17.08.2019 yildagi 686-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.08.2019 yildagi 686-son
Date of entry into force
17.08.2019
Hujjat 17.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, ilgʻor xalqaro tajribani amaliyotga samarali joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining ilmiy va innovatsion faoliyatini jadallashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi negizida belgilangan shtat birliklari soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat statistika qoʻmitasi deb ataladi) huzuridagi Institutning boshqaruv va professor-oʻqituvchi xodimlarining cheklangan soni 31 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning samarali faoliyatini taʼminlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut direktori Davlat statistika qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut direktori va uning oʻrinbosarlari, professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlariga oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli xodimlari uchun, boshqa xodimlariga esa, Davlat statistika qoʻmitasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika ishlari dasturi doirasida davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish va innovatsion statistik tadqiqotlarni tashkil etish uchun institutni saqlab turishga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut tomonidan shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy ishlar, taʼlim va boshqa xizmatlarni koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan va tanlovga asosan shakllantiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro statistika, moliya va boshqa institutlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat statistika qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish toʻgʻrisidagi nizom, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut huzurida xoʻjalik faoliyati hisobiga moliyalashtiriluvchi “Oʻzbekiston statistik axborotnomasi” ilmiy-ommabop jurnalini belgilangan tartibda tashkil etsin va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etiladigan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy-amaliy natijalari chop etiladigan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutni oʻqitishning zamonaviy uslublarini qoʻllash koʻnikmalariga va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Institut bilan birgalikda uch oy muddatda Institutning quyidagi vazifalarni bajarishni nazarda tutuvchi 2019 — 2021-yillarga moʻljallangan statistika tadqiqotlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy statistika koʻrsatkichlarining, shu jumladan milliy hisoblar, davlat moliyasi, pul-kredit sohasi, toʻlov balansi va mehnat bozori statistikasining oʻzaro muvofiqligi va ilmiy asoslanganligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining choraklik va yillik koʻrsatkichlari statistikasi va hisobining toʻliqliligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha norasmiy bandlikni statistik hisobga olishning toʻliqliligini taʼminlash boʻyicha uslubiy vositalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni aks ettirishda matematik statistika va ekometrika usullarini keng qoʻllashning uslubiy bazasini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ning joriy holatini oʻrganish va qisqa va uzoq muddatli rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagi masalalarda Institut faoliyatini muvofiqlashtirsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining statistika sohasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, statistik tahlil sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yangi oʻquv dasturlarini ishlab chiqilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor statistika usullari va texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishi va innovatsion ishlanmalarni amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika sohasidagi ilgʻor tajribaga ega mahalliy va xorijiy ilmiy hamda taʼlim muassasalari, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik qilinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat statistika qoʻmitasi 2020-2021-yillarda Institut oʻquv binosini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Institut oʻquv binosini kapital taʼmirlash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat statistika qoʻmitasiga 2020-2021-yillar uchun Davlat statistika ishlari dasturini bajarishga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat statistika qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Institut oʻquv binosini kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarga qoʻshimcha mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrdan eʼtiboran Institut huzurida “Ekonometrika hamda statistika” hamda “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish boʻyicha ilmiy kengash tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maqsadli ilmiy-texnikaviy dasturlarni shakllantirish doirasida Davlat statistika qoʻmitasining buyurtmasi boʻyicha milliy va xalqaro statistika uslubiyoti hamda amaliyotiga doir ilmiy tadqiqotlar loyihalarining tanlovlarini doimiy ravishda tashkil etilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yildan eʼtiboran Institut uchun “Ekonometrika va statistika” va “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” yoʻnalishlari boʻyicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarining ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Institut Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 42b-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin va unga Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining asbob-uskunalari, mebellari, kompyuter texnikasi va boshqa mol-mulki oʻtkazib berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
686-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlari institutining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi

Izoh. Institutning boshqaruv va professor-oʻqituvchi xodimlarining cheklangan soni — 31 birlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni normativlarga asosan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ushbu boʻlinmalar Institut umumiy shtat birligiga kirmaydi, xoʻjalik faoliyati hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutining samarali faoliyatini taʼminlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish miqdori va manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil qilish

1.

Institutning ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.

Ustavni tasdiqlash toʻgʻrisida buyruq, Roʻyxatga olish guvohnomasi

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

2.

Institutning shtat jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat statistika qoʻmitasi
buyrugʻi

2019-yil

1-sentabrgacha

-

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

3.

Institut kafedra va boʻlimlarini malakali professor-oʻqituvchilar, ilmiy va boshqa xodimlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

kompleksi

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

4.

Institut Ilmiy kengashi tarkibini tasdiqlash, uning tarkibiga Davlat statistika qoʻmitasining rahbar xodimlari, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari va xodimlarini kiritish.

Davlat statistika qoʻmitasi
va Institut buyruqlari

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

5.

Institutning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlash.

Institut buyrugʻi

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

II. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash

6.

2020-2021-yillarda Institutning Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shox koʻchasi, 42b-uy manzilida joylashgan oʻquv binosini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish.

Texnik topshiriq loyihasi

2020-2021-yillarda

1050,0 mln. soʻm*

Davlat statistika qoʻmitasiga
davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Institut

7.

Institut moddiy-texnika va oʻquv bazasini mustahkamlash (zarur mebel, inventarlar, zamonaviy oʻquv uskunalari, kompyuter va boshqa texnika jixozlari bilan taʼminlash).

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2020 — 2024-yillarda

315,0 mln. soʻm*

Davlat statistika qoʻmitasi
va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

8.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasining axborot kutubxona fondiga, yetakchi mahalliy va xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga kirishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrgacha

Davlat statistika qoʻmitasi
va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi,
Davlat statistika qoʻmitasi,
Institut

9.

