05.08.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2130-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 05.08.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2130-2
Date of entry into force
05.08.2019
Hujjat 05.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2130-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 1-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 2130, 2010-yil 6-avgust) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 31-iyuldagi 02/012-1471-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 11-maydagi 7-son, 42-son “Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2130, 2010-yil 6-avgust) hamda 2015-yil 30-apreldagi 12-son, 35-son “Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2130-1, 2015-yil 13-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 5-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
319-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/2130-2/3516-son)