Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 12.07.2019 yildagi 578-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.07.2019 yildagi 578-son
Date of entry into force
13.07.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjat 16.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni sifatli va arzon texnika bilan taʼminlash, ularga oʻz vaqtida servis xizmati koʻrsatish hamda raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirishga bozor mexanizmini keng tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 12-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
578-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi korxonalari samaradorligini oshirish hamda ularni zamonaviy yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi texnikasi — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, gʻalla oʻrish va paxta terish texnikasidan tashqari barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalari, jumladan haydov, chopiq, transport va bogʻdorchilik traktorlari, uch va undan ortiq korpusli aylanma omochlar hamda koʻp vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi — mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlar, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlari hamda mexanizatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya — qarz oluvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda ularning foiz xarajatlarini tijorat banklari yoki lizing tashkilotlari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorigacha qoplab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) pul mablagʻlari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozli shartlar — foiz miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasida va undan kam miqdorda belgilangan foizlar.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olish uchun ajratilgan kredit va lizing boʻyicha hisoblangan foizning 10 foizlik punktigacha qoplab berish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni Jamgʻarmaga ajratadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xarajatlarni qoplashning ushbu miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasining oʻzgarishiga qarab Moliya vazirligi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarida resurslar taqchilligi yuzaga kelganda qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga kreditlar ajratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga belgilangan tartibda joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizom talablari Nizom kuchga kirgunga qadar qishloq xoʻjalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish boʻyicha rasmiylashtirilgan shartnomalarga hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga qishloq xoʻjalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratilgan lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya ajratish mazkur Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qarz oluvchiga lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xoʻjaligi texnikasining foiz toʻlovini qisman qoplab berish uchun subsidiya ushbu Nizom talablari asosida lizing tashkiloti, tijorat banki va Jamgʻarma oʻrtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiya miqdori qarz oluvchi va lizing tashkiloti yoki tijorat banki oʻrtasida tuziladigan shartnoma shartlarida aks ettirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiya lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xoʻjaligi texnikasining kamida 1 yillik kafolat muddati, shuningdek, ushbu texnika uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida servis xizmati koʻrsatuvchi markazlar boʻlganda lizing tashkiloti yoki tijorat bankining foiz toʻlovlarini qisman qoplab berish uchun ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qarz oluvchining lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorigacha ajratiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, lizing yoki kredit shartnomasi haydov traktorlari uchun 5 — 7 yil muddatga, chopiq, transport, bogʻdorchilik traktorlari, uch va undan ortiq korpusli aylanma omochlar hamda koʻp vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalar uchun 3 — 5 yil muddatga rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit yoki lizing oluvchilarning soʻroviga asosan ushbu bandda koʻrsatilgan muddatlar qisqartirilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatuvchi lizing tashkiloti va tijorat banklariga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Subsidiya ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Subsidiya faqat lizing yoki kredit shartnomasi tuzilgan kunda ishlab chiqarilgan muddati ikki yildan oshmagan yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun ajratiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Subsidiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) lizing yoki kredit oluvchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasini shartnomada koʻrsatilgan qiymatining 20 foizidan kam boʻlmagan miqdorda avans toʻlanganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi oʻrtasidagi farq miqdorida, lekin 10 foizlik punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qishloq xoʻjaligi texnikasi budjet mablagʻlari, davlat kafolati ostida olingan xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning kreditlari hisobiga imtiyozli shartlarda xarid qilinganda yoki boshqa subsidiya shartlari qoʻllanilganda subsidiya ajratishga rad etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qarz oluvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilishda lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yangi qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sugʻurta polisi, kafillik yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Nizomning 11-bandiga muvofiq barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan soʻng lizing tashkiloti yoki tijorat banki arizani 3 bank ish kunida koʻrib chiqishi, ijobiy xulosa qabul qilinganda qarz oluvchi bilan shartnoma tuzishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing tashkiloti yoki tijorat bankining kredit qoʻmitasi tomonidan kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda qarz oluvchiga rad etish sabablari bayon etilgan yozma maʼlumot taqdim etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi qayta murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qarz oluvchi tomonidan oʻziga tegishli foiz toʻlovini toʻlaganligi toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, lizing yoki kredit ajratish va ular boʻyicha subsidiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan masʼuliyat lizing tashkiloti va tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarma kelgan hujjatlarni oʻrganish natijalari asosida lizing yoki kredit boʻyicha foizli xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma 1 (bir) ish kuni mobaynida lizing tashkiloti yoki tijorat bankini subsidiya ajratish toʻgʻrisida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar koʻrsatilgan holda) qaror qabul qilingani haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamgʻarma Bosh bitimga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buyurtmanomada qayd etilgan mablagʻlarni 2 bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan mablagʻ oʻtkazib berilgandan soʻng Jamgʻarma Bosh bitimga muvofiq 2 bank ish kunida lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga subsidiya ajratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Subsidiyani hisoblash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Subsidiya ushbu Nizom talablari asosida rasmiylashtirilgan lizing va kredit muddatidan kelib chiqib haqiqatda qoldiq qarz summasiga hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, toʻlov jadvali boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka qayta subsidiya hisoblanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qarz oluvchi shartnomaning toʻlov jadvaliga muvofiq oʻziga tegishli boʻlgan lizing yoki kredit foiz toʻlovlarini (subsidiya qilib beriladigan foizdan tashqari) toʻliq toʻlagan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Subsidiya lizing tashkiloti uchun har chorakda, tijorat banki uchun har oyda keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etilgan buyurtmanomalar boʻyicha hisoblangan joriy foizlar miqdorida hisob-kitob qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamgʻarma tomonidan lizing tashkiloti yoki tijorat banki hisobvaragʻiga qarz oluvchi uchun hisoblangan foiz toʻlovini 10 foiz punktigacha qoplash uchun oʻtkazib berilgan subsidiya ushbu qarz oluvchining hisoblangan foiz toʻlovlari uchun hisob-kitob qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ajratilgan subsidiya qarz oluvchiga hisoblangan subsidiya miqdoridan koʻp boʻlgan taqdirda ortiqcha mablagʻlar 2 bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarma hisobvaragʻiga qaytarib oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Lizing yoki kredit shartnomasining shartlari oʻzgargan taqdirda ilgari tasdiqlangan va hisoblangan subsidiya miqdori oshirilmaydi, subsidiya muddati uzaytirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanishni, toʻlovlarning va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadsiz foydalanilgan subsidiya mablagʻlari Bosh bitim shartlariga asosan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Subsidiya ajratishni toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Subsidiya ajratilishini toʻxtatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) lizing yoki kredit shartnomasi boʻyicha subsidiya maqsadsiz ishlatilganligi yoki maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qarz oluvchining subsidiya olishdan bosh tortganligi toʻgʻrisidagi murojaati mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) lizing yoki kredit shartnomasi toʻliq bekor qilinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) lizing yoki kredit shartnomasi boʻyicha subsidiya va shartnoma shartlari toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisida lizing tashkiloti yoki tijorat banki murojaati asosida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Taraflar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing yoki tijorat banki tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonasiga qishloq xoʻjalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratilgan lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddati

