17.06.2019 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.06.2019 yildagi 502-son
Date of entry into force
17.06.2019
Hujjat 17.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-apreldagi 285-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoit yaratish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-apreldagi 285-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 4-son, 90-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
502-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 502-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-apreldagi 285-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qaror 2-bandining “b” kichik bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “ikki, uch qavatli” soʻzlari “koʻp qavatli” soʻzlari bilan, “2-3 xonali bir qavatli uy-joylardan” soʻzlari “joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:

“0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);

koʻp qavatli uylar (2-3 xonali) qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;”.

2. Qaror 2-bandiga quyidagi mazmundagi “g” kichik band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tuman (shahar)larda 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar hamda koʻp qavatli uylar qurilishi belgilanmagan boʻlsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud boʻlsa, talabgorlar koʻp boʻlgan tuman (shahar)larga toifalar boʻyicha belgilangan taqsimotga, istisno tariqasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan oʻzgartirish kiritiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qaror 4-bandining “a” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “25” va “75” raqamlari tegishlicha “10” va “90” raqamlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ilovaning 3-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “ikki, uch qavatli” soʻzlari “koʻp qavatli” soʻzlari bilan, “2-3 xonali bir qavatli uy-joylardan” soʻzlari “joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp qavatli uylar (2-3 xonali) qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 09/19/502/3294-son)