Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TEMIR-TERSAK PARCHALARI VA QORA METALLAR CHIQINDILARINI TAYYORLASH, QAYTA ISHLASH VA YETKAZIB BERISH KORXONALARINI OʻZBEKISTON METALLURGIYA ZAVODIGA BERISH TOʻGʻRISIDA
Korxonalar, tashkilotlar va aholining temir-tersak hamda qora metallar chiqindilarini topshirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, ularni tayyorlash bilan shugʻullanuvchi sexlar va uchastkalarni texnika bilan qayta jihozlashni tezroq amalga oshirish, xodimlarning ishlab chiqarish va maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda ana shu asosda tayyor prokat ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston metallurgiya zavodi va “Oʻzkoopikkilamchimetall” respublika kooperativ birlashmasining “Oʻzkoopikkilamchimetall” respublika kooperativ birlashmasining temir-tersak va qora metallar tayyorlash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi sex va uchastkalarini Oʻzbekiston metallurgiya zavodiga berish toʻgʻrisidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Oʻzbekiston davlat metallurgiya sanoati konserni tegishli komissiya tuzsin va 10 kun muddat ichida qayd qilingan korxonalarning belgilangan tartibda berilishi va qabul qilinishini taʼminlasin.
2. Oʻzbekiston metallurgiya zavodi zimmasiga quyidagi funksiyalar yuklatilsin:
respublikada temir-tersak hosil boʻlishini, temir-tersak va qora metallar chiqindilari tayyorlash, toʻplash va qabul qilishni oʻrganish;
temir-tersak va qora metallar chiqindilariga dastlabki ishlov berish;
qora metallar parchalarini isteʼmolchilarga yetkazib berish.
3. Oʻzbekiston davlat metallurgiya sanoati konserni va Oʻzbekiston metallurgiya zavodi zamonaviy asbob-uskunalar, yuk koʻtarish va transport vositalari bilan jihozlangan qora metallar parchalari toʻplash, qabul qilish va qayta ishlash boʻyicha yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan sexlar va uchastkalar tashkil etilishini taʼminlasinlar,
4. Oʻzbekiston metallurgiya zavodi:
korxonalarning barqaror ishlashini, qora metallar prokati ishlab chiqarishni koʻpaytirishni va uni loyiha quvvatlariga yetkazishni;
metall parchalari tayyorlash hajmlaridan qatʼi nazar, mashinasozlik hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarning ehtiyojlariga muvofiq temir-tersak va qora metallar chiqindilarini Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga birinchi navbatda yetkazib berishni;
“Oʻzshartnomasavdo” tomonidan ajratilgan kvotalar boʻyicha qora metallar prokati yetkazib berish shartnomalarining toʻla tuzilishini hamda uning 1992-yilda belgilangan metall parchalari topshirish topshiriqlarining bajarilishiga mutanosib ravishda yuklatilishini (davlatlararo bitimlar boʻyicha yetkazib berishlar ham shu jumlaga kiradi) taʼminlasin. Metall parchalari topshirish boʻyicha topshiriqqa ega boʻlmagan respublika korxonalari va tashkilotlariga ajratilgan kvotalar boʻyicha qora metallar prokati yetkazib berishni temir-tersak topshirish toʻgʻrisida talab qoʻymasdan, toʻsqinliksiz amalga oshirsin;
navbat kutishlar va temir-tersak ortilgan avtomashinalarning toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymagan holda temir-tersak topshiruvchilardan metall parchalari qabul qilib olishning puxta tizimini tashkil etishni, sortlarga ajratilmagan va nogabarit temir-tersaklar va qora metallar chiqindilari qabul qilib olinishini, keyinchalik ishlatish uchun ularni sortlarga ajratish va qayta ishlashni, shahar va qishloq joylardagi egasiz temir-tersaklarni toʻplash boʻyicha tezkorlik bilan ishlovchi koʻchma punktlar tashkil etilishini taʼminlasin;
temir-tersak va qora metallar chiqindilariga boʻlgan talabga bogʻliq ravishda topshiriladigan temir-tersaklar va qora metallar chiqindilarining shartnoma narxlarini boshqarib borishni;
metall prokatlarini ustun darajada yetkazib berish, erkin sotish uchun qoldiriladigan va davlat ehtiyojlari topshiriqlaridan ortiqcha ishlab chiqarilgan hajmlar hisobiga zavodda tayyorlanadigan xalq isteʼmoli mollarini ajratish yoʻli bilan temir-tersak topshiruvchilarni moddiy ragʻbatlantirishni;
