1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim tizimiga ilgʻor xorijiy tajriba joriy etilishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim sohasida eng yangi metodikalarni moslashtirish va ulardan samarali foydalanish, sogʻlom va har tomonlama kamol topgan bolani voyaga yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) respublikada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlimni tashkil etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani, maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish sohasida innovatsion usullar va samarali pedagogik amaliyotlarni oʻrganish, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga jalb etish va joriy etish boʻyicha ishlarni doimiy asosda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganishlar va eksperimentlar yakunlari boʻyicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida ijobiy amaliy yutuqlarni mamlakatning boshqa mintaqalariga yoyishni — maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy standartlarini, yangilangan oʻquv rejalari va dasturlarni ishlab chiqish va joriy etishni, ilgʻor pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim jarayoniga keng joriy etishni, maktabgacha taʼlim muassasalari uchun takomillashtirilgan oʻquv-metodik, didaktik materiallarni nashr etishga tavsiyalarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi kompleks loyihani (keyingi oʻrinlarda kompleks loyiha deb ataladi) amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Toshkent shahrida quyidagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 324-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti negizida kompleks loyihani amalda roʻyobga chiqarish uchun doimiy ishlaydigan eksperimental maydonchalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar kompleks loyihani amalga oshirish doirasida doimiy bazaviy eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berishni tashkil etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani jalb etish yoʻli bilan respublikada maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kutubxona fondini shakllantirish va maktabgacha taʼlimning mavzuli yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan, shuningdek, maktabgacha taʼlimning xorijiy modellariga moslashtirish boʻyicha metodik qoʻllanmalar bilan muntazam ravishda toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan, maktabgacha taʼlim sohasida nazariy ishlanmalarni va ilgʻor xorijiy tajribani taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish uchun tajriba-eksperimental baza sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etish orqali respublika maktabgacha taʼlim tizimining yosh istiqbolli ilmiy-pedagog kadrlari malakasini oshirishni tashkil etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning ilgʻor xorijiy metodikalarini keng qoʻllash asosida taʼlim faoliyatini amalga oshirish, maxsus treninglar va mavzuli seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari va metodistlarini faol jalb etgan holda taʼlim berish va tajriba almashishni tizimli asosda tashkil etish va amalga oshirish uchun tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari sifatida faoliyat koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga idoraviy mansub muassasalar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarining mudirlari Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash uchun malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar jalb etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish ularning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tuzilmalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziriga eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tuzilmasiga, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliya tashkilotlari, moliyaviy institutlar va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida amalga oshiriladigan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan qoʻshimcha pulli taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ustavlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, ular belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida qoʻshimcha investitsiyalarni, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va koʻp martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilinishini va vaqtincha propiska uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 19-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
605-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 605-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks loyihani amalga oshirish uchun doimiy bazaviy eksperimental maydoncha sifatida tanlab olingan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 324-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudir
Ish yurituvchi
Oʻquv-tarbiyaviy qism:
Tibbiyot qismi:
Xoʻjalik qismi:
Metodist — 1 birlik
Vrach-diyetolog — 0,5 birlik
Xoʻjalik qismi mudiri — 1 birlik
Tarbiyachi — 6 birlik
Hamshira — 1 birlik
Qorovul — 3 birlik
Tarbiyachining yordamchisi — 5 birlik
Kir yuvuvchi — 1,25 birlik
Defektolog — 1 birlik
Chet tili oʻqituvchisi — 0,5 birlik
Farrosh — 1 birlik
Jismoniy tarbiya boʻyicha instruktor — 0,5 birlik
Psixolog — 1 birlik
Bogʻbon — 0,5 birlik
Musiqa xodimi — 1 birlik
Hovli tozaligiga qarovchi xodim — 1 birlik
Oshpaz — 2 birlik
Xoreograf — 0,5 birlik
Tasviriy sanʼat oʻqituvchisi — 0,5 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 30,25 birlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 605-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks loyihani amalga oshirish uchun doimiy bazaviy eksperimental maydoncha sifatida tanlab olingan Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudir
Ish yurituvchi
Oʻquv-tarbiyaviy qism:
Hamshira — 1 birlik
Xoʻjalik qismi:
Metodist — 1 birlik
Xoʻjalik qismi mudiri — 1 birlik
Defektolog — 1,75 birlik
Tarbiyachi (shu jumladan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha guruhlar tarbiyachilari) — 10,5 birlik
Qorovul — 3 birlik
Psixolog — 1,75 birlik
Kir yuvuvchi — 1,5 birlik
Tarbiyachining yordamchisi — 8 birlik
Farrosh — 2 birlik
EMIS markazi:
Chet tili oʻqituvchisi — 1,25 birlik
Bogʻbon — 1 birlik
Rahbar — 1 birlik
Jismoniy tarbiya boʻyicha instruktor — 1,25 birlik
Hovli tozaligiga qarovchi xodim — 1 birlik
IT boʻyicha mutaxassis — 2 birlik
Musiqa xodimi — 1,75 birlik
Xoreograf — 1,25 birlik
Oshpaz — 2 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 46,00 birlik.