1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
|
1. |
Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) va uning Nukus, Andijon, Termiz filiallari tuzilmasini va ustavlarini yangidan tasdiqlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil sentabr |
Universitet va uning filiallari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
2. |
Universitetni respublikamiz qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasasiga aylantirish va kelgusida rivojlantirish. Bunda, quyidagilarni hisobga olgan holda Universitetning 2024 –– 2030-yillarga moʻljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish: qishloq xoʻjaligi sohasi uchun yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash; qishloq xoʻjaligida innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni qoʻllash, “aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish; respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos qishloq xoʻjaligi ekinlarining seleksiyasi va urugʻchiligi boʻyicha markazni tashkil etish; startap-loyihalarni amalga oshirish orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish; ilgʻor va ilmiy hajmdor texnologiyalarni joriy etish uchun texnoparklar va ilmiy ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish; ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik i texnologik ishlar natijalarni keng joriy etish uchun amaldagi taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2020-yil aprel |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari |
|
3. |
Buyurtmachilar talabi va xorijiy tajriba asosida mavjud hamda yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejalarini ishlab chiqish va oʻquv jarayoniga tatbiq etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil sentabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
4. |
Universitet va uning filiallari axborot-maslahat markazlari (extension center) orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha “axborot-maslahat markazi –– kafedra –– qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi” tizimini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil sentabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
5. |
Taʼlim jarayoni uchun oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish. Buning uchun oʻquv, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, tahrir qilish va nashrdan chiqarish boʻyicha tartibni ishlab chiqish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish: oʻquv, ilmiy, uslubiy adabiyotlar mualliflarini munosib moddiy ragʻbatlantirish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish; darslik va oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet va uning filiallari xarajatlari smetasiga muntazam mablagʻ ajratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil noyabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
6. |
Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilgʻor badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Bunda: xalqaro (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilgʻor tajribalarni oʻrganish asosida Universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish; veb va bulutli texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish; RFID texnologiyasi asosidakutubxona fondini roʻyxatga olish, hisobga qoʻyish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish; kitoblarni hisobga qoʻyish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilganelektron kiosklarni joriy etish; kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini joriy etish; xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanishsharoitlarini yaratish, jumladan respublika oliy taʼlim muassasalari uchun; elektron va qogʻoz shaklidagi xalqaro ilmiy va oʻquv nashrlariga obuna boʻlishnitashkil qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil avgust |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
7. |
Taʼlim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari va uning filiallarini zamonaviyoʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Reja-grafik asosida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari |
|
8. |
Qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar hisobidan olib kelinadigan qishloq xoʻjalik texnikalari, oʻquv-laboratoriya jihozlari, avtotransport vositalarini bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilish choralarini koʻrish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2020-yil yanvar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat agrar universitetiva uning filiallari |
|
9. |
Universitet va uning filiallarida tahsil olayotgan talaba magistrlarni kelishuv asosida Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va xalqaro moliya tashkilotlari orqali ishlab chiqarish amaliyotlariga hamda stajirovkalarga yuborish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil fevral |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
10. |
Taʼlim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida universitet va uning filiallarini oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash. Bunda, Universitetning 7 ta oʻquv laboratoriyasini, Andijon filialining 9 ta, Nukus filialining 11 ta, Termiz filialining 10 ta oʻquv laboratoriyalarini jihozlar bilan taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Reja-grafik asosida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari |
|
11. |
Xorijdagi reytingi yuqori boʻlgan eng yaxshi oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarini oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil fevral |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
12. |
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatish hamda ilmiy-pedagogik faoliyat boʻyicha hamkorlik shartnomalari tuzish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Reja-grafik asosida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet |
|
13. |
Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻquv jarayoni |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Reja-grafik asosida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
14. |
Masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagog kadrlarning mustaqil taʼlim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. Universitet tomonidan xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy oʻqitish apparat-dasturiy kompleksini ishlab chiqish. Bunda: masofaviy taʼlim xizmatlari portali (veb ilova); onlayn oʻquv smart auditoriyalari; nazariy va amaliy mashgʻulotlarni masofaviy oʻtkazish uchun virtual kabinet; Universitetning yetakchi professor-oʻqituvchilari maʼruzalarining audiovizual taʼlim kontentini hamda multimedia taʼlim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiqaruvchi maxsus studiyalar va mutaxassislar shtati belgilangan media markaz; 2021-yildan boshlab Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarni (maʼruza, laboratoriya mashgʻulotlari, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translyatsiya qilishga moʻljallangan elektron platforma ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil sentabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
15. |
Xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy adabiyotlar yaratish, xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
doimiy |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet |
|
16. |
Universitet va uning filiallari ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tayanch doktoranturaga ixtisosliklar boʻyicha qabul kvotasini oshirish hamda filiallar uchun maqsadli qabulni tashkil etish yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga asoslangan takliflarni taqdim etish. Universitet va uning filiallarida ilmiy-pedagog kadrlar tomonidan PhD va DcS dissertatsiyalarini himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda 2025-yilga qadar ilmiy salohiyatini 55 — 60 foizga yetkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil noyabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
17. |
Xalqaro aloqalar oʻrnatilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tor ixtisosliklar boʻyicha maqsadli doktorant va magistrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. Bunda 2019 –– 2021-yillarda 18 nafar PhD, 45 nafar magistratura yoʻnalishiga professor-oʻqituvchilar va talabalarni oʻqishga yuborish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Reja-grafik asosida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Universitet |
|
18. |
Universitet va uning filiallari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv va statistik maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash hamda monitoring qilishga moʻljallangan axborot tizimini yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil may |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari |
|
19. |
Universitet tomonidan kommunal toʻlovlar (issiq suv, isitish tizimi, ichimlik suv)ni iqtisod qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Universitet hududida zamonaviy 7 ta qozonxona hamda 4 ta yer ostidan suv chiqarish inshootlarini qurish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Universitet |
|
II. Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Andijon, Termiz filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashsh | ||||
|
20. |
Universitetning filiallariga qarashli yer maydonlari va binolarda davlat-xususiy sheriklik asosida “Eco agro indastrius nou hau” MCHJ tomonidan zamonaviy nou-xau texnologiyalarni qoʻllagan holda “Agroekoturizm” bazasini hamda anor, uzum, qulupnay va malina yetishtirish boʻyicha klasterlarni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil noyabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Eco agro indastrius nou hau” MCHJ, Toshkent viloyati hokimligi, Universitet va uning filiallari |
|
21. |
Universitetning Andijon filialida “Tuproq ostidan sugʻorishni qishloq xoʻjaligi ekinlariga qoʻllashni ilmiy asoslash” loyihasini amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil mart |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Universitetning Andijon filiali, Andijon viloyati hokimligi |
|
22. |
Universitetning Andijon filialida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning fondi bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligida qiymat zanjiri loyihasi doirasida intensiv mevali bogʻ tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil mart |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Universitetning Andijon filiali |
|
23. |
Universitetning Andijon filialida Belorussiya yoʻl-qurilish va qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi “Blyuming” korxonasi bilan hamkorlikda xalqaro zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari namoyishini tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 15-sentabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va |
|
24. |
Universitetning Nukus filialida Yaponiyaning OYO korporatsiyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda choʻlning oldini olish maqsadida koʻkalamzorlashtirish” loyihasini amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Reja-grafikasosida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Universitetning Nukus filiali |
|
25. |
Chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot, moyli ekinlar, dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, qadoqlash boʻyicha zamonaviy mini sexlarni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Reja grafik asosida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari |
2-ILOVA
|
I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari | |
|
1. |
Qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar |
|
2. |
Agroturizm |
|
3. |
Qishloq xoʻjaligida kooperativ boshqaruv |
|
4. |
Gidrobiologiya |
|
5. |
Ixtiologiya |
|
6. |
Asalarichilik |
|
7. |
Veterinariya meditsinasi (hayvonot turlari boʻyicha) |
|
8. |
Zooinjeneriya (qoramolchilik) |
|
9. |
Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti |
|
10. |
Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish |
|
11. |
Agrosanoatda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va texnik servis |
|
12. |
Agrobiznes va marketing |
|
II. Magistratura mutaxassisliklari | |
|
1. |
Agrologistika |
|
2. |
Agrobiznes va investitsion faoliyat |
|
3. |
Agrosanoatda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil |
|
4. |
Qishloq xoʻjaligida ekologik xavfsizlik |
|
5. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish |
|
6. |
Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti |
|
7. |
Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi |
|
8. |
Oʻsimliklar himoyasida monitoring va bashorat |
|
9. |
Subtropik va sitrus meva ekinlari |
|
10. |
Qishloq xoʻjaligi biotexnologiyasi |
|
11. |
Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi |
|
12. |
