Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2014 27.07.1995 yildagi 293-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 27.07.1995 yildagi 293-son
Date of entry into force
27.07.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘SIMLIK DUNYoSIGA ETKAZILGAN ZARAR UChUN UNDIRILADIGAN JARIMA MIQDORLARINI HISOBLASh TAKSALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va o‘simlik dunyosini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan o‘simliklar dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalari 1—6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni undirishdan olingan mablag‘lar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar huquqbuzarlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi inspektorlari tomonidan aniqlangan hollarda – tabiatni muhofaza qilishning mahalliy fondlariga o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish fondlari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar huquqbuzarlik davlat o‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasining o‘rmonlarni qo‘riqlash inspektorlari tomonidan aniqlangan hollarda – respublika budjetiga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar huquqbuzarlik davlat qo‘riqxonasi yoki milliy tabiat bog‘i hududida sodir etilgan bo‘lsa, u kim tomonidan aniqlangan bo‘lishidan qat’i nazar, davlat qo‘riqxonasi va milliy tabiat bog‘ining hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Dehqonchilik sanoati majmui bo‘limiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 27-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
293-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar tomonidan daraxtlar va butalarni kesish va o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlashdan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taksasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element










‎‎
‎Buzilishlar turlari‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima‎

suvni muhofaza qilish va eroziyaga qarshi funksiyalarni bajaruvchi o‘rmonlar, alohida qimmatli o‘rmon massivlari, shahar o‘rmonlari, shaharlar va aholi yashash joylari atrofidagi yashil zonalar o‘rmonlari, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar, o‘rmon-bog‘lar, o‘rmon-mevali daraxtzorlar, atrof muhitni himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa o‘rmonlar, shuningdek, aholi yashash joylari va transport magistrallarining o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraxt-buta yashil daraxtzorlari‎ muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi o‘rmonlar va daraxt-buta o‘simliklar‎

1‎

2‎

3‎

Kesilgan yoki o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlangan har bir daraxt uchun, to‘nkasi oldidagi diametri (sm):‎
4 santimetrgacha bo‘lganni ham qo‘shib‎

0,2‎

0,3‎

4,1—8
‎8,1—‎12
‎12,1—16
‎16,1—20
‎20,1—24
‎24,1—28
‎28,1—32
‎32,1—36
‎36,1—40
‎40,1—44
‎44,1—48
‎48,1—52

0,3
‎0,4
‎0,8
‎1,1
‎1,5
‎1,9
‎2,4
‎3,1
‎4,0
‎5,3
‎6,6
‎8,4‎

0,4
‎0,7
‎1,2
‎1,8
‎2,3
‎3,0
‎3,4
‎4,8
‎6,0
‎8,0
‎10,0
‎12,6‎‎

52 santimetrdan oshgan diametrning har bir santimetri uchun‎



‎0,4‎



‎0,7‎

barcha turdagi manzarali va texnik ekin ‎tupi uchun ‎


‎‎0,4‎ ‎


‎0,6‎

quyidagilarning taxlangan har bir kub metri‎ uchun:
‎saksavul‎

1,4‎

2,0‎

‎cherkez, kandim, yulg‘un va boshqa butasimon turlar‎


‎‎0,3‎‎


‎‎0,4‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yong‘oq, pista, nok, olma, shunigdek, qarag‘ay, barcha turdagi archa, tuyya, eman, chinor, shumtol, zarang, qayinni qonunsiz kesganlik yoki o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikast yetkazilganlik uchun undiriladigan pul miqdori suvni muhofaza qilish va eroziyaga qarshi funksiyalarni va boshqalarni bajaruvchi o‘rmonlarga belgilangan va besh baravar ko‘paytirilgan taksa bo‘yicha hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar daraxtlarni va butalarni kesganlik yoki o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikast yetkazilganlik uchun yetkazilgan zararni suvni muhofaza qilish hamda eroziyaga qarshi va boshqa funksiyalarni bajaruvchi o‘rmonlarga belgilangan taksaning besh baravar oshirilgan miqdorida qoplaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan o‘rmon ekinlari, o‘rmon ko‘chatzorlaridagi urug‘dan ko‘kartirilgan ko‘chatlar va ko‘chatlarni, shuningdek, o‘rmonzorni tiklashga mo‘ljallangan maydonlardagi tabiiy holda o‘sgan va to‘kilgan urug‘idan unib chiqqan yosh o‘rmon daraxtlarini yo‘q qilish yoki shikastlash oqibatida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taksasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ko‘chatlar turlari‎

O‘lchov birligi‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

O‘rmon ekinlari:
‎sug‘oriladigan yerlarda
‎lalmi yerlarda
‎yo‘l chetidagi daraxtlar
‎qumga ekiladigan turlar
‎tog‘ yonbag‘ri terrasalarida‎