Institutning rasmiy saytini yangilash va takomillashtirish, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-dekabrgacha

Institutning budjetdan tashqari

mablagʻlari

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

10.

Institutning Axborot-resurs markazini zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-dekabrgacha

Institutning

budjetdan tashqari

mablagʻlari

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

11.

Ikkita yengil avtotransport vositasini (bitta shaxsan biriktirilgan va bitta navbatchi) saqlash uchun limit belgilash va Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan bir dona xizmat avtomashinasini (mavjud bitta avtomashinani hisobga olgan holda) ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-dekabrgacha

-

Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi,

Institut

III. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti oʻquv-uslubiy faoliyatini tashkil etish

12.

Davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha amaldagi oʻquv kurslarini qayta koʻrib chiqish, qayta koʻrib chiqilgan oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Institut Ilmiy kengashi

qarori

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

13.

Quyidagilarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash:

kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisida nizom;

Institut professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini meʼyorlashtirish tartibi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimini baholash tartibi.

Institut

Ilmiy kengashi qarori

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Institut, Davlat statistika qoʻmitasi

14.

Davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturiga kiritilgan oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv-metodik materiallarni tayyorlash va nashr qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar

rejasi

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Institut, Davlat statistika qoʻmitasi

15.

Institut faoliyatiga davlat statistika organlari xodimlarini videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda masofaviy oʻqitish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2022-yildan boshlab

-

Davlat statistika qoʻmitasi,

Institut, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini ri�ojlantirish vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

16.

Institutning Axborot-resurs markazini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar (shu jumladan elektron shaklida) bilan jihozlash, shu jumladan, mahalliy va xorijiy iqtisodiy va axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obuna boʻlishni taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrgacha,

kelgusida doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

IV. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish

17.

Makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning ilmiy asoslanganligi va muvofiqligi, norasmiy faoliyatni statistik hisobga olishning toʻliqliligi, qashshoqlik darajasini baholash uslubiyotini takomillashtirish, matematik statistika va ekonometrika usullarini keng qoʻllash, “raqamli iqtisodiyot”ning rivojlanishi, mamlakatning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash va boshqa masalalarni oʻz ichiga olgan statistika sohasining dolzarb muammolari boʻyicha 2019 — 2021-yillarga moʻljallangan institutning statistik tadqiqotlar dasturini (shu jumladan, milliy va xalqaro grantlarni jalb qilish hisobiga) ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dasturni tasdiqlash boʻyicha Institut Ilmiy kengashi qarori

2019-yil

1-noyabrgacha

-

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

18.

Institut huzurida “Ekonometrika va statistika” va “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish boʻyicha ilmiy kengashni tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Oliy attestatsiya komissiyasi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Institut

19.

Institut negizida 2020-yildan boshlab 08.00.06 — “Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 — “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” yoʻnalishlari boʻyicha tayanch doktarantura va fan doktorini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2020-yildan

eʼtiboran

-

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

20.

Har yili belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maqsadli ilmiy-texnikaviy dasturlarni shakllantirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining buyurtmasi boʻyicha milliy va xalqaro statistika uslubiyoti hamda amaliyotiga doir ilmiy tadqiqotlar loyihalarining tanlovlarini doimiy ravishda tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

Har yili, belgilangan muddatda

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi, Institut

21.

Xoʻjalik faoliyati hisobidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekiston statistik axborotnomasi” ilmiy-ommabop jurnalini tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy-amaliy natijalari chop etiladigan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritish.

Jurnalni roʻyxatga olish guvohnomasi

2019-yil

1-oktabrgacha

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Institut, Davlat statistika qoʻmitasi

22.

Institutning yetakchi mahalliy va xorijiy oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan memorandumlar va oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi halqaro hamkorligini kengaytirish.

Hamkorlik boʻyicha memorandum va kelishuvlar imzolash

Doimiy asosda

Tomonlarning oʻz mablagʻlari

Iinstitut, Davlat statistika qoʻmitasi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. * Yakuniy qiymati tender natijalari boʻyicha oʻzgarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Kompleks chora-tadbirlarda koʻzlangan umumiy xarajatlar qiymati:

1 365,0 mln.soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga

1050,0 mln. soʻm

Davlat statistika qoʻmitasi va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

315,0 mln.soʻm

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 3-modda) 5-bandining uchinchi xatboshi, 11-bandining uchinchi xatboshi, 16-bandining uchinchi xatboshidagi “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi” soʻzlari “Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-banddagi “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi(keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)” soʻzlari “Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 13-bandining “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yigirma toʻrtinchi — yigirma yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“maʼlumotlar va ularning manbalaridan, shu jumladan, maʼlumotlarni shakllantirish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi ichki va boshqa hujjatlar hamda ulardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq maʼlumotlar portalini rivojlantirish, shuningdek, eʼlon qilinadigan maʼlumotlarga taalluqli masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlaridan begʻaraz asosda maslahat yordami olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qarorini bajarish doirasida ekspertlar, konsultantlar va tashkilotlarni (shu jumladan, xorijiy) shartnoma asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq maʼlumotlar portalini takomillashtirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar sohasidagi faoliyatini baholash uchun xalqaro moliya institutlariva donor mamlakatlarning grantlari va texnik koʻmagi mablagʻlarini jalb etish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma toʻrtinchi xatboshi yigirma sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi, toʻqqizinchi, oʻn birinchi xatboshilardagi “Markaz” soʻzi “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi, oʻninchi xatboshilardagi “Markazning” soʻzi “Institutning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 23-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Markaz” soʻzi “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/686/3579-son; 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)