻyicha asosiy vazifalar eʼtibordan chetda qolmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, uyushmalarning suv isteʼmolchilari bilan suv isteʼmoli boʻyicha shartnomaviy munosabatlari talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan, shartnomaviy majburiyatlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat qilinmaydi. Uyushmalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilmayapti. Natijada uyushmalarning moliyaviy holati yomonlashib, ish haqi, budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar, elektr energiyasi uchun va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi yuqoriligicha qolmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, uyushmalarni binolar bilan taʼminlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalar hokimliklar va mutasaddi tashkilotlar eʼtiboridan chetda qolmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, suv isteʼmolchilarining suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga, sugʻorish tarmoqlarini va ulardagi gidrotexnik inshootlarni taʼmirlashga, suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilishga eʼtibor berilmayapti, suvning hisob-kitobini yuritish qoniqarsiz holatda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligida suvni boshqarish tizimini va suv isteʼmoli boʻyicha shartnomaviy munosabatlarni yanada takomillashtirish, suv isteʼmolchilariga koʻrsatiladigan suv xoʻjaligi xizmatlarini hamda sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Suv isteʼmolchilari, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining mavjud uyushmalar negizida har bir tuman (Quvasoy shahri)da bittadan uyushmani 1-ilovaga muvofiq koʻrsatkichlar asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar uyushmalar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.07.00 Suvdan foydalanish huquqining vujudga kelishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer va dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari, klaster tashkilotlari va boshqa suv isteʼmolchilari (keyingi oʻrinlarda suv isteʼmolchilari deb ataladi) oʻrtasida oʻzaro suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish hamda suv isteʼmoli boʻyicha shartnomaviy munosabatlarni yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda suv isteʼmolchilarining suv isteʼmoli rejalari va suv olish limitlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash, ajratilgan limit doirasida suv yetkazib berish, uning hisob-kitobini va tizimli monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan birgalikda uyushma va uning gidrouchastkalarini malakali kadrlar bilan butlash hamda ularning faoliyatini samarali tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda oʻz hisobidagi sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash va tiklash, suv isteʼmolchilarining suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda ularning ichki sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash ishlarini tashkil qilish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.11.00 Suvdan foydalanuvchilar birlashmalari (uyushmalari, assotsiatsiyalari)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan birgalikda sugʻorish tarmogʻini rekonstruksiya qilish va qurish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini belgilangan tartibda tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz hisobidagi suv xoʻjaligi obyektlaridan maqsadli foydalanish, ularni texnik soz holda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda suvni boshqarishda innovatsion usullarni joriy etish, suv isteʼmolchilari tomonidan tomchilatib sugʻorish va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalar joriy qilinishini tashkil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmoli rejalari, suv olish limitlari, biznes-rejalari uyushmaning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.05.00 Davlat boji]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan uyushmalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganda davlat boji toʻlovlaridan, istisno tariqasida, ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Uyushmalarning ijrochi direktorlari lavozimiga suv xoʻjaligi sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli, ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslarni tayinlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahri) hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalarni qayta tashkil etish masalalariga koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalar tomonidan suv isteʼmolchilariga koʻrsatilgan suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishni tashkil qilishda yordam koʻrsatsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalar faoliyatini samarali tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalarni vazirlik tizimidagi tashkilotlar binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda uyushmalarni malakali mutaxassislar bilan taʼminlash va ularning malakasini oshirish choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.04.00 Suv xoʻjaligi balanslari. Suvdan foydalanish uchun limitlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uyushmalarga suv isteʼmoli boʻyicha rejalarni ishlab chiqish, suv olish limitlarini tasdiqlash, shartnomalar