‎ga
‎ga
‎pog. km
‎ga
‎ga‎


‎30,0
‎16,0
‎30,0
‎4,0
‎30,0‎

Tabiiy holda o‘sgan yosh daraxtlar va to‘qilgan urug‘lardan o‘sgan daraxtlar:
‎‎to‘qay o‘rmonlari
‎‎cho‘l-qumli yerlardagi o‘rmonlar
tog‘ o‘rmonlari‎‎



‎ga
‎ga
‎ga‎



‎10,0
‎5,0
‎15,0‎‎

Bog‘lar‎

ga‎

15,0‎

Ko‘chatzorlar:
‎barcha turdagi ekma ko‘chatlar
‎ko‘chatlar‎


‎100 kv. m
‎100 kv. m‎


‎15,0
‎20,0‎

Barcha turdagi daraxt ko‘chatlari plantatsiyalari‎

har donasi uchun‎

0,4

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy holda o‘sib chiqqan yoki urug‘idan unib chiqqan yosh o‘rmon ekinlari, yong‘oq, pista, nok, olma, qarag‘ay, barcha turdagi archa, tuyya, eman, chinor, shumtol, zarang, qayin va qimmatli daraxt turlarining 10 yoshgacha bo‘lganlari nobud qilinganda yoki shikastlantirilganda jarima uch baravar ko‘paytirilgan mazkur taksa bo‘yicha hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rmon ekinlari, tabiiy holda o‘sgan yoki urug‘idan unib chiqqan yosh o‘rmon daraxtlarining 10 yoshdan ortiq bo‘lganlariga yetkazilgan zarar uchun jarima 1-ilovada nazarda tutilgan taksa bo‘yicha hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardagi o‘rmon ekinlari, tabiiy holda o‘sgan va urug‘idan unib chiqqan yosh o‘rmon daraxtlari yo‘q qilinganda yoki ularga shikast yetkazilganda jarima uch baravar ko‘paytirilgan mazkur taksa bo‘yicha hisoblanadi.
(izoh uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan o‘rmonlarda hamda o‘rmon bilan qoplanmagan davlat o‘rmon fondi yerlarida, shuningdek, o‘rmon fondiga kirmaydigan aholi yashash joylaridagi va transport magistrallaridagi daraxtzorlarda o‘tlarni o‘zboshimchalik bilan o‘rib olish va chorva mollarini o‘tlatish natijasida o‘simliklar dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taksasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Buzilishlar turlari‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

O‘zboshimchalik bilan o‘t o‘rib olganda har gektar uchun:
‎pichanzor va yaylovlarda:
‎ekilgan o‘tlar
‎yaxshilangan tabiiy
‎yaxshilanmagan tabiiy
‎pichanzorlardan tashqari uchastkalarda‎




‎10,0
‎5,0
‎3,0
‎4,5
‎‎

Yaylovda o‘zboshimchalik bilan mol boqqanda:
‎yaylovlarda:
‎har bosh qora mol, ot, tuya va echki uchun
‎2 yoshgacha bo‘lgan bir bosh yosh qoramol, ot, tuya, qo‘y uchun

‎yaylovlardan tashqari uchastkalarda:
‎bir bosh qora mol, ot, tuya va echki uchun
‎2 yoshgacha bo‘lgan bir bosh yosh qoramol, ot, tuya, qo‘y uchun‎‎




‎0,5

‎0,2



‎0,7

‎0,3

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rmon biletisiz o‘t o‘rish va mol boqish, shuningdek, o‘rmon bileti bor bulsa-da, unda ko‘rsatilmagan joyda o‘t o‘rilsa yoki mol boqilsa o‘zboshimchalik bilan o‘t o‘rish yoki mol boqish hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar mol belgilangan muddatlarni buzgan holda yoki cho‘ponsiz boqilsa, bu ham o‘zboshimchalik hisoblanadi, cho‘ponsiz mol boqishga ruxsat etilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar o‘zboshimchalik bilan o‘t o‘rish yoki mol boqish natijasida daraxtlar, tabiiy holda o‘sgan va to‘kilgan daraxt urug‘laridan unib chiqqan nihollarga shikast yetkazilgan yoki yo‘q qilingan bo‘lsa, undirib olinadigan jarima miqdori bir vaqtning o‘zida ushbu taksa bo‘yicha va 2-ilovada ko‘rsatilgan taksa bo‘yicha hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda o‘zboshimchalik bilan o‘t o‘rilganda va mol boqilganda undirib olinadigan jarima miqdori uch baravar oshirilgan ushbu taksa bo‘yicha hisoblanadi.
(izoh to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan taqiqlangan yoki faqat o‘rmon biletlari bilan kirish mumkin bo‘lgan uchastkalarda yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, yong‘oqlar, rezavorlar, dorivor o‘simliklar va texnik xomashyoni o‘zboshimchalik bilan yig‘ib olish natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taksasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar mahsulotlari‎