Masʼullar

I-bosqich

Qishloq xoʻjaligi korxonasi lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ariza taqdim etadi.

doimiy

Qishloq xoʻjaligi korxonasi

II-bosqich

Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun taqdim etilgan arizani koʻrib chiqadi.

3 bank ish kuni

Lizing tashkiloti yoki tijorat banki

III-bosqich

Lizing tashkiloti yoki tijorat banki tomonidan ijobiy xulosa qabul qilinganda qishloq xoʻjaligi korxonasiga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun lizing yoki kredit ajratadi.

xulosa qabul qilingandan keyin 1 bank ish kuni

Liznng tashkiloti yoki tijorat banki

IV-bosqich

Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qishloq xoʻjaligi korxonasiga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratgan lizing yoki kredit foizining 10 foiz punktigacha qoplash uchun subsidiya ajratish yuzasidan Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga buyurtmanoma taqdim etadi.

Hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga kadar

Lizing tashkiloti yoki tijorat banki

V-bosqich

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi lizing tashkiloti yoki tijorat bankining qishloq xoʻjaligi korxonasiga qishloq xoʻjaligi texnikasini liznng yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratgan lizing yoki kredit foizining 10 foiz punktigacha qoplash uchun subsidiya ajratadi.

Bosh bitimda belgilangan muddatda

Jamgʻarma

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Belgilansinki, yangi zamonaviy gʻalla oʻrish kombayni va paxta terish mashinasini va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi oʻrinlarda qishloq xoʻjalik texnikasi deb ataladi) qishloq xoʻjaligi korxonalari va ularga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi lizing shartlarida yetkazib beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 20 foizi avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 80 foizi lizing tashkilotlari tomonidan ularga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tomonidan qaytariladigan qarz asosida ajratiladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Lizing tashkilotlariga quyidagi vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing oluvchilarning qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun oʻz vaqtida avans toʻlash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing shartnomalarini tuzish, yangi qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga berish, lizing toʻlovlarini oʻz vaqtida undirilishini va Jamgʻarmaga toʻlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma bilan tuzilgan har bir qarz shartnomasi boʻyicha ajratilgan mablagʻlarning hisobini oʻz vaqtida yuritish va ularni hisoblangan foizlari bilan toʻlash.”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga har yili, 1-oktabrdan boshlab va uning kelgusi yilga tushumlar va xarajatlari balansi tasdiqlangungacha boʻlgan davrda, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarilishini taʼminlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dileriga avans berish uchun lizing tashkilotlari buyurtmanomalari boʻyicha mablagʻlar ajratishga ruxsat etilsin. Avans berish har oylik ulushlar bilan, oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan yetkazib berish muddatidan kechikmay, ushbu shartnomada kelgusi yilda yetkazib berish nazarda tutilgan hajmlar va yetkazib berish muddatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar va lizing tashkilotlari texnika qiymatining 80 foizi miqdorida avans toʻlovlarini olganidan soʻng lizing oluvchilarga qishloq xoʻjaligi texnikasining avans toʻlangan kundan boshlab 120 kun muddatda yetkazib berilishini taʼminlaydilar.”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari “lizing tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“lizing muddatini fermer, dehqon xoʻjaliklari uchun 10 yil, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun 7 yil etib belgilanishini nazarda tutadi.”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Agrobank” ATB” va “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari tegishlicha “tijorat banklari” va “lizing tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat moliyaviy nazorati departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan yangi zamonaviy gʻalla oʻrish kombayni va paxta terish mashinasi va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi oʻrinlarda qishloq xoʻjaligi texnikasi deb ataladi) lizing shartlarida yetkazib berishni tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi uchun zarur qishloq xoʻjaligi texnikasini turlari boʻyicha shakllantirilgan maʼlumotni hisobot yilining 1-sentabriga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Taqdim etilgan maʼlumot asosida Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun mablagʻlar manbalarini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma oʻzining veb-sahifasida kelgusi yil uchun qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi maʼlumotni joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmaning veb-sahifasiga joylashtirilgan maʼlumotlar asosida respublikada faoliyat yurituvchi barcha lizing tashkilotlari qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha dastlabki buyurtmanomalarni Jamgʻarmaning