25.10.2019 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 25.10.2019 yildagi 20-son
Date of entry into force
25.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, sudlar tomonidan mazkur masalaga doir qonun hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlov tushuniladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji boshqa majburiy toʻlovlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi tufayli, sudlar maʼmuriy ishlar boʻyicha davlat boji undirishga doir qonun talablariga soʻzsiz rioya etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tushuntirilsinki, maʼmuriy ishlar boʻyicha davlat boji quyidagilardan undiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) birinchi instansiya sudiga beriladigan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni roʻyxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MSIYUtKning 271-moddasida koʻrsatilgan investitsiya nizolari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MSIYUtKning 272-moddasida koʻrsatilgan raqobat toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MSIYUtKning 27-moddasida koʻrsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat)lardan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan:
(3-band 2-kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yuritishni tugatish, arizani koʻrmasdan qoldirish, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan;
(3-band 2-kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) sud hujjatlarining dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish hujjatlaridan fotonusxa koʻchirish uchun davlat boji undirilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maʼmuriy ishlar boʻyicha davlat bojini toʻlash bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 12-bobi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat boji ariza, shikoyat (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) sudga berilgunga qadar toʻlanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan boʻlsa (masalan, toʻlovchi davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan yoki sud davlat boji toʻlashni kechiktirgan yoxud boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat bergan boʻlsa).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji naqd pulsiz shaklda toʻlanganligi fakti bankning toʻlov qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi yoki elektron toʻlov tizimidan olingan maʼlumotlar bilan tasdiqlanishi shart.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji naqd pul shaklida toʻlanganligi fakti bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar muayyan sudda koʻrilishi kerak boʻlgan bir nechta arizalar boʻyicha davlat boji bir toʻlov topshiriqnomasi bilan toʻlangan boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qolgan ishlarga sudya tomonidan toʻlov topshiriqnomasi sanasi va raqami koʻrsatilgan hamda toʻlov topshiriqnomasi qoʻshib qoʻyilgan ishga havola qilingan holda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi (maʼlumotnoma tuziladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. MSIYUtK 131-moddasining uchinchi qismi mazmuniga binoan, sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda davlat boji kam toʻlanganligi aniqlansa, sudya ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida arizachini ajrim orqali xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur koʻrsatma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sudya ariza (shikoyat) va unga ilova qilingan hujjatlarni MSIYUtK 134-moddasi birinchi qismining 11-bandiga asosan qaytaradi.
(51-band Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shuni nazarda tutish lozimki, toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji miqdori arizachi sudga murojaat qilayotgan talabining turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir nechta mustaqil talablardan iborat boʻlgan arizalardan davlat boji har bir talab boʻyicha, ushbu talab uchun belgilangan tegishli stavkalar boʻyicha alohida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar, arizada javobgar zimmasiga muayyan majburiyat yuklashning soʻralishi alohida talab emas, balki huquqni tiklash chorasi hisoblanishiga eʼtibor qaratishlari lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga koʻra uchinchi shaxslar ishga mustaqil talablar bilan kirishganida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishga kirishgan arizachining huquqiy vorisidan davlat boji, agar u muqaddam toʻlanmagan boʻlsa, umumiy asoslarda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza bir necha shaxs tomonidan birgalikda taqdim etilganda, davlat boji mazkur turdagi talab uchun belgilangan miqdordan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashtirilgan bir yoki bir necha talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilganda, qonun hujjatlari talablariga muvofiq toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. U alohida ajratilgan ish yuritish boʻyicha hisobga olinadi, bu haqda sudya tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuziladi va ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sud tomonidan koʻrmasdan qoldirilgan ariza takroran berilganda davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, agar ariza koʻrmasdan qoldirilganligi yoki qaytarilishi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi lozim boʻlgan, lekin qaytarilmagan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilgan yoki qaytarishga asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng takroran berilgan holda arizaga, agar davlat boji budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, davlat boji toʻlanganligi haqidagi dastlabki hujjat ilova qilinishiga yoʻl qoʻyiladi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining toʻrtinchi va yigirma birinchi qismlari).
