Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2025 23.08.2019 yildagi 713-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.08.2019 yildagi 713-son
Date of entry into force
24.08.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy himoya chora-tadbirlari bilan qamrab olish koʻlamlarini takomillashtirish va kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (keyingi oʻrinlarda mehnat migrantlari deb ataladi) ular Vatanga qaytib kelganidan keyin ishsiz va band boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va kasbiy taʼlimning boshqa muassasalari, shu jumladan, nodavlat kasbiy taʼlim muassasalarining kasbga oʻqitish markazlarida, keyinchalik ishga joylashtirish uchun, shu jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi deb ataladi) mablagʻlari hisobiga grantlar berish yoʻli bilan talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha bepul kasbiy oʻqitish, qayta oʻqitish va ularning malakasini oshirishni nazarda tutuvchi mehnat, ijtimoiy va psixologik qayta integratsiyalashuvida koʻmaklashish shakllarini kengaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Volgograd, Pyatigorsk (Rossiya Federatsiyasi), Istanbul (Turkiya), Nur Sulton (Qozogʻiston), Dubayda (Birlashgan Arab Amirliklari) Agentlik mablagʻlari hisobiga vakolatxonalarini ochish, keyinchalik mablagʻlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda huquqlari va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi deb ataladi) mablagʻlari hisobiga qoplash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlari koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan Rossiya organlari va tashkilotlarining filiallarini (front-ofislarini) ochish boʻyicha Rossiya Federatsiyasi mintaqalari (Tatariston Respublikasi, Primorye oʻlkasi, Sankt-Peterburg shahri, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Rostov, Leningrad va Sverdlovsk viloyatlari, shuningdek, Ural federal okrugining Xanti-Mansisk va Yamal-Nenets avtonom okruglari) bilan muzokaralar oʻtkazsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya Federatsiyasining Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi migratsiya markazlari vakolatxonalari negizida, shu jumladan, bepul foydalanish huquqi bilan binolar va xonalarni berish yoʻli bilan Rossiyada ishga joylashishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari koʻrsatuvchi mehnat migrantlarini viza, hujjatlar bilan qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etilishiga koʻmaklashsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat migrantlarining murojaatlari boʻyicha, ayniqsa mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, chet eldagi mehnat faoliyati davrida mehnat layoqati yoʻqotilishiga olib kelgan shikastlangan yoki ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarni tashish, hamrohliq qiladigan shaxslarning transport xarajatlarini moliyalashtirish, Agentlik vakolatxonalari bilan Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari oʻrtasidagi funksiyalarni aniq chegaralash masalalarini kechiktirmasdan va jadal koʻrib chiqish va hal etishni nazarda tutuvchi Agentlikning Chet eldagi vakolatxonalari reglamentini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Uzbekistan Airways” AJga Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari yoki Agentlikning buyurtmanomalari boʻyicha mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarni bepul asosda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarni olib kelish zarur boʻlgan mintaqalardan (aeroportlardan) “Uzbekistan Airways” AJning yoʻnalishlari mavjud boʻlmagan taqdirda transport xarajatlari Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Agentlik huzuridagi ixtisoslashtirilgan kassalarda xorijiy aviatsiya, temir yoʻl va avtomobilda yoʻlovchilar tashuvchilarning chiptalari sotilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlari (keyingi oʻrinlarda ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlari deb ataladi) tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlarida shu jumladan, ishsizlar va ish bilan band boʻlmagan shaxslarni kasbga oʻqitish markazlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga joʻnab ketayotgan fuqarolarni xorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar va chet tillari boʻyicha qisqa muddatli oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish, shuningdek, professional kompetensiyasini test sinovdan oʻtkazish va tasdiqlash amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlari faoliyatini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Agentlik shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida professional oʻquv markazlari, tarmoq uyushmalari, yirik ish beruvchilar va boshqa muassasalar sirasidan xorijiy yoki mahalliy sheriklarni jalb etishga haqlidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik yoki xususiy bandlik agentliklari tomonidan tashkiliy mehnat migratsiyasi yoʻli boʻyicha chet elda ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni kasbga oʻqitish uchun ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlarida yoki kasbiy taʼlimning boshqa