Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 09.09.2019 yildagi 752-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.09.2019 yildagi 752-son
Date of entry into force
10.09.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-yilda gʻoʻzani navlari boʻyicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-dekabrdagi 1037-son qarori ijrosini taʼminlash, yetishtirilgan paxta xomashyosini yigʻib-terib olishni uyushqoqlik bilan tashkil etish, paxta yigʻim-terimida ishtirok etadigan terimchilarning moddiy manfaatdorligini taʼminlash hamda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2019-yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xomashyosini terib olishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 600 000 soʻm xizmat haqi toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosining qoʻlda terilgan 1 kilogrammi uchun birinchi terimda — 800 soʻmdan, ikkinchi terimda — 1 200 soʻmdan mehnat haqi toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yigim-terimi mavsumida (paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlar faoliyat yuritayotgan hududlardan tashqari) vaqtinchalik ishsiz fuqarolardan tayinlanadigan terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln soʻmdan hamda tajriba tariqasida tashkil etilayotgan paxta terim markazlarining rahbarlari (menedjerlari)ga har oyda 3 mln soʻmdan istisno tariqasida fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnat haqi toʻlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlarga paxta xomashyosi yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish, yetishtirilgan paxta xomashyosini oʻz vaqtida terib olishni taʼminlash maqsadida oʻzlariga biriktirilgan hududda paxta xomashyosini koʻlda terib olish uchun mehnat haqini mazkur qarorda belgilangan narxlardan kam boʻlmagan holda erkin belgilash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan oʻz vaqtida taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-apreldagi PK-4262-son qarori asosida eksperiment tariqasida Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan paxta terish ishlariga jalb qilinadigan paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini qoplab berish tartibini joriy yil 15-sentabrga kadar tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
otryad rahbarlari terilgan paxta xomashyosi miqdoridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnat haqini oshirib borish asosida ragʻbatlantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yigim-terimida ish kuchi yetishmovchiligi mavjud boʻlganda, tumanlar hokimliklari, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlar hamda tuman hokimliklari buyurtmalariga asosan tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari va xususiy bandlik agentliklari tomonidan qoʻshimcha terimchilar ixtiyoriy ravishda jalb etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish kuchi yetishmovchiligi mavjud boʻlgan hududlarga xususiy bandlik agentliklari xizmatlari tomonidan har bir ish bilan band boʻlmagan aholini paxta yigim-terimiga ixtiyoriy ravishda jalb qilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorigacha xizmat haqi mehnat organlari tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur band bilan toʻlanadigan mablagʻlar paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlar faoliyat yuritayotgan hududlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yigim-terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, paxta terish mashinalaridan keng koʻlamda foydalanishni ragʻbatlantirish, paxta xomashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklarning manfaatdorligini oshirish uchun koʻlda va mashinada terilgan paxta xomashyosining navlari va sinflari boʻyicha davlat tomonidan kafolatlangan narxlarda xarid qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosini qabul qilib olishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va elektron tarozilardan foydalangan holda paxta qabul qilish jarayoni shaffofligini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi paxta tozalash tashkilotlari hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlar tomonidan paxta xomashyosini qabul qilish maskanlaridagi laboratoriyalarda paxta xomashyosini qabul qilishda sof (fizik) vazn bilan konditsion vazn oʻrtasidagi farqlarning haqqoniyligi va chegirmalarning adolatli qoʻllanilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxta xomashyosini terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratish maqsadida joriy yil 15-sentabrgacha uch oy muddatda qaytarish sharti bilan tijorat banklariga 1 trln soʻm depozit joylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Markaziy bank, “Agrobank” ATB va tijorat banklari, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari paxta xomashyosi uchun terimchilarga mehnat haqini ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat boʻlganda har kuni toʻlashni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori talablaridan kelib chiqib, 2019-yil paxta hosilini uyushqoqlik bilan qisqa muddatda yigʻib-terib olishni tashkil etish, terimchilar bilan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 2020-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlar yetkazib berilgan paxta xomashyosi va urugʻlik paxta uchun toʻlanadigan ustamalar uchun fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan joriy yil 31-dekabrga qadar toʻliq hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Paxta xomashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan hisob-kitoblar toʻgʻri va oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki rahbarlari shaxsan masʼul etib belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining paxta yigʻim-terimi mavsumida terimchilar joylashgan yotoq joylarida sarflanadigan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi xarajatlarini mahalliy budjet hisobidan qoplab berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uch kun muddatda 2019-yil paxta hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yigʻib-terib olishni tashkil etish, mavsumda qatnashayotgan terimchilarga mehnat haqi toʻlash hamda ish kuchi yetishmovchiligi mavjud tumanlarga qoʻshimcha terimchilarni jalb qilish va ularga kafolatlangan haq toʻlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Bosh vazir maslahatchilari A.D. Vaxabov, N.S. Otajonov, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 9-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
752-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/752/3719-son)