veb-sahifasiga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma veb-sahifaga joylashtirilgan dastlabki buyurtmanomalar tahlili asosida lizing tashkilotlari bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida Bosh bitim tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing tashkilotlari qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish, toʻlov tartibi va muddati koʻrsatilgan oldi-sotdi shartnomalari tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Lizing tashkilotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma bilan moliyaviy resurslar jalb etish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing boʻyicha daromad foizi miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan toʻlanadigan lizing toʻlovlaridan ushlab qolinadigan lizing tashkiloti va bank xizmatlari uchun toʻlovlar miqdori kelishib olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari bilan moliyaviy agent funksiyalarini bajarish yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta tashkilotlari bilan sugʻurta qonunchiligiga muvofiq shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing toʻlovi jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomalar 3 nusxada tuziladi va bir nusxasi tijorat bankiga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Lizing oluvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizingga olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 20 foizini lizing tashkilotlariga toʻlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizingga olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasini oʻz mablagʻlari hisobiga sugʻurta tashkilotlarida sugʻurta qiladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing shartlarida rasmiylashtirilgan qishloq xoʻjaligi texnikasining qoplanmagan qiymatini hamda hisoblangan lizing foizini fermer, dehqon xoʻjaliklari 10 yil muddatgacha, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilot va korxonalar 7 yil muddatgacha lizing tashkilotlariga toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar toʻlagan avans mablagʻlaridan kelib chiqib qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 60 foizigacha avans toʻlovini toʻlashga pul mablagʻlarini ajratish uchun buyurtmanomalarni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamgʻarma pul mablagʻlarini kelgusi davr uchun lizing tashkilotining tijorat bankidagi Jamgʻarma bilan hisob-kitoblar (23216) hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda amaliyot hisobvaragʻi deb ataladi) oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Lizing tashkiloti shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 80 foizi miqdorida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dilerlariga amaliyot hisobvaragʻidan avans mablagʻini toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Lizing tashkiloti tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasi lizingga rasmiylashtirilgandan keyin shartnoma shartlariga muvofiq lizing oluvchiga yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing tashkiloti qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing oluvchiga yetkazib berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan keyin qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining qolgan yakuniy 20 foizi miqdoridagi pul mablagʻlari Jamgʻarma tomonidan lizing tashkilotining amaliyot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, lizing tashkiloti hizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga oldingi oyda tuzilgan shartnomalar boʻyicha lizing toʻlovi jadvali nusxalarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Lizing oluvchilar lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing tashkilotlariga lizing toʻlovlari (asosiy qarz va foiz)ni toʻlaydilar. Toʻlangan mablagʻlar toʻliq miqdorda amaliyot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Lizing tashkilotlari tuzilgan qarz shartnomalariga muvofiq jalb etilgan qarz mablagʻlar boʻyicha asosiy qarz va foizlarni shartnomada belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaga toʻlanishini taʼminlaydi. Lizing boʻyicha foizlar Jamgʻarma, lizing tashkiloti va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Lizing tashkiloti va tijorat banki Jamgʻarma mablagʻlarining harakati, mablagʻlardan foydalanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-kuniga, shuningdek, choraklik, yillik buxgalteriya hisobotlarini chorak tugagandan keyingi oyning 20-kuniga qadar Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Lizing oluvchilar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganda lizing tashkiloti, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini koʻradi. Undirilgan pul mablagʻlari lizing tashkilotining amaliyot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Lizing tashkiloti va unga hizmat koʻrsatuvchi tijorat banki va ularning hududiy filiallari rahbarlari, shuningdek, lizing oluvchilarning rahbarlari va bosh buxgalterlari Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadga muvofiq ishlatilmaganligi, hisob-kitob qilish tartibi buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son; 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son; 21.02.2022-y., 09/22/78/0151-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)