Har bir kilogramm uchun belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

Yong‘oq
Pista, bodom (shirin va achchiq)
‎Zirk, oblepixa
‎Do‘lana
‎Na’matak
‎Olma (yovvoyi), o‘rik (yovvoyi), tog‘olcha
‎Zira
‎Dorivor o‘simliklar xomashyosi
‎Texnika o‘simliklari xomashyosi‎‎

0,7
‎1,0
‎0,3
‎0,2
‎0,4

‎0,1
‎4,0
‎0,5
‎0,4‎‎

Qamish: taxlab qo‘yilgan massaning
‎ 1 kub metri uchun
‎ o‘rilgan 1 kv. metri uchun‎


‎1,0
‎0,2‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni, oziq-ovqat va texnika o‘simliklarini yig‘ishda o‘rmonlarni yangilash uchun belgilangan maydonlarda tabiiy holda o‘sib chiqqan va to‘kilgan daraxt urug‘laridan unib chiqqan nihollar yo‘q qilinganda yoki shikastlanganda undiriladigan jarima miqdori bir vaqtning o‘zida ushbu taksa va 2-ilovada nazarda tutilgan taksa bo‘yicha hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, yong‘oqlar, rezavorlar, dorivor o‘simliklar va texnik xomashyolar qo‘riqlanayotgan tabiiy hududlarda o‘zboshimchalik bilan terilganda undiriladigan jarima miqdori uch baravar ko‘paytirilgan ushbu taksa bo‘yicha hisoblanadi.
(izoh ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan daraxtlar va butazorlarni o‘sishdan to‘xtashga sabab bo‘lmaydigan darajada zararlantirish natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taksasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

O‘sishdan to‘xtab qolish darajasigacha yetmagan har bir shikastlangan daraxt va buta uchun‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

suvlarni muhofaza qilish va eroziyaga qarshi funksiyalarni bajaruvchi o‘rmonlar, alohida qimmatli o‘rmon massivlari, shahar daraxtzorlari, shaharlar va aholi yashash joylari atrofida yashil zonalar daraxtzorlari, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan daraxtzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari‎, atrof muhitni muhofaza qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa daraxtzorlar, shuningdek, aholi yashash joylaridagi va transport magistrallarining o‘rmon fondiga kirmaydigan yashil daraxt-butazorlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi o‘rmonlar va daraxt-buta o‘simliklar‎
10 yoshdan
‎katta daraxt
Buta‎


‎0,3
‎0,1‎


‎0,4
‎0,2‎

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan 10 yoshgacha bo‘lgan daraxtlarni o‘sishdan to‘xtab qolish darajasigacha yetmagan shikastlantirish natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirib olinadigan jarima miqdori 2-ilovada nazarda tutilgan taksa bo‘yicha belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yong‘oq, pista, nok, olma, shunigdek, qarag‘ay, barcha turdagi archa, tuyyaga dekabrdan yanvar oyigacha bo‘lgan davrda, eman, chinor, shumtol, zarang va qayinga o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikast yetkazilganda jarima uch baravar ko‘paytirilgan mazkur taksa bo‘yicha hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat o‘rmon fondi yerlarida pichanzor va yaylovlarga ziyon yetkazish natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taksasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ziyon yetkazilgan pichanzor yoki yaylovning har gektari uchun‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

Ekinlar o‘tlar‎

17,0‎

Yaxshilangan tabiiy yerlar‎

10,0‎

Yaxshilanmagan tabiy yerlar‎

7,0‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘rmon xo‘jaligiga ziyon yetkazilganligi uchun moddiy javobgarlik tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 1969-yil 2-yanvardagi 4-son qarori (O‘zSSR QT, 1969-y., 1-son, 2-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aholi tomonidan daraxtlarni noqonuniy kesish va o‘rmonga zarar yetkazish bilan (o‘sishdan to‘xtatish darajasigacha) yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalari, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR o‘rmonlariga beriladigan daraxtlar uchun taksalarning 07-01-04-son preyskurantlarini va 07-02-son preyskuranti bilan nazarda tutilmagan dumaloq va yog‘och turidagi yog‘och materiallariga 07-28-04-son ulgurji narxlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1980-yil 15-dekabrdagi 835-son qaroriga 1-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yig‘ishga tayyorlash tartibi, o‘rmonlarda va davlat o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, yong‘oqlar, rezavorlar, dorivor o‘simliklar va texnik xomashyolarni yig‘ishga tayyorlash uchun taksalar to‘g‘risida” 1987-yil 9-martdagi 104-son qaroriga 2-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yig‘ishga tayyorlash tartibi, o‘rmonlarda va davlat o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, yong‘oqlar, rezavorlar, dorivor o‘simliklar va texnik xomashyolarni yig‘ishga tayyorlash uchun taksalar to‘g‘risida” 1987-yil 9-martdagi 104-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 7-son, 26-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)