Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2001 15.06.1992 yildagi 284-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.06.1992 yildagi 284-son
Date of entry into force
15.06.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“RESPUBLIKA QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI QOʻShIMChA QIYMATDAN BUDJETGA SOLIQ TOʻLAShDAN OZOD QILISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 2001-yil 16-may 217-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Respublika qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻshimcha qiymatdan budjetga soliq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-maydagi Farmonga muvofiq hamda qishloq xoʻjaligi xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish, ularning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, dehqonchilik sanoati kompleksi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari jamoa, davlat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarini 1992-yilning 1-iyunidan boshlab qoʻshimcha qiymatdan budjetga soliq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi Farmonni ogʻishmay amal qilish va bajarish uchun qabul qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoati”, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Oʻzbaliq” konserni, “Oʻzkooptayyorlovsavdo”, Oʻzbekbirlashuv va ularning joylardagi organlari qoʻshimcha qiymatdan soliq toʻlashdan ozod qilish hisobiga olingan qoʻshimcha mablagʻlarni asosan ish haqini oshirishga ajratsinlar, bunda mehnatga haq toʻlash fondini mahsulot yetishtirish xarajatlarining yetmish foiziga qadar yetkazishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ana shu soliq qiymati qoʻshilgan xomashyo, materiallarning sotib olinishi, xizmatlar va ishlardan foydalanilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tannarxi mazkur xarajatlarni hisobga olgan holda belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning 1992-yil budjetiga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamoa, davlat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-apreldagi 186-son qarori 5-bandining amal qilishi bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 15-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
284-son