tuzish hamda suvning hisob-kitobini yuritishda tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalarga sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish ishlarini tashkil qilishda koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda uyushmalarning suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiyalash, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalar bilan birgalikda suv xoʻjaligi obyektlari va suv resurslaridan foydalanish boʻyicha namunaviy tartibni ishlab chiqsin hamda uni joriy qilishda koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.07.00 Suvdan foydalanish huquqining vujudga kelishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalar tomonidan barcha suv isteʼmolchilariga koʻrsatiladigan suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar miqdori uyushmalarning umumiy yigʻilishida har yili tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda shartnomalar asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xoʻjaligi korxonalariga boshoqli don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan kreditlar hisobidan uyushmalarga suv xoʻjaligi xizmati xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻ jami kreditlarning 1 foizidan kam boʻlmagan miqdorda, paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlarda esa 2 foizdan kam boʻlmagan miqdorda belgilanishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning uchinchi xat boshisida nazarda tutilgan mablagʻlar suv isteʼmolchilari tomonidan ularga uyushmalar koʻrsatadigan xizmatlar uchun toʻlanishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi, uyushmalar tomonidan suv limit asosida yetkazib berilishi hamda suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli ravishda nazorat oʻrnatsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Energetika vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalarning elektr energiyasi, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra qarzlarni toʻlash muddatini 2022-yilga qadar uzaytirish hamda ularni 2-ilovaga muvofiq jadvalga asosan 2024-yil 31-dekabrga qadar toʻliq qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalarga soliq va yigʻimlar boʻyicha hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushmalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (Quvasoy shahri) hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan qarzdorlik belgilangan muddatlarda toʻlanishi uchun masʼuldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi uyushmalarga soliq va yigʻimlar boʻyicha hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaxabov, Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 11-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
982-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 982-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mavjud uyushmalar negizida har bir tuman (Quvasoy shahar)da bittadan uyushma tashkil qilish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOʻRSATKICHLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mavjud uyushmalar soni
Mavjud uyushmalar negizida yangidan tashkil qilinadigan uyushmalar soni
Yangidan tashkil qilinadigan uyushmalarning hududiy gidrouchastkalari* soni
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
127
15
127
viloyatlar:
Andijon
99
14
99
Buxoro
131
11
131
Jizzax
116
12
116
Qashqadaryo
152
13
152
Navoiy
55
6
55
Namangan
134
11
134
Samarqand
41
14
41
Surxondaryo
151
13
151
Sirdaryo
108
8
108
Toshkent
148
15
148
Fargʻona
128
16
128
Xorazm
113
10
113
Jami
1503
158
1503
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Hududiy gidrouchastkalar (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinma) soni joylardagi holatdan kelib chiqib uyushmalar tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 982-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushmalarning 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra elektr energiyasi uchun, soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorliklari hamda ularni toʻlash muddatlari
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mln soʻm
Elektr energiyasidan
Soliq va yigʻimlardan
jami
qarzdorlik
jami qarzdorlikni toʻlash muddatlari
asosiy qarzdorlik
penya
asosiy qarzdorlikni toʻlash muddatlari
2022-yil
2023-yil
2024-yil
2022-yil
2023-yil
2024-yil
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
648
276
216
216
216
viloyatlar:
Andijon
13789
4 596,3
4 596,3
4 596,4
3 888
1 376
1 296
1 296
1 296
Buxoro
756
263
252
252
252
Jizzax
19823
6 607,7
6 607,7
6 607,6
1 440
503
480
480
480
Qashqadaryo
4899
1 633,0
1 633,0
1 633,0
3 096
993
1 032
1 032
1 032
Navoiy
8079
2 693,0
2 693,0
2 693,0
936
268
312
312
312
Namangan
4351
1 450,3
1 450,3
1 450,4
2 988
1 175
996
996
996
Samarqand
2 088
571
696
696
696
Surxondaryo
12
4,0
4,0
4,0
2 124
709
708
708
708
Sirdaryo
56380
18 793,3
18 793,3
18 793,4
3 960
1 434
1 320
1 320
1 320
Toshkent
27526
9 175,3
9 175,3
9 175,4
1 116
350
372
372
372
Fargʻona
5567
1 855,7
1 855,7
1 855,6
5 040
1 601
1 680
1 680
1 680
Xorazm
25
8,3
8,3
8,4
900
324
300
300
300
Jami
140 451,0
46 817,0
46 817,0
46 817,2
28 980
9 843
9 660
9 660
9 660
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 09/19/982/4137-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)