muassasalarida, shuningdek, davlat muassasalarida kasbga oʻqitish uchun Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga har bir taʼlim oluvchi uchun bir oyda 4 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda grantlar ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlarida yoki kasbiy taʼlimning boshqa muassasalarida kasbga oʻqitish xorijiy ish beruvchilar yoki xorijiy davlatlarning mehnat bozorida vositachilik faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning rasmiy veb-saytida migratsiya va mehnat haqidagi qonunlar buzilishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mehnat migrantlarini ular turgan mamlakatlarda huquqiy himoya qilish xizmatlari koʻrsatishga ochiq tanlovni joylashtirish uchun elektron maydonchalar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov yakunlari boʻyicha migratsiya va mehnat haqidagi qonunlar buzilishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish xizmatlarini koʻrsatishga boʻlish mamlakatlarining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bilan, ular xizmatlari qiymati Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga haq toʻlangan holda bitimlar tuzish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida mehnat migrantlarining sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosani, shuningdek, sugʻurta polislarini oʻzaro eʼtirof etish toʻgʻrisida bitim loyihalarini tayyorlasinlar va Rossiya tomonidan koʻrib chiqish uchun diplomatik kanallar boʻyicha yuborsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzagrosugʻurta” AJ va “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi” AJga hayotni sugʻurta qilish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan ixtisosli shuʼba tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqish va joriy etish tavsiya qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mehnat migrantlari uchun imtiyozli tariflar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga joylashishga patent va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi rad etilishi tavakkalchiligini sugʻurta qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda ishga joylashish boʻyicha transport xarajatlari va boshqa xarajatlarni toʻlash uchun berilgan kreditlar qaytarilmasligi tavakkalchiligini sugʻurta qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat migrantlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polisi berish va sugʻurta qoplamasini toʻlashni yoki sugʻurta polisi shartlariga muvofiq mehnat migrantlari vaqtincha boʻlgan mamlakatdagi assistans xizmatlari koʻrsatuvchi xorijiy sugʻurta kompaniyalari tomonidan tibbiy xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etishni nazarda tutuvchi yangi sugʻurta mahsulotlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sugʻurta qoplamasini sugʻurta badali toʻlangan valyutada toʻlashni, sugʻurta qoplamasi miqdori sugʻurta hodisasiga qarab quyidagi hollarda mehnat migrantlarining hayotini ixtiyoriy uzoq muddatli sugʻurta qilish mexanizmlarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta summasi miqdoriga teng boʻlganda ― sugʻurta qilingan shaxs vafot etgan yoki u mehnatga layoqatini yoʻqotgan taqdirda (I va II guruh nogironlik);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta summasi miqdoriga va sugʻurta tashkilotining investitsiya daromadidagi ulushga teng boʻlganda ― sugʻurta qilingan shaxs belgilangan yoshga yetganda. Bunda yoʻnaltirilayotgan pul mablagʻlarining kamida 30 foizi sugʻurta mukofotini toʻlashga oʻtkazilgan va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq sugʻurta davri 12 oydan ortiqni tashkil etganda, sugʻurta tashkilotlari joriy pul oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻliq qoplaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlardagi oʻzbek diasporasini mehnat migrantlarini chet elda ishga joylashtirish muammolarini hal etishga va ularning mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilashga faol jalb etish maqsadida ular bilan yanada yaqinroq hamkorlik oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun joʻnab ketayotgan fuqarolar orasida yuqori talabga ega boʻlgan xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Agentlik va xususiy bandlik agentliklarining viza buyurtmanomalarini jadal koʻrib chiqish boʻyicha qoʻshimcha konsullik xizmatlari koʻrsatilishi imkoniyati masalalarini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda mehnat migrantlari koʻp jamlangan xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekistonning yetakchi sanʼat ustalari ishtirokida muntazam ravishda konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, mavzuli kechalar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish boʻyicha Xalqaro konvensiyaga, shuningdek, ushbu sohadagi boshqa xalqaro shartnomalarga qoʻshilish (ratifikatsiya qilish)ning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamentining mudiri hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Qudbiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 23-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
713-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/713/3633-son)