Klasterlarni boshqarish |
3-ILOVA
|
T/r |
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari nomi |
Biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari nomi |
|
1. |
5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha) |
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI |
|
5410400 –– Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi | ||
|
5A410201 –– Agronomiya | ||
|
5A410401 –– Seleksiya va urugʻchilik (ekin guruhlari boʻyicha) | ||
|
2. |
5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha) |
Oʻsimlikshunoslik ITI |
|
5A410202 –– Oʻsimlikshunoslik (ekin guruhlari boʻyicha) | ||
|
3. |
5411600 –– Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik |
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI |
|
5411700 –– Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish | ||
|
5A411001 –– Sabzavotchilik va polizchilik | ||
|
5A411004 –– Kartoshkachilik | ||
|
5A411701 –– Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi | ||
|
4. |
5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha) |
Sholichilik ITI |
|
5A410202 –– Oʻsimlikshunoslik (ekin guruhlari boʻyicha) | ||
|
5. |
5410300 ––Oʻsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʻyicha) |
Oʻsimliklarni himoya qilish ITI |
|
5411500 –– Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini | ||
|
5A410301 –– Oʻsimliklar himoyasi (usullari boʻyicha) | ||
|
5A410302 –– Entomologiya | ||
|
5A410303 –– Fitopatologiya | ||
|
5A411501 ––Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini | ||
|
6. |
5411000 –– Mevachilik va uzumchilik |
M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI |
|
5410500 –– Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) | ||
|
5A411002 –– Mevachilik | ||
|
5A411003 –– Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash | ||
|
5A410501 –– Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha) | ||
|
7. |
5410100 –– Agrokimyo va agrotuproqshunoslik |
Tuproqshunoslik va agrokimyo ITI |
|
5A410101 –– Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar boʻyicha) | ||
|
5A410102 –– Agrokimyo | ||
|
8. |
5410900 –– Ipakchilik va tutchilik |
Ipakchilik ITI |
|
5A410901 –– Ipakchilik | ||
|
5A410902 –– Tutchilik | ||
|
9. |
5410600 –– Zooinjeneriya (baliqchilik) |
Baliqchilik ITI |
|
5A410606 –– Baliqchilik | ||
|
10. |
5630300 –– Qishloq xoʻjaligida ekologik xavfsizlik |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ITI |
|
11. |
5410400 –– Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi |
Genetika va eksperimental biologiya ITI |
|
5A410401 –– Seleksiya va urugʻchilik (ekin guruhlari boʻyicha) | ||
|
12. |
5411900 –– Agrobiotexnologiya |
Genomika va bioinformatika ITI |
|
5A411005 –– Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya | ||
|
13. |
5410800 –– Oʻrmonchilik |
Oʻrmonchilik ITI |
|
5411100 –– Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi | ||
|
5411200 –– Manzarali bogʻdorchilik | ||
|
5A410801 –– Oʻrmonchilik | ||
|
5A411101 –– Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi | ||
|
5A411201 –– Aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish va landshaftli dizayn | ||
|
5A411202 –– Manzarali bogʻdorchilik | ||
|
14. |
5233100 –– Agrosanoatda buxgalteriya hisobi |
Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ITI |
|
5233200 –– Agrologistika | ||
|
5233300 –– Agrobiznes va investitsion faoliyat | ||
|
15. |
5411800 –– Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish |
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ITI |
4-ILOVA
|
1. |
A.D. Vaxabov |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Kengash raisi |
|
2. |
J.A. Xodjayev |
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari |
|
3. |
U.Sh. Begimkulov |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari |
|
4. |
S.Z. Mirzayev |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti |
|
5. |
I.Yu. Abduraxmonov |
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri |
|
6. |
B.Sh. Usmanov |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari |
|
7. |
A.E. Ravshanov |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri |
|
8. |
A.X. Abdullayev |
Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi |
|
9. |
A.Sh. Xaitov |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
|
10. |
B.T. Norqobilov |
Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi |
|
11. |
N.J. Bakirov |
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi |
|
12. |
B.T. Qoʻchqorov |
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi |
|
13. |
B.A. Sulaymonov |
Toshkent davlat agrar universiteti rektori |
|
14. |
B.Q. Sharipov |
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi |
|
15. |
O.M. Musayev |
“Oʻzbekbaliq�anoat” uyushmasi raisi |
|
16. |
N.Z. Faxrutdinov |
Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi |
|
17. |
E.A. Toshpoʻlatov |
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi |
|
18. |
O.S. Mustafayev |
Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori |
|
19. |
N.E. Najimov |
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi direktori |
|
20. |
B.M. Xolikov |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi direktori |
|
21. |
A.I. Maksudov |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi |
|
22. |
O.B. Isayev |
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqaruvi raisi |
|
23. |
F.J. Pulatov |
“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi |
|
24. |
Ya.M. Abdurazzoqov |
“Oʻzparrandasanoat” uyushmasi raisi |
|
25. |
Sh. Suyarqulov |
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi |
|
26. |
T.A. Jalilov |
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi |
|
27. |
Z.O. Fayziyev |
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi |
|
28. |
I.K. Ergashev |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi |
|
29. |
K. Abdullayev |
Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi |
|
30. |
R.Oʻ. Mamatkulov |
“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi |
|
31. |
E.Sh. Toreniyazov |
Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali direktori |
|
32. |
A.A. Abduvasikov |
Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali direktori |
|
33. |
Ch.R. Begimkulov |
Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori |
|
34. |
D.U. Mamadiyarov |
Toshkent davlat agrar universiteti Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi boshligʻi, Kengash kotibi |