metall parchalari toʻplovchi va qayta ishlovchi sexlar hamda uchastkalar xodimlariga zarur mehnat va maishiy sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston metallurgiya zavodi temir-tersak va qora metallar chiqindilari yetkazib berish yuzasidan 1992-yilda tuzilgan shartnomalar boʻyicha “Oʻzkoopikkilamchimetall”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston davlat metallurgiya sanoati konserni topshirilgan temir-tersak va qora metallar chiqindilari oʻrniga Oʻzbekiston metallurgiya zavodiga tayyor metall prokati yetkazib berish normalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston davlat metallurgiya sanoati konserni zimmasiga temir-tersak, qora va rangli metallar chiqindilarini respublika tashqarisiga olib chiqib ketishga ruxsatnomalar berish funksiyasi yuklatilsin hamda konsern “Oʻzshartnomasavdo” bilan kelishuv boʻyicha ushbu mahsulotni chetga chiqarishga litsenziya berishga vakil qilingan boshqaruv organlari roʻyxatiga kiritilsin (Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-apreldagi 220-son qaroriga 1-ilova)
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzkoopikkilamchimetall” respublika kooperativ birlashmasining temir-tersak va rangli matallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash boʻyicha qolgan korxonalar negizida 2-ilovaga muvofiq strukturaviy boʻlinmalar tarkibida “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va unga:
temir-tersak va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash, toʻplash va temir-tersak topshiruvchilardan qabul qilib olish;
temir-tersak va rangli metallar chiqindilariga dastlabki ishlov berish;
isteʼmolchilarga rangli metallar parchalarini yetkazib berish;
ikkilamchi rangli metallar va qotishmalar, ulardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarish;
xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish va ularni birlashmaning firma doʻkonlari orqali sotish;
ishlab chiqarish chiqindilarini sotish funksiyalari yuklatilsin.
9. Belgilab qoʻyilsinki, “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi temir-tersaklar va rangli metallar chiqindilari tayyorlash yuzasidan 1992-yilda tuzilgan shartnomalar boʻyicha “Oʻzkoopikkilamchimetall” respublika kooperativ birlashmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
10. Oʻzbekiston metallurgiya zavodi metall parchalari tayyorlash va ularni qayta ishlashda hosil boʻluvchi temir-tersak va rangli metallar chiqindilarini “Ikkilamchi ranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasiga toʻla hajmda berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston metallurgiya zavodi va “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi ikki hafta muddat ichida mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartishlarni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda korxonalar ustavlariga kiritsinlar.
12. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-iyundagi 158-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-iyun.,
269-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 6-iyundagi 269-son qaroriga
1-ILOVA
1992-yil 6-iyundagi 269-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzkoopikkilamchimetall” respublika kooperativ birlashmasining Oʻzbekiston metallurgiya zavodiga beriladigan boʻlinmalari
ROʻYXATI
Qora metallar parchalarini tayyorlovchi va qayta ishlovchi sexlar va uchastkalar — 19 ta, shu jumladan:
Sirgʻali sexi
Lunacharskiy sexi
Yangiyoʻl sexi
Angren sexi
Ohangaron sexi
Boyovut sexi
Buxoro sexi
Urganch sexi
Nukus sexi
Samarqand sexi
Qarshi sexi
Kitob sexi
Termiz sexi
Xayrobod sexi
Jizzax sexi
Fargʻona sexi
Qoʻqon sexi
Andijon sexi
Namangan sexi
Izoh: Tarkibiy boʻlinmalar soni va roʻyxati aniqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 6-iyundagi 269-son qaroriga
2-ILOVA
1992-yil 6-iyundagi 269-son qaroriga
2-ILOVA
“Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga qiruvchi boʻlinmalar
ROʻYXATI
Toshkent alyuminli qotishmalar zavodi
Kichik davlat korxonasi — “Ranglimetall” firmasi
Qarshi “Kamalak” kichik korxonasi
Beruniy “Ikkilamchimetall” kooperativi
Guliston “Qotishma” kooperativi
Qoʻqon “Maʼdan” kooperativi
Namangan “Ranglimetall” kooperativi
Navoiy “Tejamkorlik” kooperativi
Samarqand “Ranglimetall” kichik korxonasi
Andijon “Ranglimetall” kichik korxonasi
Xalq isteʼmoli mollari uchastkasi (Toshkent shahri)
Firma doʻkoni (Toshkent shahri)
Izoh: Tarkibiy boʻlinmalar soni va roʻyxati aniqlashtiriladi.