16.10.2019 yildagi 877-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.10.2019 yildagi 877-son
Date of entry into force
17.10.2019
Hujjat 17.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qaroriga muvofiq quyidagilar “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi xizmat koʻrsatuvchi bankda bir hafta muddatda Jamgʻarmaning maxsus hisobraqami ochilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Jamgʻarmaning bank hisobraqamiga 10 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlar oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yilgi Davlat budjeti parametrlarida keyinchalik Jamgʻarmaning bank hisobraqamiga belgilangan tartibda oʻtkazish uchun 10 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oʻrgangan holda, uni kelgusi yillarda moliyalashtirishga doir taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining raisi M.M. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 16-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
877-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 877-son qaroriga
1-ILOVA

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

1.

Yunusov Mirziyod Miraxatovich

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi, Kengash raisi

2.

Sultanov Dilshod Shuhratovich

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

Karimov Oʻktam Dexkonboyevich

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari

4.

Raximov Furqat Djalolovich

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

5.

RahmonovAsror Ruziyevich

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi moliya boshqarmasining boshligʻi, Kengash kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyani bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 877-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari xizmat koʻrsatuvchi bankdagi maxsus hisobraqamda jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, shu jumladan 2019-2020-yillarda jami 20 mlrd soʻm miqdorda ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foylalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish maqsadida respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari va elektrotexnika sanoati tarmogʻi tashkilotlariga grantlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarda xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlarni chet el bozorlari talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tadbirlari bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin bitta holat boʻyicha ekvivalenti 20 ming AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) startap-loyihalarini moliyalashtirish, elektrotexnika sanoati tarmogʻida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarining ustav fondlarini (kapitallarini) shakllantirishda ishtirok etish, maxsus injiniring markazlari va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida boʻsh turgan va foydalanilmayotgan bino hamda inshootlarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ulardagi tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarga tender savdolarida ishtirok etish uchun qisqa muddatga moliyaviy kafilliklar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) elektrotexnika sanoati tarmogʻi tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini, lekin bitta holat boʻyicha ekvivalenti 10 ming AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mahalliy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni taklif etish boʻyicha respublikada va xorijiy davlatlarda koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etish, seminarlar oʻtkazish, taqdimot materiallari va koʻrgazma stendlarini tayyorlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga depozitga oʻrnatilgan tartibda joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma mablagʻlari Kengash tomonidan boshqariladi va taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlisi unda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlisi rejali tartibda har chorakda yoki zarur boʻlganda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kengash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-oktabrgacha Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish uchun ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan tadbirlar roʻyxatini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, Jamgʻarmaning tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari smetalariga oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma ishchi organi tomonidan Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida kiritiladigan hisobotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga xalqaro moliya institutlari va boshqa donor-davlatlar grantlari jalb etilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kengash tomonidan tasdiqlanadigan va tarkibiga “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mutaxassislari ham kiradigan ekspert guruhi Jamgʻarmaning ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining moliya boshqarmasi boshligʻi ekspert guruhi rahbari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ekspert guruhi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning aniq yoʻnalishlari boʻyicha materiallarni qabul qiladi, tahlil qiladi va Kengash muhokamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda Kengashga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga tushumlarni koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanishga doir takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma xarajatlari asosiy yoʻnalishlarining hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish va Jamgʻarma mablagʻlarini olgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni qabul qiladi va umumlashtiriradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha xisobotlar tayyorladi va Kengashga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Elektrotexnika sanoati tashkilotlariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyaviy yordam mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tashkilot (elektrotexnika sanoati tashkiloti) Jamgʻarmadan mablagʻ olish uchun ““Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga quyidagi hujjatlarni qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ ajratish toʻgʻrisida yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank boʻlinmasining nomi va bankdagi hisobraqami koʻrsatilgan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish zarurligini tegishli hujjatlar (mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishiga qarab) bilan asoslash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotning oxirgi hisobot davri uchun, jumladan barcha ilovalari bilan birgalikda buxgalteriya hisobotining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatuvchi bankning barcha hisobraqamlar boʻyicha mablagʻlar aylanmasi, tashkilot bank hisobraqamining holati va 2-son kartoteka mavjud emasligi haqidagi maʼlumotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 4-bandi “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan maqsadlar uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida ariza taqdim etilgan taqdirda, quyidagi hujjatlar qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish uchun Jamgʻarmadan mablagʻlar olishga xoʻjalik birlashmalari boshqaruv organining roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihasining biznes-rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlganda, qurilish loyihalarining loyiha-smeta hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat ishlarini bajarish uchun shartnomalar nusxalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi tashkilotlar mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan tadbirlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror tashkilotning arizasi olingan kundan boshlab oʻn kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkilotning Jamgʻarmadan mablagʻ olish uchun taqdim etilgan va mazkur Nizom talablariga mos keladigan hujjatlari ekspert guruhi tomonidan Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kengash Jamgʻarma mablagʻlarini olish uchun tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, agar buyurtmanoma Jamgʻarma maqsad va vazifalariga mos kelmasa, mablagʻlardan maqsadsiz foydalanish tavakkalchiligi mavjud boʻlsa va loyihaning maqsadga muvofiqligi hamda iqtisodiy samaradorligi yetarlicha asoslanmagan boʻlsa, mablagʻlarni ajratish yoxud ajratishni rad etish toʻgʻrisida protokol qarorini qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ekspert guruhi tashkilotni qabul qilingan qaror haqida Kengash tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir kun ichida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kengashning Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori asosida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va tashkilot oʻrtasida mablagʻlar ajratish haqida 3 kun muddatda shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi, ulardan foydalanish yuzasidan hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining boshqa mablagʻlaridan alohida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda (choraklar, tushum manbalari va mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamgʻarmadan mablagʻlar oluvchi tashkilotlar tuzilgan shartnomalar va qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq ravishda olingan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlashi, ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni va tasdiqlovich hujjatlarni taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, Jamgʻarmadan mablagʻlar oluvchi tashkilotlar mablagʻlarni olgandan keyin bir oy ichida Jamgʻarma Kengashiga tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ulardan foydalanish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgarlik Jamgʻarmadan mablagʻlar oluvchi hisoblangan rahbarlar zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamgʻarma har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamgʻarmaning joriy yilda sarflanmagan mablagʻlari keyingi yilga oʻtkaziladi va qaytarib olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektrotexnika sanoati tashkilotlariga moliyaviy yordam koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Ijro muddati

I-bosqich

Elektrotexnika sanoati tashkiloti

Ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini moliyalashtirish, investitsiya va startap-loyihalarni amalga oshirish, xalqaro standartlarni oʻzlashtirish va koʻrgazmalar tashkil etish va xalqaro standartlarni joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga Jamgʻarmadan mablagʻlar olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.

Zarur boʻlganda

II-bosqich

Ekspert guruhi

Jamgʻarmadan mablagʻlar olish uchun elektrotexnika sanoati tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, tahlil etish va Kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etish.

Hujjatlar olingan kundan boshlab 10 kun ichida

III-bosqich

Jamgʻarma Kengashi

Hujjatlarni koʻrib chiqish va moliyalashtirish (qoplash) yoki Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

Hujjatlar olingan kundan boshlab 10 kun ichida

IV-bosqich

Ekspert guruhi

Elektrotexnika sanoati tashkilotlariga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma yuborish.

Kengash tegishli qaror qabul qilingandan soʻng 1 kun ichida

V-bosqich

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,
elektrotexnika sanoati tashkiloti

Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida tegishli shartnoma tuzish.

Xabarnoma olingandan soʻng 3 kun ichida

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 09/19/877/3928-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 11.05.2023-y., 09/23/194/0271-son; 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)