09.09.2019 yildagi 746-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.09.2019 yildagi 746-son
Date of entry into force
09.09.2019
Hujjat 09.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qarori ijrosini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim muassasalariga sifat, samaradorlik, tezkorlik va oshkoralik prinsiplari asosida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash uchun mualliflar hamda nashriyotlarni tanlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojning tizimli monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan ehtiyoj asosida maktabgacha taʼlim muassasalari uchun zarur boʻlgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaratilgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari asosida tayyorlanganligini ekspertizadan oʻtkazish va nashrga tayyorlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 9-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
746-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oshkoralik, sifat, samaradorlik va tezkorlik prinsiplari asosida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan oʻtkazish va ularni nashr qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan oʻtkazish va ularni nashr qilish tartibi ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijodiy jamoalar — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni belgilangan talablar asosida chop etish uchun tayyor mahsulot (original maket) koʻrinishida taqdim etuvchilar, maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali mutaxassislar, tuzuvchilar, davlat va nodavlat hamda xorijiy tashkilotlar, nashriyot va matbaa tashkilotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
original maket — chop etish uchun bosmaxonaga topshirishga toʻliq tayyor boʻlgan, barcha matn va grafik axborotlar chop etishgacha boʻlgan tayyorgarlikdan oʻtkazilib, tashqi koʻrinishi va tuzilishi jihatidan yakuniy bosqichga yetkazilgan mahsulotning (nashrning) chop etilgan yoki elektron koʻrinishdagi asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar — muayyan yoʻnalishning mavzulari tizimli, chuqur va toʻliq yoritilgan, tegishli yoʻnalish mazmunini belgilangan hajmda mukammal oʻzlashtirishga qaratilgan, mazmunan va shaklan taʼlim turlariga moslashtirilgan, tinglovchi, talaba, pedagog va tarbiyalanuvchilarga taalluqli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanishiga, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladigan metodik qoʻllanmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-metodik qoʻllanma (bosma va elektron) — oʻquv-metodik majmuani qisman toʻldiruvchi, muayyan yoʻnalish dasturi boʻyicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, yoʻnalish asoslarining mukammal oʻzlashtirilishini taʼminlovchi, mazmunan va shaklan taʼlim turlariga moslashtirilgan, nazariy yoki amaliy mashgʻulotlarga moʻljallangan, tinglovchi, pedagog va tarbiyalanuvchilarga taalluqli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan metodik qoʻllanmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertlar guruhi — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatidagi turli yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladigan original maketlarni baholovchi mutaxassislardan iborat guruh.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlashga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) tomonidan ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik har yili fevral oyida keyingi oʻquv yillarida maktabgacha taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun pedagoglarga va tarbiyalanuvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladigan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) roʻyxatini shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlik shakllantirilgan roʻyxat asosida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) yaratish boʻyicha ommaviy axborot vositalari va vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eʼlonda tayyor original maketlarga qoʻyiladigan talablar, ularni topshirish muddatlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Eʼlonda koʻrsatilgan talablar va muddatlarda oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) original maketlarini yaratish boʻyicha ijodiy jamoalar ishtirok etish taklifini vazirlikka rasmiy xat bilan taqdim etadi va belgilangan muddatlarda original maketlarini tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijodiy jamoalar ishlash davomida, lekin 4 oydan oshmagan muddatga vazirlik tomonidan asosiy ish haqining 0,25% miqdorida qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqini olish boʻyicha vazirlik va oʻquv-metodik, didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalar yaratuvchilari oʻrtasida nashrga ajratilgan mablagʻlarga nisbatan 1 % miqdorida mualliflik huquqi asosida shartnoma imzolanadi, oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarning original maketlarini yaratish boʻyicha tuzilgan ijodiy jamoalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ijodiy guruh tayyorlangan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) original maket holatida ishchi organga koʻrib chiqish uchun eʼlonda koʻrsatilgan muddatlarda rasman taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishchi organ taqdim etilgan original maketlarni qabul qiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarning original maketlarini ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishchi organ qabul qilib olingan original maketlarni qabul qilingan kundan boshlab 3 kun davomida ekspertlar guruhiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ekspertlar guruhi taqdim etilgan original maketlarning chop etilgan varianti hamda elektron nusxalarini qabul qilingan kundan boshlab 2 oy muddatda ekspertizadan oʻtkazadi hamda tegishli xulosalarini Ishchi organga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) yaratishda maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar, ota-onalar hamda keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olish, amaldagi oʻquv-metodik majmualarni mazmunan takomillashtirish maqsadida vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida 2 hafta davomida muhokamalar tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishchi organ 10 kun davomida taqdim etilgan original maketlarni oʻrganib chiqib, muhokama qiladi va tanlab olingan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) roʻyxatini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishchi organ roʻyxat tasdiqlangandan soʻng uch kun muddat ichida nashrga tavsiya etilayotgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarga (bosma va elektron) Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining grifini berish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashrga tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nashrga tavsiya etilgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) nashr etish uchun Ishchi organ tomonidan 2 hafta davomida texnik topshiriqlar ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalari hamda vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eng maqbul narxlar taklif etadigan nashriyotlarni tanlab olish uchun eʼlon beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Eng maqbul narxlar taklif etgan nashriyotlarni tanlab olish uchun bir oy muddatda, Ishchi organ tomonidan tanlov oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlik tomonidan tanlov natijasiga koʻra gʻolib boʻlgan nashriyotlar bilan 10 kun davomida shartnomalar imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan oʻtkazish va ularni nashr qilish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Maktabgacha taʼlim vazirligi

1. Maktabgacha taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun pedagoglarga va tarbiyalanuvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladigan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) roʻyxatini shakllantiradi.

2. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) yaratish boʻyicha ommaviy axborot vositalari va vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Har yili fevral oyida


2-bosqich

Ijodiy jamoalar

1. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) original maketlarini yaratishda ishtirok etish taklifini Ishchi organga rasmiy xat bilan murojaat etadi.

2. Tayyorlangan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) original maket holatida ishchi organga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

Eʼlonda belgilangan muddatlarda


3-bosqich

Ishchi organ

Qabul qilib olingan original maketlarni ekspertlar guruhiga taqdim etadi.

Qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda


4-bosqich

Ekspertlar guruhi

Taqdim etilgan original maketlarini ekspertizadan oʻtkazadi hamda tegishli xulosalarini Ishchi organga taqdim etadi.

2 oy muddatda


5-bosqich

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olish maqsadida vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

2 hafta davomida


6-bosqich

Ishchi organ

1. Maketlarini oʻrganib chiqib, muhokama qiladi, ularning roʻyxatini tasdiqlaydi va Maktabgacha taʼlim vazirligining grifini berish boʻyicha qaror qabul qiladi.

2. Nashrga tavsiya etilgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etish uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqadi.

10 kun davomida


2 hafta davomida


7-bosqich

Maktabgacha taʼlim vazirligi

1. Maqbul narxlar taklif etadigan nashriyotlarni tanlab olish uchun ommaviy axborot vositalari hamda vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti orqali eʼlon beradi va tanlovni oʻtkazadi.

2. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya qaroriga koʻra gʻolib boʻlgan nashriyotlar bilan shartnomalar imzolaydi.

1 oy davomida


10 kun davomida

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2019-y., 09/19/746/3714-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)