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji masalasi hal qilinmasdan sudning ish yurituviga qabul qilingan ariza (shikoyat)lar MSIYUtKning 105-moddasiga asosan koʻrmasdan qoldirilganda, davlat bojini undirish (sud xarajatlarini taqsimlash) umumiy asoslarda hal qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi talabidan kelib chiqib, ariza (shikoyat)lar MSIYUtKning 105-moddasi 1, 5-bandlariga asosan koʻrmasdan qoldirilganda, davlat boji undirilmasligini eʼtiborga olishlari lozim.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudga davlat boji toʻlanmagan ariza kelib tushganda, sudya qonun boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslar roʻyxatiga arizachi kirishi yoki kirmasligini tekshirishi shart (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi). Agar arizachi qonunga koʻra, davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa va arizada uni toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma mavjud boʻlmasa, shuningdek pochta xarajatlari toʻlanmaganda, sudya toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji, pochta xarajatlari summasini hamda ushbu kamchilik bartaraf qilingandan soʻng arizachining umumiy tartibda takroran murojaat qilish huquqini koʻrsatgan holda arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi (MSIYUtK 134-moddasi).
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun boʻyicha sudya maʼmuriy sudga murojaat qilishda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat bojini toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod etish huquqiga ega emasligini nazarda tutish lozim. Biroq, arizachining mulkiy ahvolidan kelib chiqib, (masalan, ish haqi (daromadi), uning mulkida boʻlgan mol-mulklari, bankdagi mablagʻlari, voyaga yetmagan farzandlari, boshqa qaramogʻidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va h.k.) sudya davlat bojini toʻlashni kechiktirishni yoki boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini arizani ish yurituvga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoki arizachining iltimosnomasini qanoatlantirish haqidagi alohida ajrimda hal qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan davlat bojini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni qisman yoki bir yoʻla toʻlashga qurbi yetmasligini tasdiqlovchi holatlar mavjudligi haqidagi dalillarni tekshirishi lozim. Pul mablagʻlarining mavjud emasligi toʻgʻrisidagi bankning tasdigʻi sudga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat bojini qaytarish asoslari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan boʻlib, uning maʼnosiga koʻra, davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi, boshqa hollarda esa toʻliq hajmda qaytariladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlar nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalillarni joyida koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori sud chiqimlarini toʻlashdan ozod etish qonunda nazarda tutilmaganligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MSIYUtK 113-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra undirilishi lozimligiga sudlarning alohida eʼtibori qaratilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sud chiqimlarining taraf (taraflar) tomonidan oldindan kiritilmaganligi guvohni, ekspertni, mutaxassisni chaqirish, joyiga borib koʻzdan kechirish haqida qilingan iltimosnomani, agar bu taraflarning huquq va majburiyatlarini, ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona aniqlash uchun zarur boʻlsa, qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda ishni koʻrish bilan bogʻliq sarf qilingan chiqimlar, MSIYUtK 115-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha sud hujjati qabul qilinayotganda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi bilan belgilangan.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Umumiy qoidaga koʻra, ish boʻyicha sud xarajatlarini nizoda nohaq boʻlib chiqqan taraf toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga undirish MSIYUtK 115-moddasi bilan tartibga solinadi. Shu sababli sud muhokamasi jarayonida sud (sudya) sud xarajatlari bilan bogʻliq holatlarni tekshirishi, bu holatlar boʻyicha sud hujjatining asoslantiruvchi qismida tegishli xulosalar qilishi va, nafaqat undiruvga boʻlgan huquqni, balki ish boʻyicha tarafdan (taraflardan) undirilishi lozim boʻlgan aniq summani belgilashi hamda shu summani sud hujjatining xulosa qismida koʻrsatishi lozim.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari oʻzlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoyasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinganligi, ishning natijasi boʻyicha talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi sudlarga tushuntirilsin (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 10-moddasi birinchi qismining 1-bandi va ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarning talablari qanoatlantirilganda davlat boji javobgardan (davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa) qonunda arizachi uchun belgilangan stavkada undiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Arizachi toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan davlat daromadiga undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta arizachi tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan ariza toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, u davlat foydasiga alohida har bir javobgardan qanoatlantirilgan talablarga mutanosib ravishda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza qanoatlantirilgan holda arizachining tegishli iltimosnomasi mavjud boʻlgandagina, sud xarajatlari uning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvini roʻyxatga olish rad etilganligi yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakat (harakatsizlik)lari yuzasidan, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan nizolashish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat qilishda davlat boji toʻlashdan ozod etilmaganligi bois Davlat boji stavkalariga asosan BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji toʻlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini koʻzlab sudga davlat boji toʻlamasdan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan taqdim etilgan ariza (shikoyat) qanoatlantirishdan rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-sonli Qarorining 3-bandiga asosan manfaati koʻzlab ariza (shikoyat) kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qoida ariza koʻrmasdan qoldirilgan yoki ish yuritish tugatilganda ham qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi moliya organlari tarkibiga kirishi sababli “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 10-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha davlat bojidan ozod etilganligiga eʼtibor qaratilsin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tushuntirilsinki, arizachi arz qilgan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarning oʻrni javobgar tomonidan qoplanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan arizachi oʻz talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan holda, davlat boji javobgardan davlat daromadiga undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelishuv bitimi tuzgan boʻlib, unda sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud boʻlsa, sudlar davlat bojini ushbu kelishuvga muvofiq taqsimlashi, kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisida shart mavjud boʻlmasa, bu masala kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, MSIYUtKda belgilangan umumiy tartibda hal etilishiga sudlarning eʼtibori qaratilishi lozim.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. MSIYUtK 162-moddasiga koʻra, sud xarajatlari masalasiga doir qoʻshimcha hal qiluv qarori faqat, bu masala hal qiluv qarori chiqarish vaqtida yechilmagan holdagina chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat boji bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan umumiy asoslarda shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sudlar nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 10-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar sud hujjatlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojidan ozod etilgan.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati, taftish tartibidagi shikoyatni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, sud “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 10-moddasining ikkinchi qismi talablaridan kelib chiqib, davlat boji masalasini hal qilishi lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Shuni nazarda tutish lozimki, Oliy sudning sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni oʻrganish davomida yuridik ahamiyatga molik boʻlgan bir qator harakatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, agar, davlat boji oldindan toʻlanmagan boʻlsa-da, biroq buning uchun taftish shikoyati qaytarilmagan boʻlsa, shikoyatni Oliy sudning Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish rad etilganda davlat boji umumiy asoslarda undirilishi lozim.
(211-band Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. MSIYUtK 206-moddasining birinchi qismi, 230-moddasining birinchi qismi hamda 255-moddasining birinchi qismida apellyatsiya, kassatsiya va taftish protestlariga pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi nazarda tutilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori protest asosida koʻrilgan ish boʻyicha sud xarajati ishni koʻrish natijasiga koʻra, tegishli tarafdan undirilishiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish shikoyatidan voz kechilgan va shikoyatdan voz kechish sud tomonidan qabul qilinib, shikoyat boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, toʻlanmagan davlat boji esa shikoyat bergan shaxsdan undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu qoida apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish shikoyati koʻrmasdan qoldirilganida ham tatbiq etiladi.
(212-band Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yuqori instansiya sudlari maʼmuriy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrish vaqtida quyi instansiya sudlari tomonidan sud xarajatlarini undirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tuzatish choralarini koʻrishi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda davlat boji tushumlari hisobga olinishini vaqti-vaqti bilan taqqoslash oʻtkazishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 25-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-son