09.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1656-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 09.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1656-2
Date of entry into force
09.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 9-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1656-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 6-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq (roʻyxat raqami 1656, 2007-yil 5-fevral) hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyruqni (roʻyxat raqami 1656-1, 2012-yil 10-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2019-yil 13-apreldagi 7/12-19-24-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yil 5-fevraldagi 21-mh-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1656, 2007-yil 5-fevral) hamda 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1656-1, 2012-yil 10-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 9-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
391-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2019-y., 10/19/1656-2/3713-son)