Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 10.06.1995 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.06.1995 yildagi 215-son
Date of entry into force
10.06.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKANING AHOLIGA AVTOMOBIL BENZININI NAQD PULGA SOTUVChI AYRIM AVTOMOBIL YoNILFISI QUYISh ShOXOBChALARINI XUSUSIYLAShTIRISh TO‘FRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish, ichki bozorni neft mahsulotlari bilan to‘ldirish, bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 1995-yil mobaynida respublikaning aholiga avtomobil yonilg‘isini naqd pulga sotuvchi ishlab turgan 158 ta avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablag‘lar manbai to‘g‘risida deklaratsiya talab qilmasdan, kimoshdi savdolarida va tanlov asosida sotsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini sotishdan tushgan mablag‘, sotish narxining butun summasini to‘lash uchun bir oy muddat belgilangan holda, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq to‘lash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik vaqtinchalik nizomga muvofiq taqsimlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qo‘yilsinki, xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarida ularning egalari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidan keltiriladigan yoki tovar-xomashyo birjalarida xarid qilingan neft mahsulotlari sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xususiylashtirilgan xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq amalga oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining neft mahsulotlari sotib olish, qabul qilish, saqlash, sotish va hisobga olish, texnika va yong‘in xavfsizligi, atrof muhitni muhofaza qilish, sotiladigan neft mahsulotlari sifatiga, shuningdek Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan qoidalarga rioya etishlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari V.A. Chjen va Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 10-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215-son